Vatanimiz mustaqillikka erishilgan dastlabki yillaridan bоshlab fan



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə13/44
tarix23.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#127429
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Estetika

Ilmiy ijod jarayonida his-tuyog'u, shodlik, beg'araz qoniqishga intilish kabi estetik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy ijodning nafosatli mazmuni quvonch, shodlik, qoniqish hissini qondirishga emas, balki ilmiy izlanishlar natijalari va ularga erishish usullarida ifodalanadi. Donishmand olimlar ilmiy izlanishlarning barcha bosqichlarida nafosatli his-tuyg'ular ulkan ahamiyatga molikligini ta'kidlaganlar.
Asrimizning buyuk olimi Albert Eynshteyn ilmiy ijodning butun jarayoni estetik ruh bilan sug'orilgan, bugungi fan olimdan «ijodkor sifatlari»ni talab qiladi, deb bejiz ta'kidlamagan edi. «Ijodkor sifatlari» qatorida tafakkurning g'ayri tabiiy (paradoks) ligi muhim o'rin tutadi. Gayritabiiylik doimo badiiy tafakkurning belgisi bo'lgan, qadimgi afsonalar ana shu g'ayritabiiylik mazmuni bilan boyitilgan edi.
Nafosatli his-tuyg'u u yoki bu ilmiy nazariyaning (garchi u hali amaliyot tajribasida tasdiqlanmagan va oldingi nazariyalardan zaruriy, o'z-o'zidan kelib chiqmagan bo'lmasa ham) to'g'riligini bildiruvchi ilk mezon belgisi bo'lishi mumkin. Ana shu nazariya xushbichim, ko'rkam, takomil bo'lsa, olimda uning to'g'ri, haqiqiy ekanligiga ishonch hosil bo'ladi.
Bu yerda ilmiy qurilmalarning tuzilishi mukammalligi muhim o'rin tutadi. Buyuk olilarning ko'pchiligi ilmiy asarlarning ilmiy kiymati mezonini qurilma tuzilishining, yetukligida, yaxlitligida ko'rganlar. Olim ijodiga san'atning ijodiga samarali ta'siri haqida Nils Bor shunday degan: san'at bizga tizimli tahlil kkuchi yetmaydigan hamohangliklar to'g'risida eslatib turadi. Shuni aytish mumkinki, adabiy, tasviriy, musiqaviy san'at turlarining ifoda usuli g'oyat izchildir. Bu izchildir ilmiy axborotlarga xos bo'lgan aniq ta'riflardan to'la voz kechib, ko'proq faraz o'yniga erk bergan ma'qul.
Eng yaxshi san'at asarlari ilm-fan kishisida xayol-faraz vujudga keltiradi va yaxlit, nafosat his-tuyg'usini uyg'unlashtiradi, g'ayritabiiy tafakkur qilish qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan qobiliyat-imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi.



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin