Va adabiyoti universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/37
tarix01.01.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#107640
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
bmi gulnoza saidova

“O‘z o‘rningni top” o‘yinidan so‘z yasalishi haqidagi mavzular tugagandan 

keyin  foydalandik.  Bunda  turli  so‘z  turkumiga  oid  yasama  so‘zlar  yozilgan 

kartochkalar o‘quvchilarga tarqatildi.  To‘rt o‘quvchi “Ot”, “Sifat”, “Fe’l”, “Ravish” 

nomlari yozilgan kartochkalarni olib to‘rtga ajratilgan parta  yonida turdilar, qolgan 

o‘quvchilar  so‘zlarga  qarab  guruhlarga  ajraldilar.  Noto‘g’ri  joylashgan 

o‘quvchilarning o‘rni almshtirildi. Keyin shu so‘zlar ishtirokida kichik matn tuzish 

topshirig’ini berdik. Kim ko‘p yasama so‘z qatnashtirib gap tuzsa, shu guruh  g’olib 

bo‘ldi. 


So‘z yasalishi mavzusini o‘tishda quyidagi usulni qo‘lladik. Matnni o‘qing. 

Undan yasama so‘zlarni topib tahlil qiling. 



Dunyoni selday bosdi  

Bahorning gul bosqini, 

Sevgining titrog‘lari  

Ruhga nurday taraldi. 

Ne uchun ko‘zlaringda  

Yana ko‘zyosh toshqini? 

Yana sog‘inch yaraldimi?... 

Yana sog‘inch yaraildi. 

• Topgan  yasama  so‘zlarning  asoslaridan  qanday  yana  yasama  so‘zlar  hosil 

qilish mumkin? 

• Yasovchi qo‘shimchalar yordamida yana qanday so‘zlar hosil qilish mumkin? 

• Fikringizni misollar asosida dalillang 

  Interfaol    dars  jarayonlari  shunday  tashkil  etilishi  kerakki,  bunda  barcha 

talabalalar  faollashishi  zarur,  ya’ni  dars  o‘tish  jarayonida  o‘quv  materiallarining 

ma’lum  bir  qismi  talabalalar  tomonidan  mustaqil  o‘rganiladi,  so‘ngra  sinfda  har 

tomonlama  muhokama  etiladi.  O‘qituvchi  o‘quv  jarayoni  tashkilotchisi,  rahbari, 

nazoratchisi hamdir. O‘quvchining sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati 

uni  emotsional  jihatdan  qoniqtririshi  lozim,  ana  shundagina  u  o‘zining  fikrlarini 



erkin  bayon  qila  oladi.  Interfaol  usullar  xilma-hil  bo‘lib,  qaysi  metodni  tanlash 

o‘qituvchining  o‘tayotgan  mavzusi,darsning  maqsadi  va  vazifalariga  bog‘liq. 

Interfaol  mashg‘ulot  -  o‘qituvchi  va  talabalalar  o‘zaro  faol  ishtirok  etadigan 

mashg‘ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon. 

  Innovatsion  jarayonlarda  interfaol  metodlarning  qo‘llanishi  darslarda 

beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo‘sh 

talabalalar  ni  ham  bir  oz  bo‘lsa-da,  o‘z  fikrlarini  keng  ommaga  izhor  etishga, 

umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo‘lmasdan, faol ishtirok 

etishga undaydi. Talabalalar ni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan 

usullarni to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun 

darsga,  mavzuga  qo‘yilgan  maqsad  aniq  belgilanib,  shu  maqsadga  erishish  yo‘li, 

usuli  puxta  ko‘rib  chiqilishi  lozim.  Demak,  o‘qituvchi  har  bir  foydalanadigan 

interfaol  usulni  o‘quvchiga  nima  berishini  oldindan  ko‘ra  olishi  va  darsni  to‘g‘ri 

tashkil  qilishi  kerak.  Demak,  siz  qo‘llanmoqchi  bo‘lgan  interfaol  usulini  ko‘rib 

bo‘lgach,  o‘zingizga  kerakli  rasm,  tarqatma  material  ko‘rgazmalardan  keragini 

qirqib  olib  konvertga  solib  qo‘yishingiz,  mavzularni  o‘rgatishda  ishlatishingiz 

mumkin. 

  Ta’lim  sohasidagi  bosh  maqsad  -  ta’lim  va  tarbiyaning  demokratik, 

insonparvarlik printsiplarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urf-

odatlari,  shuningdek,  umumbashariy  qadriyatlar  asosida  ta’lim  –  tarbiya  jarayoni 

mazmunini  tubdan  o‘zgartirish,  shu  maqsadda  pedagogik  jamoalarning 

tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir.  



  Interfaol  metodlar  –  o‘quv  jarayonini  muayyan  shaklda  loyihalashtirishdir. 

Yangi  pedagogik  texnologiya  esa  an’anaviy  dars  qurilishini  zamonaviy  interfaol 

usul,  noan’anaviy  shaklda  o‘ziga  xos  qayta  loyihalashtirishdir.  Bu  loyiha  shuni 

taqozo etmog‘i lozimki, avvallari o‘quvchi muallimdan bilimni tayyor holda olgan 

bo‘lsa  endilikda  mashg‘ulotda  qo‘yilgan  turli  muammoli  topshiriqlarni  bajarish 

asnosida  mustaqil  fikr  yuritish,  mulohaza  qilish,  mantiqiy  xulosa  chiqarish  orqali 

boshqacha qilib aytganda muayyan darajada mehnat qilib bilim oladi. Shuningdek 



ko‘nikma  va  malakalar  ham  mantiqiy  fikrlashni  talab  qilgan  mashqlar  ta’limiy 

o‘yinlar qiziqarli ijodiy ishlar vositasida hosil bo‘ladi. 

 

 


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin