V. S. Raxmanova



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
defektologiya asoslari

Shipillovchi sigmatizm
Shipillovchi sigmatizmda «s», «ts» va «z» tovushlarni shipil-
lovchi tovushlar («j», «sh», «ch») ga o‘xshab talaffuz qi linadi. 
Shipillovchi sigmatizmning eng og‘ir shakllarida parasigma-
tizmlar kuzatiladi. Masalan, sirk-chirk, zina-jina, soat-shoat, 
sovun-shovun. Bu turdagi sigmatizm milkning tishdan uzoq 
joylashganligi tufayli hosil bo‘ladi. Uning asosiy salbiy tomoni 


89
shundaki, bu kamchilik keyinchalik yozuvda ham aks etib
disgrafiya kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Yon sigmatizmi
Bunda «s» tovushining talaffuzi tishlar jipslashgan holda 
hosil qilinadi – «sh» tovushi talaffuziga o‘xshaydi, chunki til 
uchi va o‘rtasi (oldingi qismi) yuqori tish va alveolalarga taqalib 
turadi. Havo oqimi til o‘rtasidagi ariqchadan chiqish o‘rniga yon 
tomonlardan chiqadi. Ba’zilarda bir yondan, ba’zilarda esa ikki 
yondan ham havo chiqishi mumkin.
Burun sigmatizmi
Bu kamchilikka xos artikulatsiya quyidagichadir: tilning orqa 
qismi baland ko‘tarilib, yumshoq tanglayga tegib turadi. Natijada 
havo oqimi burun bo‘shlig‘idan chiqadi. Sirg‘aluvchi tovushlar 
burunli «h» tovushi sifatida hosil bo‘ladi. Masalan, soat-hoat
sigir-higir, zina-hina.
Burun sigmatizmini bartaraf etish uchun bolaga havo oqimini 
og‘izdan chiqarishni o‘rgatish kerak (til uchiga puflash mashqi 
qo‘llaniladi). Shu bilan bir vaqtda tilni kerakli shakllarga keltirish 
lozim. Buning uchun tilning orqa qismini ko‘tarmaslikka o‘rgatish 
kerak. Burun sigmatizmini tuzatish uchun «s», «z» tovushlarini 
tishlararo «s», «z» tovushlaridan o‘rgata borish tavsiya etiladi. 
Shuni ham aytish kerakki, burun sigmatizmi unli tovushlarning 
burun ishtirokida talaffuz etilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun 
logoped burun sigmatizmini bartaraf etish ustida ish olib borganida 
unli tovushlar talaffuziga ham e’tibor bermog‘i lozim.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin