7. Qyuidagi fikrlarning muallifi kim:“O‘qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o‘qituvchidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi”?
A) Adolf Disterverg B) Ivan Petrovich Rachenko C) Makarenko D)Yan Amos Komenskiy
8. Pedagog olim Komil Zaripov “Ilg‘or o‘qituvchi” ni qanday ta’riflaydi?
“Ilg‘or o‘qituvchi” avvalo boshqa o‘qituvchilarga qaraganda o‘z ishiga mas’uliyat bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, o‘z darslarida, ta’lim muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo‘llaydi. Shu orqali u ta’lim va tarbiya sohasida muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritadi
“Ilg‘or o‘qituvchi” bor manbalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Ko‘p hollarda mavjud metodik yo‘l – yo‘riqlarga o‘z munosabatini bildirib, sharoit va vaziyat taqozosiga, o‘zining imkoniyatlariga qarab mavjud tartiblardan farqli zamonaviy metodik usullardan foydalanadi
“Ilg‘or o‘qituvchi” o‘zining yaxlit pedagogik vosita va usullari mavjudligi bilan farqlanib turadi. Shu bilan birga ularda ilmiy tahlil, o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qaray bilish xususiyatlari ham ega bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligida g‘oyat murakkab, boshqalar o‘ziga ishonmaydigan sharoitlarda ham o‘z ishlarining to‘g‘ri ekanligiga ishonch bo‘ladi. didaktika bu bola shaxsini shakllantirish qonuniyatlari haqidagi fan
barcha javoblar to`g`ri
9. Qobiliyat nima?
Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir.