Vatanimiz mustaqillikka erishilgan dastlabki yillaridan bоshlab fan



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə11/44
tarix23.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#127429
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Estetika

Nafosatli did murakkab va ko'p qirralidir. U insonning fikr-mulohazalari, xulq-atvori, xatti-harakatlari moddiy va ma'naviy ijodkorligi namoyon bo'ladi.
«Did» iborasi odamlarning ayrim sohalarga moyilliklarini ifodalaydi. Ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishga moyil odamni «fanga didi (fahmi) bor» deb, ixtirochini «ixtirochilikka didi zo'r», deb gapiradilar. Shu bois «did» tushunchasini insonning aniq yo'nalgan qobiliyati, voqyelikning u yoki bu tomonlarini afzal ko'rish munosabatti sifatida baholash o'rinlidir.
Nafosatli did - voqyea-hodisalarning nafosatli sifatlarini inson tomonidan idrok etmoq va baholamok jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg'usi orqali o'n, ifoda soni topadi. Nafosatli did zaminida go'zallikni xunuklikdan ajrata bilish va undan beg'araz shodlanish, lazzatlanish qobiliyati yotadi. U his-tuyg'ular bilan ish ko'radi, ya'ni hayot go'zalliklari va fojealarini his eta bilish, fojeali to'qnashuvlarni ko'pligi nomutanosib liklardan farqlay olish qobiliyati orqali namoyon bo'ladi.
Nafosatli did odamlarning dunyoqarashi, ayniqsa, nafosatli qarashlari orqali yorqinroq ko'rinadi. Lekin nafosatli qarashlar va bilimlar hamma vaqt ham nafosatli didni ifodalamaydi. Ba'zan nafosatli qarashlar va nafosatli bilimlar zahiralariga ega bo'la turib, yomon yoki rivojlanmagan nafosatli did egasi bo'lib qolish mumkin. Bilimlar va qarashlar didda ifodalanish uchun ular shaxs ichki dunyosiga, idrok qilish jarayoniga singib ketishi, tug'rirog'i, shaxsning mustahkam e'tiqodiga aylanib ketishi lozim.
Nafosatli did bilan nafosatli baholash o'rtasida juz'iy va umumiy tmonlar mavjud. Nafosatli baholash did fikr-mulohazalari, didning aynan o'zi emas, balki uning og'zaki ifodasidir. Did fikr-mulohazalarida aqliy tomon ko'proq o'rin egallaydi. U doimo baholayotgan narsaning, voqyea-hojdisaning anglab o'zlashtirilishi bilan bog'liq bo'lib, boshqalarga mo'ljalangan holda dalillarning mantiqiy isbotlanishini taqozo etadi.
Did fikr-mulohazalari ko'p jihatdan «rivojlangan did» tushunchasiga mos keladi. «Rivojlangan did» fikr-mulohazalari «yoqadi-yoqmaydi» darajasi bilan chegaralanib qolmasdan, «nima uchun yoqadi?», «Nima uchun yoqmaydi?» degan savolga javobni qamrab oladi.
Shaxs hammaga manzur didga ega bo'lishi mumkin: u nafisni xunukdan to'g'ri ajratib olish qobiliyatiga ega bo'lib, fojiali hodisaga hamdarlik qilish, kulgili narsa ustidan kulishi mumkin. Bunday odamlar o'zining didi, baholashi, afzal, yaxshi fazilatlarini isbotlash qobiliyatining ustunligi, ya'ni «rivojlangan estetik did» ga egaligi bilan boshqalardan farqlanadilar.
Rivojlamagan did egalari odatdan tashqari, kutilmagan, qolishga tushmagan narsalarga nisbatan o'ta ishonchsizlik, shubha, xavfsirash ko'zi bilan qaraydilar. Rivojlanmagan didni voqyelikka nafosatli munosabat ruhida tarbiyalash vositasida rivojlantirish mumkin. Zero nafosat tarbisining vazifalaridan biri odamlarda rivojlangan nafosatli didni shakllantirishdir. Chunki rivojlanmagan nafosatli did salbiy ta'sirlarga tez beriladi, va natijada ijtimoiy hayotga zarar keltiradi.
Nafosatli ong bilan badiiy ongni tenglashtirib bo'lmaganidek, nafosatli did bilan badiiy didni ham tenglashtirish mumkin emas.
Ular bir–biri bilan bog'liq, ayni paytda idrok etish obyektlarning xilma-xilligi, ehtiyojlarning mazmunan turlichaligi bilan farqlanadilar.
Nafosatli did va badiiy did uning nisbiy mustaqil ekanini nazarda tutish, lekin ularni bir-biriga qarama-qarshi qo'ymaslik lozim. Zero, badiiy did hamma vaqt nafosatli asoslanadi, undan kelib chiqadi. Shu ma'noda nafosatli badiiy hodisalarni idrok qilish va baholash vositasi, deyish ham mumkin. Binobarin, san'at paydo bo'lgandan beri nafosatli did badiiy didni rivojlantirishning qudratli vositasi bo'lib kelmoqda. Rivojlangan, nozik, xilma-xil nafosatli va badiiy didni shakllantirish–odamlarni go'zalliklar olamiga olib kirish, ya'ni shaxsni ma'naviy boyitish, uni har tomonlama rivojlantirish demakdir.
Nafosatli ong tarkibida nafosatli did bilan birga estetik orzu (ideal), ham mavjud bo'ladi. Nafosatli orzu tushunchasining ma'nosini yaxshiroq anglash uchun avvalo orzu tushunchasining chegaralari va asl mazmuni xususida so'zlash joizdir. Orzu-ongning tarkibiy qismi. Ongning boshqa qismlari kabi orzu ham voqyelikni in'ikos etish shaklidir. Orzu o'z xususiyatlariga ega bo'lib, ular shundan iboratki bu tushuncha faqat mavjud narsalarni in'ikos etish bilan cheklanib qolmay, balki yana nimalar bo'lishi kerak va bo'lishi mumkin ekanligini ham ifodalaydi. Orzu voqyelik bag'rida yotgan imkoniyatlarning ma'naviy-ruhiy in'ikosi bo'lib, u voqyelik taraqqiyotining moyilliklarini o'zida ifoda etadi. Orzuni voqyelik imkoniyatlari tarzida in'ikosi etish u yoki orzuning haqiqiy soxta ekanligini bilishga yordam beradi. Ijtimoiy taraqqiyot o'zida aniq ifodalangan taraqqiyotparvar orzu haqiqiydir, aksincha taraqqiyotni to'xtatishga, buzishga qaratilgan orzu soxta va zararlidir.
Rivojlangan nafosatli orzu nafosatli his-tuyg'ularga, ularning mazmuniga, fikr-mulohaza, did, baho mezonlariga o'z ta'sirini o'tkazadi. Lekin u ko'proq san'at sohasiga taalluqlidir. Shu ma'noda san'at nafosatli mavqyeida bo'lib, voqyelikning in'ikos etish shaklini oladi. San'at nafosatli orzudan tashqarida bo'lishi mumkin emas va unda nafosatli orzuning u yoki bu belgilari bevosita tasvirrlanayotgan xolatlarda ham, munosabatlar badiiy ifodalanayotgan paytlarda ham, unga qarama-qarshi hodisalar tasvirlanayotgan paytlarda ham o'z o'rnini egallaydi.
Nafosatli orzu nafosatli ong tarkibida muhim o'rin tutib, u nafosatli ongning hissiy va aqliy tomonlarini, uning ijtimoiy-ruhiy qatlamalarini o'zida namoyon qiladi. Nafosatli orzuda nafosatli ong ijtimoiy ongning boshqa shakllari, jumladan, siyosiy va ahloqiy ong shakllari bilan bevosita chirmashib ketadi.
Nafosatli ongning yana bir tarkibiy qismi nafosatli qarashlar va nazariyalar bo'lib, ular nafosatli ongning g'oyaviy sohasini tashkil etadi va ular tabiat, hayot, san'at mohiyati haqidagi fikr-mulohazalar va g'oyalar tizimini anglatadi.
Mafkura sohasiga xos bo'lgan barcha belgilar nafosatli qarashlarga ham taalluqlidir. Mafkuraning barcha turlari kabi nafosatli qarashlar ham tartibga tushgan, dafa'tan, o'zidan-o'zi vujudga kelmagan, balki jamiyatning ilg'or namoyondalari amalga oshirayotgan ongli faoliyatlari natijasida ishlab chiqilgandir. Nafosatli mafkurachilar voqyelikning nafosatli tomonlarini, eng odatdagi nafosatli his-tuyg'u, did, odamlar kayfiyatlarini umumlashtirib, g'oyalar va tushunchalar tizimi orqali ifodalash qobiliyatiga ega bo'lgan kishilardir.
Nafosatli qarashlar, nafosatli his-tuyg'ular va didlardan keyingi o'rinda turib, ular voqyelikning nafosatli tomonalrini his-tuyg'u yordamida idrok etish, ularni tushunchali anglashdan oldin sodir bo'ladi. Nafosat, olijanoblik, fojiali, kulgili, san'atning mohiyati va burchi masalalarini qamrab olgan nafosatli qarashlar va nazariyalar nafosatli ongning barcha qismlariga ta'sir o'tkazadi. Nafosatli his-tuyg'ular, didlar, ayniqsa, orzular xususiyati ko'p jihatdan nafosatli va nazariyalarga bog'liq bo'ladi.
Nafosatli qarashlar va nazariyalar u yoki bu nafosatli hodislarga taalluqli g'oyalar va tushunchalar, ta'limotlar ko'rinishda namoyon bo'ladi. Nafosatli nazariyasi estetik obyekti butunlayicha qamrab oladigan tamoyilar qarashlar, tushunchalar, qoidalar, aqidalar, bilimlar tizimidir. Nafosat nazariyasi mantiqqa, tamoyil-tizimlarga, dalil-isbotlarga, falsafiy uslubiyotga asoslanadi.
Nafosatli asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.
Talab-etiyoj murakkab, ko'p qirrali hodisa. Inson talab-ehtiyojlarining kelib chiqish va shakllanishi sabablari ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog'liqdir. Ijtimoiy taraqqiyot bilan inson talab-ehtiyojlari o'rtasidagi aloqadorlik kechadigan jarayon bo'lib u yerda ijtimoiy taraqqiyot talab-ehtiyojsiz bo'lmasligi, lekin xuddi shu taraqqiyot tufayli talab-ehtiyojlar vujudga kelganligini nazarda tutish lozim.
Ruhshunos olimlar nafosatli ehtiyojlarni inson talab-extiyojlarining eng oliysi sifatida ta'riflab berganlar. Chunki nafosatli extiyojlarida barcha moddiy va ma'naviy ehtiyojlar jamlangandir. Bu dunyoda mavjudotlarning eng aqllisi inson ekan, go'zalliklarni chuqur anglash ham insonga xosdir. Shu bois inson hamisha go'zallikka tashna bo'lib yashaydi. Nafosatli ehtiyoj mohiyati ana shular bilan izohlanadi.
Nafosatli extiyojga har tomonlama, keng nuqtai nazardan yondoshish uning tor ma'noda talqin etilishiga monelik qilmaydi. Tor ma'nodagi nafosatli extiyoj, u voqyelik barcha boyliklarini nafosatli idrok etish va boholash extiyojida, inson o'z faoliyatining barcha sohalarini takomillashtirishga intilishida aks etadi. Nafosatli ehtiyoj boshqa barcha moddiy va ma'naviy ehtiyojlarga ta'sir o'tkazib turadi.
Rivojlangan estetik ehtiyoj hyech vaqt tayyor estetik qadriyatlarni faqat iste'mol qilish bilan cheklanib qolmay, yangiliklarini yaratish, ijod qilishga rag'batni vujudga keltiradi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin