V. S. Raxmanova


Ayrim unlilar xarakteristikasi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
defektologiya asoslari

Ayrim unlilar xarakteristikasi
«I» va «u» tovushlarni talaffuz qilganimizda, til tanglay-
ga tomon baland ko‘tariladi va tanglay bilan til orasida torgina 
bo‘shliq qoladi, shuning uchun ham «i» va «u» tovushlari tor 


77
unlilar deyiladi. «I» va «u» unlilar so‘z ichida, ko‘pincha, qisqa 
talaffuz etiladi: ikki jarangsiz undosh orasida esa nihoyatda 
qisqa radi. Masalan, bir, yigit, tish, qish. «I» unlisi til oldi, tor va 
lablanmagan tovush bo‘lib, so‘zning turli undoshlarida turlicha 
talaffuz etiladi. Masalan: biz, siz, ildiz, idish kabi so‘zlarda «i» 
unlisi old qator tovushidir, chuqur til orqa undosh tovushlari «q», 
«x», «g‘»lardan keyin keladigan «i» orqa qator unliga moyildir. 
Masalan: qiz, og‘ir, oxir. «U» unlisi til orqa, tor va lablangan to-
vushdir. «U» unlisi talaffuz qilganda tilning gorizontal harakati 
tanglay orqasiga qaratilgan bo‘ladi, vertikal harakati esa tanglay-
ga qarab ancha ko‘tariladi, lablar cho‘chchayadi va to‘garak shak-
lini oladi. «O» unlisi o‘rtacha keng (tor bilan keng unli orasidagi) 
tovush; til oldi, lablanmagan tovush «e» unlisi yarim tor unli to-
vush bo‘lganidan, jonli tilda ko‘pincha «i» bilan almashib turadi. 
Masalan, mehmon – mihmon, dehqon – dihqon kabilar. «A» un-
lisi til oldi keng, lablanmagan tovushdir. Bu unli ham so‘zdagi 
o‘rniga qarab ikki xil talaffuz etiladi, aka, dala kabi so‘zlarda 
old qator ochiq «e» tovushini bildirsa, qand, qars kabi so‘zlarda 
chuqur til orqa undoshlari – «q», «g‘», «x»dan keyin til orqa un-
lisiday talaffuz qilinadi.
«O» unlisi keng, til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli o‘g‘il, 
bo‘ri, to‘g‘ri kabi sodda so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida keladi. 
«U» unlisi «q», «g‘», «x» undoshlardan keyin kelganda qattiq, 
aksincha «k», «g», «s» undoshlardan keyingi holatda esa nisbatan 
yumshoqroq talaffuz etiladi. Masalan, qo‘l-ko‘l, xo‘p-cho‘p.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin