Va adabiyoti universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/37
tarix01.01.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#107640
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
bmi gulnoza saidova

boz  (-voz),  -vchi,  -lik  qo‘shimchalarini  qo‘shish  yordamida  yasaladi.  –vchi 

qo‘shimchasi i unlisi bilan tugagan fe’llarga qo‘shilganda i unslisi u shaklida, a bilan 

tugagan  fe’llarga  qo‘shilganda  o  shaklida  talaffuz  qilinadi  va  shunday  yoziladi. 

Undosh bilan tugagan fe’llarga –uvchi shaklida qo‘shiladi:quruvchi, suzuvchi. 

Darslikda eslatma sifatida quyidagi qoida keltirilgan: “-lik qoshimchasi o‘rin-

joy  bildiruvchi  turdosh  va  atoqli  otlarga  qo‘shilib,  shaxsning  shu  hududga 

mansubligini  bildiradi.  Atoqli  otlarga  qo‘shilgan  –lik  qo‘shimchasi  atoqli  otni 

turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi”

39

 

Shaxs  oti  yasalishi  va  uning  imlosi  tushuntirilgandan  so‘ng  mavzuga  oid 



quyidagicha matn tuzish mumkin: 

Biz  kecha  sinfdoshlarimiz  bilan  yozuvchilar  uyushmasiga  bordik.  U  yerda 

kitobxonlar  uchun    yangi  asar  taqdimoti  bo‘lib  o‘tdi.  Yozuvchilar  o‘quvchilar 

o‘rtasida  kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  to‘g‘risidagi  fikr-mulohazalrini 

tingladik. Biz yozuvchilarning yangi asar yozish jarayonidagi mashaqqatlar, o‘ziga 

xos  jihatlar  haqida  bilib  oldik.  Yozuvchilik  hammaga  ham  nasib  etmaydigan 

kasbdir.  Yozuvchilikni  zargarlikka  o‘xshatish  mumkin.  Zargar  tillaga  ko‘z  nurini 

                                                           

38

Джурабоева З.Компетенциявий таълимда матн яратиш муаммолари. //Ўзбекистон: тил ва маданият. 3-



серия. Ўзбек тили таълими.-Тошкент,2017.-Б.79 

39

Ona tili.6-sinf uchun darslik.-B.116



 


to‘kib  undan  chiroyli  buyumlar  yasagani kabi, yozuvchilar so‘z  vositasida  tillaga 

teng asarlar yaratadilar. 

Matn  tuzishda  o‘quvchilarning  ijodkorlik  qobiliyatlarini  shakllantirishga 

xizmat  qilmog‘i  kerak.  Bunday    mashg‘ulotlarda  matn  tuzish  badiiy  tasvir 

san’atining xilma-xil qirralari (so‘z va so‘z shaklini kerakli ma’noda tanlay bilish va 

bu  borada  xatolarga  yo‘l  qo‘ymaslik;  ba’zan  so‘z  va  so‘z  shakllarini  qo‘llashdagi 

noo‘rin takrordan qutulish; tasvir uchun eng  maqbulini tanlash; inson, tabiat hamda 

voqea-hodisalardagi  go‘zalliklarni  yetkaza  bilish  va  hokazolar)  bilan  tanishish 

asnosida amalga oshadi.  



 


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin