73
2. Yumshoq tanglay kalta, kamharakat – bunda havo oqimi
burun bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi va barcha tovushlar burunli «M»,
«N» tovushlari kabi talaffuz etiladi.
3. Tanglay haddan tashqari baland turadi, tor bo‘ladi – bunda
til va tanglay birikishi natijasida hosil bo‘ladigan
tovushlar,
masalan, «R», «L» kabi tovushlar noto‘g‘ri talaffuz etiladi.
4. Tanglay haddan tashqari past turadi, yassi bo‘ladi, bunda
og‘iz bo‘shlig‘i o‘zining
rezonatorlik funksiyasini, ya’ni ovoz
kuchaytirib berish vazifasini to‘liq bajara olmaydi.
Burun bo‘shlig‘i va halqum nuqsonlari
Og‘iz hamda burun bo‘shliqlari nutqni kuchaytirib beradigan
rezonatorlik funksiyasini bajaradi. Yumshoq tanglay pastga
tushganda havo oqimi burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Havo oqimi
burun bo‘shlig‘idan o‘tishi natijasida ovoz kuchayadi va ma’lum
tusga, tembrga kiradi. Burun va
halqumda turli xil shishlar
bo‘lishi, burun to‘sig‘ining haddan tashqari qiyshayib qolishi,
bodomcha bezlarining shishi,
allergik holat, xronik tumov va
boshqalar ham manqalanib gapirishga (yopiq rinolaliya) olib ke-
lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: