94
avval bo‘g‘inlarda, so‘ngra so‘z va gaplarda talaffuz etishga
o‘rgatish mashqlari o‘tkaziladi. Logoped bu bosqichda frikativ
«r» tovushining to‘g‘ri aytilishiga ko‘proq e’tibor bermog‘i lozim.
Agar «sh-j» tovushlari ham noto‘g‘ri talaffuz etiladigan bo‘lsa,
logoped oldin shu tovushlar talaffuzini o‘rgatishi kerak.
Tilni tebrantirishni ham bir necha usul bilan ishlab chiqish,
o‘rgatish mumkin. Oyna qarshisida o‘tirgan bolaga og‘zini keng
ochtirib, til uchini yuqori tishlar orqasiga ko‘tarib «z» tovushini
cho‘zib ayttirish tavsiya etiladi. Shu payt logoped shpatel
yordamida tilning tagida tebranma harakatlar qiladi. Natijada «r»
tovushining hosil bo‘lishida ishtirok etadigan titrash hosil bo‘ladi.
Til uchini tepaga ko‘tarib turib, «t» tovushini bir dam bilan
ketma-ket bir necha marta talaffuz etiladi. Ayni vaqtda tovushlar
qatorining eng oxirini urg‘u bilan talaffuz etmoq kerak – ttt.
Xuddi shu ishni «d» tovushi asosida ham amalga oshirish
mumkin – «dd», «ddd», «dddd».
Dostları ilə paylaş: