Valeologiya asoslari



Yüklə 75,5 Kb.
səhifə2/2
tarix26.11.2023
ölçüsü75,5 Kb.
#136484
1   2
Oiv infeksiyasi va oits ning kechish davrlari, zararlanganlarni aniqlashda tibbiy tekshiruv

- anonim tekshiruv – o`zi haqida hujjat taqdim etmay tekshiruvdan o`tish;
- konfidensial tekshiruv – tekshiruv natijasi haqida faqat mazkur odamning shaxsan o’zi va tibbiy xodim biladi (sir saqlanadi);
- tekshiruvdan o’tish shart bo’lgan odamlar - qon va qon zardobini topshiruvchi donorlar;
- majburiy tekshiruv - huquqni muhofaza qilish organi xodimining ma’lumoti asosida.
2. Tibbiy tekshiruv viloyat OITS ga qarshi kurash markazida o’tkaziladi.
3. O’ziga OIV yuqtirgan odamlarga va OITS bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat Davlat tasarrufidagi shifoxonalarda amalga oshiriladi.
4. Aholini tibbiy tekshiruvdan o’tkazish va tibbiy xizmat har bir odamning ixtiyori (xohishi) bo’yicha amalga oshiriladi.
5. Tibbiy tekshiruvda OIV/OITS aniqlangan odam, infeksiyani boshqa odamlarga tarqatmaslik (yuqtirmaslik) haqida o’ziga majburiyat oladi.
6. OIV/OITS bo’yicha tibbiy tekshiruv natijasi sir saqlanadi. U haqda o’qish, ish, turar, harbiy xizmat joylariga ma’lumot berish man etiladi.
7. Tibbiy tekshiruvda OIV aniqlangan odamni ish joyidan bo’shatish, u haqda salbiy axborot tarqatish man qilinadi.
OITS — odam organizmining oz-o'zini himoya qilish (immunitet) qobiliyati zararlanishi (kuchsizlanishi, yo'qolishi) bilan kechadigan og`ir yuqumli kasallik.
OIV - odam immunitet tanqisligi virusi. Bu virus odamda OITS kasalligini qo'zg'atuvchi asosiy infeksion agent hisoblanadi.
Mazkur virus asrlar davomida maymunlar organizmida parazitlik qilgan. Maymun organizmidagi turli xil o'zgarishlar, tashqi muhitning tabiiy ekologik, evolyutsion o`zgarishlari tufayli virusning genetik xususiyatlari o'zgarib, u odamlar organizmida yashash, ko'payish va kasallik qo'zg'atish xususiyatiga ega bo`lgan. Shunga ko`ra virusga OIV-odam immunitet tanqisligi virusi deb nom berilgari.
OITS bilan kasallangan birinchi bemor AQSh da 1979 yilda aniqlangan. U Kongo mamlakatining fuqarosi boTgan. Bemorning so'ziga koTa u maymun go'shtini isteniol qilgan. Bemorga tashxis uning organizmida yuzaga kelgan immunitet tanqisligi belgilariga asoslangan. Chunki, u paytda mazkur kasallikni virus qo'zg'atishi haqida va mazkur virusni aniqiash haqida tushuncha bo`lmagan.
OITS bilan kasallangan birinchi bemorga unda namoyon bo`lgan klinik belgilar asosida tashhis qo'yilgandan keyin oradan 4 yil o`tgach 1983 yilda Fransiya olimlari virusni laboratoriya usulida aniqlash imkoniga ega bo`lganlar va mazkur virus OIV (odam immuntanqisligi virusi) deb nomlangan.
OIV infeksiyasining yuqish yo`llari. Virus sog' odamga OITS bilan kasallangan bemordan va o'ziga virusni yuqtirib olib, uni organizmida tashib yuruvchi, lekin hozircha unda OITS ning belgilari namoyon bo`lmagan odamlardan yuqadi.
Virusni tashib yuruvchi bemor odamlardan OIV infeksiyasi quyidagi yo`llar orqali sog' odamlarga yuqadi:
l.Jinsiy yo'l;
2.Ko'p marta qo`llanadigan shprits, jarrohlik, ginekologik, stomatologik, sartaroshlik asboblarini talab darajasida sterillamaslik (zararsizlantirmaslik);
3.Donor qonini OIV ga analizdan o'tkazmasdan bemorga quyish.
4.Homilador ayol OIV bilan zaharlangan yoki OITS bilan kasallangan bo`lsa virus qon orqali homilaga o'tadi va u OIV bilan zararlangan holatda tug'uladi.
OITS ning kechishi. OITS kasalligi 2 davrda kechadi:
l.Yashirin davr - OIV yuqqanidan to OITS belgilari namoyon bo`lgunicha o`tgan davr. Bu davr bir necha oydan 10 yilgacha bo'lishi mumkin;
2. OITS belgilarining namoyon bo`lish davri.
OITS ning yashirin davri qisqa yoki uzoq bo'lishi odam organizmi immun tizimining mustahkamligiga bog'liq. Sog'lom, jismoniy baquvvat, chiniqqan odamda immun tizimi mustahkam bo`lib, uni virus yemirgunicha ko`p vaqt o'tadi. Jismoniy ojiz, kamquvvat, boshqa kasalliklar bilan xastalangan va zaiflashgan, quvvatsizlangan odamning immun tizimi kuchsiz bo'lib, uni virus tezroq yemiradi va kasallik belgilari qisqa vaqtda yuzaga keladi.
Kasallikning yashirin davrida viruslar tananing limfa tugunlariga joylashadi va ular T-limfosit hamda makrofaglarni zararlarydi. Natijada immun tizimi kuchsizlanadi.
OITS belgilarining namoyon bo'lish davri organizm immun tizimining kuchsizlanishi yoki umuman yo'qolishi natijasida kasallikning quyidagi belgilari asta-sekin namoyon bolishi bilan xarakterlanadi: Bo`yin, jag` osti, qo`ltiq osti, chov sohasi ichaklar va o`pkalar atrofidagi limfa tugunlari kattalashadi, yallig'lanadi, yiringlaydi. Tananing turli qismlarida tuzalmaydigan viringli yaralar paydo bo'ladi. Bemorning uzoq vaqt ichi ketadi, tana harorati sababsiz ko`tariladi.
Bosh va orqa miya to`qimasi zararlanishi tufayli tana muskullarini ta`minlovchi nerv tolalari yo`nalishi bo'yiab og'riq paydo bo`ladi.Ayrim nerv tolalarining chuqur zararlanishi tufayli qo'l-oyoqlar shol bo'lishi mumkin. Bemorning xotirasi, aqliy qobiliyati pasayadi. Bemor organizmining immunitet xususiyati kuchsizlanadi yoki butunlay yo'qoladi.Shu sababli bemorda turli xil mikrob va viruslarning kasallik qo'zg'otuvchi ta'siriga beriluvchan bo`lib qoladi. Buning natijasida gripp, stomatit, angina, pnevmoniya, plevrit, meningit, ensefalit, piyelonefrit, gepatit, miokardit, endokardit, ichburug`, salmonellyoz, viringli otit, sil, sepsis kabi ikkilamchi kasalliklar birin-ketin paydo bo'la boshlaydi. Shu kasalliklar tufayli bemor hayotdan ko`z yumadi.
OIV infeksiyasi yuqishini hamda OITS kasalligining oldini olish.
O'zbekiston Respublikasi OIV infeksiyasini yuqishini va OITS kasalligining oldini olish bo`yicha 1991-yil, 28-iyunda maxsus qonun qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasining yuqorida qayd etilgan qonuni hamda Jahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti tavsiyasiga muvofiq 1994 yildan boshlab OIV -infeksiyasini aniqlash bo`yicha fuqarolarni tekshiruvdan o`tkazish qoidalari mamlakatimiz hayotiga tadbiq etilgan.
Bu qoidalar asosida shaxslar OIV infeksiyasini aniqlash bo'yicha TEST tekshiruvidan majburiy ravishda o`tkazildi:
1.Donorlar, ya`ni qon topshiruvchilar.Ularnig qoni va qon zardobida, shilliq pardalari suyuqligida OIV ga qarshi antitela borligi aniqlanadi (Agar antitela borligi aniqlansa, bu odam OITS virusini yuqtirgan hisoblanadi).
2.Jinsiy a'zolarida yallig`lanish kasalliklari bo`lgan ayollar.
3.Abort qildirmoqchi bo`lgan homilador ayollar.
4.Xatarli guruhga kiruvchi shaxslar, ya`ni venerik kasalliklar bilan xastalanganlar, ikki haftadan ko`p vaqt davomida tana harorati yuqori bo'lgan bemorlar. Tanasidagi bir nechta limfa tugunlari kattalashgan shaxslar, ikki haftadan ko'p vaqt davomida ichi ketayotgan bemorlar.
5.Qon quyish tibbiy muassasalari xodimlari.
6.OIV-infeksiya bilan zararlangan va OITS bilan kasallangan bemorlarni tekshiruvdan o`tkazish va davolash bilan shug'ullanuvchi tibbiyot xodimlari.
7.Chet elga boruvchilar.Ularga tekshiruvdan o`tganligi haqida sertifikat beriladi.

  1. Chet elda uzoq vaqt bo'lib qaytganlar.

  2. O'zbekistonda 15 kundan ko'proq turish rejasi bilan kelgan xorijiylar o'z mamlakatlarida OIV bo'yicha teksiruvdan o`tganligi haqida sertifikat ko`rsatishlari kerak.Bunday sertifikati bo`lmagan xorijiylar bizning mamlakatimiz qoidalari asosida OIV bo'yicha tekshiruvdan o`tkaziladilar.

10.O'zbekistonda uzoq muddat yashayotgan xorijiylar har uch oyda takror ravishda OIV bo'yicha TEST tekshiruvidan o`tkaziladilar.Agar ularda OIV infeksiya aniqlansa o'z mamlakatiga jo'natib yuboriladi.
11.OIV ga tekshiruv natijasi sir saqlanadi.Uni oshkor qilgan tibbiyot xodimi yoki boshqa shaxs O'zbekiston Respublikasi qonuni asosida javobgaiiikka tortiladi.
12.Qonunga asosan OIV infeksiyasini yuqtirgan va OITS bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat davlat hisobidan bepul ko'rsatiladi.
13.Yuqorida qayd etilganlardan boshqa shaxslar OIV infeksiyasini aniqlash bo'yicha TEST tekshiruviga majburan jalb etilmaydi.O'z ixtiyori bilan OIV infeksiyasi bo'yicha TEST tekshiruvidan o'tishni xohlagan shaxs OITS ning oldini olish markazida yoki mahalliy poliklinikada tekshiruvdan o`tishi mumkin. Poliklinikada ham tekshiruv sir saqlangan holda o`tkaziladi.
14.Aholi o`rtasida ayniqsa, yoshlar orasida, OIV infeksiyasini yuqish yo`llari, uning oldini olish, bu infeksiyani aniqiash uchun TEST tekshiruvidan o`tish qoidalari bo'yicha tushuntirish ishlari keng ko`lamda olib borilishi kerak.Bu targ'ibot ishlarida tibbiyot xodimlari, o`qituvchilar, jamoat tashkilotlari xodimlari faol ishtirok etishlari lozim.
"Sog`lom avlod" Davlat dasturining asosiy maqsadi jismoniy va ruhiy jihatdan kamol topgan insonni shakllantirishdan iborat.Shunday ekan, yoshlar orasida giyohvandlik, OITS va boshqa kasalliklarning oldini olishga qaratilgan barcha tadbirlar sog`lom avlodni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan har yilning 1-dekabri "Butun dunyo OITS ga qarshi kurash kuni" deb e'lon qilingan.Bu kun hamma o'quv-yurtlari va tashkilotlarda OIV/OITS ning oldini olish mavzusida seminarlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari o`tkaziladi.
Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin