V. S. Raxmanova


jag‘ va tishlardagi nuqsonlar



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
defektologiya asoslari

jag‘ va tishlardagi nuqsonlar
Og‘iz bo‘shlig‘ining kengayishi va torayishi pastki jag‘ning 
harakatiga bog‘liq. Unli tovushlar talaffuzida pastki jag‘ tushi-
riladi, undosh tovushlar talaffuzida esa ko‘tariladi.
Jag‘ nuqsonlariga progeniya, prognatiya, yuqori va pastki 
jag‘lar jipslashganida ulardagi oldingi, yon tishlarning noto‘g‘ri 
holatda, orasi ochiq bo‘lib turib qolishi, ya’ni noto‘g‘ri prikus 
kiradi. Progeniya (grekcha pro – oldinda, genpon – iyak) pastki 
jag‘ning bir-biriga tegmasligi, jipslashmay qolishi, prognatiya 
(grekcha pro – oldinga, gnatos – jag‘) yuqori jag‘ning oldinga 
keskin chiqib turishi natijasida tishlar qatorlarining bir-biriga 


74
tegmay oldinma-keyin turishidir. Bu turdagi nuqsonlar tufayli 
talaffuz vaqtida tovush, masalan, tishlar orasidan sirg‘alib 
chiqish o‘rniga, to‘siqqa uchramay chiqadi. Tishlarning siyrak, 
qiyshiq bo‘lishi ham talaffuzga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday 
hollarda havo oqimi tishlar orasidan chiqib tovush xushtak 
aralash talaffuz etiladi.
Og‘ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga balki umumiy 
rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda nutq nuqsonlarining turli tavsifi, klassifi-
katsiyalari mavjud. Nutq nuqsonlari asosan uchta katta guruhga 
ajratiladi: fonetiko-fonematik xarakterli nuqsonlar, sistemali 
nutq buzilishlari va yozma nutq nuqsonlari. fonetiko-fonematik 
xarakterli nuqsonlarga tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar, ovoz 
nuq sonlari, nutq sur’ati, tempi, ritmi va ravonligidagi kamchi-
liklar, nutqni idrok etishning buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan 
nuqsonlar kiritiladi.
Sistemali nutq buzilishlarida kishining butun nutq siste masi 
shakllanmaganligi natijasida u gapirmaydi. Bunday nuq sonli 
kishilarda qulog‘i yaxshi eshitadi, oligofreniya yo‘q. Sis temali 
nutq buzilishida nutqning umumiy rivojlanmaganligi kuza tiladi.
Yozma nutq nuqsonlari o‘qish va yozish malakalarini katta 
qiyinchiliklar bilan yoki umuman o‘zlashtira olmaydigan kishi-
larda kuzatiladi. Logopediya fanida ushbu nutq sistemasida 
nuqsonlar quyidagi terminlar bilan yuritiladi: fonetiko-fonematik 
xarakterli nuqsonda tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar dislaliya, 
rinolaliya, dizartriya, anartriya, ovoz nuqsonlaridan afoniya, 
disfoniya, fanasteniya, rinofaniya, laringomirlashgan ovoz kiradi. 
Nutq sur’ati, tempi, ritmi ravonligining buzilishiga – taxilaliya, 
bradilaliya, logonevroz, qoqilib gapirish kiradi. Nutqni idrok etish 
nuqsonlari zaif eshituvchi aqlan zaif, fonematik eshitishi buzilgan 
kishilarda kuzatiladi, natijada bolaning talaffuzi, ovozi, nutq 
sur’atida ma’lum o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Sistemali nutq 


75
nuqsonlariga alaliya va afaziyalar kirsa, yozma nutq nuqsonlariga 
agrafiya, aleksiya, disgrafiya, disleksiyalar kiradi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin