V. S. Raxmanova


Afaziya, uning ta’rifi, kelib chiqish sabablari



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
defektologiya asoslari

Afaziya, uning ta’rifi, kelib chiqish sabablari
Afaziya (grekcha a – yo‘q, fazis – ovoz, nutq) – ovoz chiqmas-
ligi, gapira olmaslikdan iborat nutq buzilishidir. Bu nuqson 
markaziy asab sistemasi nutqini idora etuvchi zonalarining 
zararlanishi natijasida vujudga keladi.
Ko‘p hollarda afaziya keksa yoshdagi kishilarda, giperto-
niklardan (qon bosimi baland kishilarda) miyaga qon quyilishi 
natijasida paydo bo‘ladi. Biroq bu nuqson bolalarda ham kuza-
tilishi mumkin.
Psixolog A. R. Luriya va safdoshlarining asarlarida miya 
yarim sharlari jarohatlanishi, kasallikka uchrashi natijasida paydo 
bo‘ladigan nutq kamchiliklarining hammasi afaziya qatoriga 
kiritilgan. Ular afaziyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadilar: 
1) dinamik afaziya; 2) efferent motor afaziya; 3) afferent motor 
afaziyasi; 4) semantik afaziya; 5) sensor afaziya.
Dinamik afaziya gaplar, iboralar bilan gapirish qobiliyatining 
buzilishi bilan bog‘liqdir, bunda bemor alohida so‘zlarni aytishda, 
takrorlashda, atrofdagilar nutqini tushunishda ham qiynalmaydi. 
Dinamik afaziyani ikki turga ajratish mumkin: ulardan birida 


138
fikrni nutq vositasi bilan bayon qilishni rejalash mexanizmlari 
buzilgan bo‘lsa, boshqasida nutqning grammatik hamda sintaktik 
tuzilishi buzilgan bo‘ladi.
Efferent motor afaziyasi ham ayrim so‘zlar saqlangan holda, 
nutq vositasi bilan fikrni bayon qilishning grammatik tomoni 
buzilishi bilan xarakterlanadi, lekin bundan tashqari, efferent 
harakat afaziyasida nutqning motor sxemasi ham buziladi; bemor 
ayrim tovushlarni talaffuz qilish uquvini saqlab qolgan bo‘lsa 
ham lekin bu tovushlarni ma’lum izchillikda birlashtira olmaydi. 
Shunday qilib, efferent harakat afaziyasida nutq hosil bo‘lishining 
umuman suksessivlik (ya’ni izchillik) prinsipi buziladi.
Afferent motor afaziyasi – nutq artikulatsiyasi aniqlangan-
ligining buzilishidir. Bemor o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lum 
tovushlarni topa olmay hamma vaqt boshqa, ya’ni shu tovushga 
yaqin artikulatsiyaga o‘tib ketaveradi. Bu yerda tovushlarni tan-
lash uquvi buzilgan bo‘ladi.
Semantik afaziya – so‘z topishdagi qiyinchiliklar va so‘zlar 
o‘rtasidagi semantik (mantiqiy-grammatik) munosabatlarni 
tushunishning buzilishi bilan xarakterlanadi. Masalan, afazik 
«ota» va «aka-uka» degan so‘zlarni tushunadi, biroq «otasining 
akasi» degan so‘z qanday ma’no bildirishini tushuna olmaydi. 
Demak, bunda biz so‘zlar ma’nosiga semantik sistemasining 
buzilishi bilan, ya’ni so‘zlarni ma’nosiga qarab tanlashning 
buzilishi bilan to‘qnash kelamiz.
Sensor afaziyasi – bunda birinchi navbatda eshitilgan 
tovushlarni idrok etish buziladi, ya’ni so‘zning ma’nosi bilan 
uning tovush tarkibi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatini anglash 
izdan chiqib, dastavval nutqni idrok etishga ta’sir qiladi. Har holda 
afaziyaning bu formasida so‘zni tovush juhatidan tahlil qilish 
buziladi. Natijada kishi mutlaqo hech narsani tushunmaydigan 
yoki qisman tushuna oladigan bo‘lib qolishi mumkin. Sensor 
afazik o‘zi ko‘p gapiradi, lekin uning gapini tushunib bo‘lmaydi, 


139
chunki so‘zlari sharoitga mos kelmaydi, ma’nosiz bo‘ladi. Sensor 
afaziyada yozma nutq, ya’ni o‘qish va yozish jarayonlari ham 
buziladi. Og‘zaki va yozma nutqda prafaziya (almashtirish) va 
agrammatizmlar ko‘p kuzatiladi. Kasalning o‘zi buni sezmaydi.
Hozir logopediyada afaziyaning yuqorida ko‘rib chiqilgan 
turlaridan tashqari yana amnestik va total afaziyalari tafovut 
qilinadi.
Amnestik afaziyada xotira chuqur darajada buziladi. Kishi 
so‘zlarini, ularning ma’nosini yoddan chiqarib qo‘yadi, ularni 
eslay olmaydi. Bunday bemor predmetlarni taniy oladi, lekin 
ularning nomini eslay olmaydi. Agarda shu payt yordam berilsa, 
so‘zni eslab to‘g‘ri talaffuz etadi.
Tololafaziya – biror xil falokatdan yoki insultdan so‘ng darhol 
paydo bo‘ladi. Bunda bemor gapirmaydi, boshqalar nutqini 
tushunmaydi, chunki markaziy asab sistemasining bir necha 
zonalari birdaniga zararlangan bo‘ladi (total – keng tarqalgan 
degan so‘zdan olingan). Bunday holat bir necha kundan to bir 
necha haftagacha davom etishi mumkin.
Afaziyada nutqi har tomonlama yaxshi rivojlangan odam 
birdaniga yoki asta-sekin gapira olmaydigan bo‘lib qolishi 
mumkin. Afaziyaga uchragan kishi dastlab mutlaqo gapirmaydi, 
yoki gapirsa ham, doim g‘uldirab so‘zlaydi va uning nutqini 
atrofdagilar hech tushunmaydi. Bunday bemor aksari hamma 
narsaga beparvo bo‘ladi. Nutqdagi o‘zgarishlarga kel ganda uning 
hamma tomoni – grammatik tomoni ham, fonetik-semantik 
tomoni ham, ya’ni butun nutq sistemasi buzilgan bo‘ladi. Ayni 
vaqtda, nutqning qaysi tomoni ko‘proq izdan chiqqanligini aniq 
bilib bo‘lmaydi. Lekin oradan ma’lum vaqt o‘tgach, bu narsa 
oydinlashadi.
Ayrim hollarda, xususan, afaziya asabiy-ruhiy og‘ir kechin-
malar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, u asta-sekin barham topib 
ketishi mumkin. Boshqa hollarda, ya’ni afaziya miyadagi tayinli 


140
bir kasallikdan paydo bo‘lgan mahallarda bu nuqson juda 
sekinlik bilan, tegishli davo chora-tadbirlari ko‘rib, logopedik 
mashg‘ulotlarni uzoq davom ettirib borilganidan keyingina bar-
ham topadi.
Shunday qilib, alaliya va afaziya sistemali nutq kamchi-
liklaridir, bunday nuqsonli kishilarning butun nutq sistemasida, 
ya’ni nutqning fonetik-fonematik, leksik va grammatik tomon-
larida sezilarli ma’lum kamchiliklar kuzatiladi. Alalik va afa-
ziklarning impressiv nutqdagi kamchiliklari markaziy asab 
sistemasining organik kasalliklari natijasida vujudga keladi.
Alaliya va afaziyalarning farqi shundan iboratki, alaliyada 
nutq jarayonida ishtirok etadigan analizatorlarning markaziy 
qismidagi asab hujayralarning norasoligi nutqning kechikib 
rivojlanishiga olib borsa, afaziklarda markaziy asab sistemasi 
ayrim qismlarining organik kasalliklari natijasida har tomonlama 
rivojlangan nutq yo‘qoladi.
Alaliyani bartaraf etishda – nutqni shakllantirish, rivojlan-
tirish, tarbiyalashni ko‘zlab, afaziyani bartaraf etishda esa – 
yo‘qolgan nutqni tiklashni ko‘zlab choralar ko‘riladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin