19. Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning qanday usullari mavjud ?
A) talab, istiqbol, rag‘batlantirish, rivojlantirish.
B) shakllanish, rivojlanish
C) talab, istiqbol, rag‘batlantirish, shakllantirish
D) talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
20. Psixolog olim Olga Matveeva tomonidan o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qobiliyatlar qaysi qatorda to`liq ko‘rsatilgan?
Muloqot qilish qobiliyati; eshitish va his qilish qobiliyati; kinestetik qobiliyat; mantiqiy qobiliyat; shaxsning ichki qobiliyati
O‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilish qobiliyati
Kommunikativ qobiliyat; voqealarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati; eshitish va his qilish qobiliyati; kinestetik qobiliyat; mantiqiy qobiliyat; shaxsning ichki qobiliyati
O‘qituvchining o‘z hatti harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyati
21. O‘qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla ahli bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo‘lish, muloqotga kirishishida pok ko‘ngillilik. O‘qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, muomala madaniyatini muntazam o‘zida shakllantirib borishi lozim. Bu ta`rif qaysi qobiliyat turiga tegishli?
Perseptiv qobiliyat
Empatik qobiliyat
Didaktik qobiliyat
Kommunikativ qobiliyat
22. Pedagogik mahoratni shakllantirishning ta’minlovchi omillari?
A)Ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilish va baholash.
B)Ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z faoliyatini tashkil etish.
C)Fanlarni o‘qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan keng foydalanish.
D)Barcha javoblar to‘g‘ri.
23. Tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya’ni kuzatuvchanlik muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchining shijoati natijasida rivojlanadi, takomillashadi. O‘qituvchi o‘quvchining psixologiyasini, psixik holatini o‘ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi. Bu ta`rif qaysi qobiliyat turiga tegishli?
A)Perseptiv qobiliyat
B)Empatik qobiliyat
C)Didaktik qobiliyat
D)Kommunikativ qobiliyat
24. O‘qituvchining nutqiy faoliyatida asosan nimalarga e’tibor beriladi?
A) Diapazon, tembr, nutq generatoriga.
B) So‘zlash, mutolaa qilish va eshitishga.
C) Energetik ovozning tembri va hajmiga.
D) Diapazon hajmi va nutq generatoriga.
25.Inson qobiliyatini intellektlar to‘plami deb, uning ettita sifatini ajratib ko‘rsatgan psixolog olim kim?
A) Davletshin M.G.
B) Rubinshteyn S.L.
C) Govard Gardner.
D) G‘oziyev E.
Dostları ilə paylaş: |