Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar har bir
pedagogdan o‘z ustida tinmay ishlashni, izlanishni talab etmoqda. Ona tili ta’limiga
keyingi yillarda katta e’tibor berilayotganligi, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki
nutqini rivojlantirish, o‘z fikrini erkin bayon eta oladigan shaxs tarbiyasi asosiy
vazifa qilib belgilanganligi sir emas. Ushbu bitiruv ishini olingan nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llsh natijasi sifatida yuzaga keldi.
O‘zbek tilida so‘z yasalishi mavzusini o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni, innovatsion usullarni, grafik organayzerlarni qo‘llash mavzuni
yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi.O‘quvchilar ko‘rish, yozish, masalani yechish
uchun mushohada yuritish orqali mavzuni yaxshi o‘zlashtiradilar. So‘z yasalishi
mavzusinio‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan samarali usullar haqida quyidagicha
xulosaga kelish mumkin:
1. O‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi mavzusi yetarlicha tadqiq etilganligiga
qaramay, mavjud nazariy adabiyotlarda fikrlar xilma-xilligiga duch kelish mumkin.
So‘z yasalishi maktab darsligida alohida bo‘lim sifatida berilmay, har bir so‘z
turkumini o‘tish jarayonida shu turkumga xos hodisa sifatida berilgan. Har bir
darsda o‘quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni puxra o‘zlashtirishlari va ularni
amalda qollay olish malakasini shakllantiruvchi mashqlar bilan mustahkamlangan.
2. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli
natijalarga erishishdir, bunga erishida innovastion pedagogik texnologiyalar to‘la
ishonchli vosita bo‘la oladi.
3. O‘quv fanlari mavzularining ilg‘or pedafofik texnologiyalar asosida
o‘qitilishi ta’lim jarayonining har bir uzvi boshqalari bilan mantiqiy aloqadorlikda
puxta va to‘la texnologiyalashtirilishini ta’minlaydi. Bu esa ta’lim natijasini
kafolatlaydi.
4.So‘z
yasalishi
mavzusinio‘qitishdapedagoglar
tomonidan
interfaol
metodlardan o‘rinli, maqsadli, samarali foydalanish ta’lim oluvchida muloqotga
kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni
sintezlash, tahlil qilish, o‘z qarashlarini bayon eta olish, turli qarashlar orasidagi
mantiqiy bog‘liqlikni topa olish, xulosa chiqara olish qobiliyatlarini tarbiyalash
uchun xizmat qiladi.
5.O‘quvchilarning so‘z yasalishiga oid bilimlarinini o‘stirish orqali ularning
lug‘at boyligi oshishiga erishiladi. Badiiy adabiyotlardan misol to‘plash, ularni tahlil
qilish til va adabiyot ta’limining uzviyligini ta’minlaydi.
6. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarda, xususan, turli o‘yin
texnologiyalari, grafik organayzerlardan foydalanish o‘quvchilarning mavzuga
qiziqishlarini ortishiga, bir xillikdan qochishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: