Vatanimiz mustaqillikka erishilgan dastlabki yillaridan bоshlab fan



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə10/44
tarix23.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#127429
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Estetika

Nafosatli his-tuyg'ular. His-tuyg'ular umuman inson ongning ajralmas qismi bo'lib, nafosatli ong sohasida alohida o'rin tutadi. Ular nafosatli ongning asosiy qatlamini tashkil etib, uning poydevori hisoblanadi, uning barcha jabhalarini bezaydi va boyitadi.
Nafosatli his-tuyg'ular intelektual tuyg'ular bilan bir qatorda eng oliy, ijtimoiy tuyg'ular turkumida mansub. Bu yerda «ijtimoiy» iborasi nafosatli his-tuyg'ularning jamiyat barg'ida vujudga kelib, rivojlanishi, jamiyat bag'rida amal qilishi singari hodisalar nazarda tutiladi. Nafosatli his-tuyg'ular murakkab ijtimoiy hodisa sifatida nafosat, uy, oxang, shakllar, uyg'unlik, moslik, mutanosiblik, kabi tushunchalar bilan birga shodlik, hayratlanish, ajabalanish, rohatlanish, lazzatlanish, ehtirom, shavq-zavq, nafrat kabi tushunchalarni ham qamrab oladi.
Nafosatli his-tuyg'ular shakli, namoyon bo'lishi va amal qilish jihatidan subyektiv tabiatga ega bo'lib, inson dunyosining bir qismini, subyektiv voqyelikning bir bo'lagini tashkil etadi. Nafosatli his-tuyg'ularning mazmuni insonning muayyan maqsadga yo'nalitirilgan faoliyatida yorqinroq namoyon bo'ladi.
Nafosatli his-tuyg'ular kechinmalar bilan qorishiq holda namoyon bo'ladi, ya'ni, alohida ko'rinishdagi kechinmalar jarayoni sifatida sodir bo'ladi. Subyekt bilan obyektning qo'shilib ketishi, subyektning obyekt bag'rida «erib ketishi» kechinmali his-tuyg'uning o'ziga xos belgisidir. Nafosatli kechinma subyektning alohida faolligi, xususan, hayol, tasavvuf kila bilash kuchi bilan belgilanadi.
Nafosatli kechinmaning yakuni – nafosatli lazzatlanishdir. Nafosatlanish insonning umumiy, doim ijobiy bo'lgan sezgi holati, ya'ni uning narsalardan, voqyea va hodisalardan ta'sirlanishidir.
Nafosatli lazzatlanish o'z tabiatiga ko'ra ma'lum ma'noda ziddiyatli sodir bo'ladi. U his-tuyg'ularni ham, aqliy faoliyatini ham, insonning chuqur ijtimoiy qobiliyati in'ikosi bo'lgan beg'arazlikni ham qamrab oladi. Beg'arazlik nafosatli lazzatlanishda foyda haqidagi tasavvurlarni inkor etmagan holda namoyon bo'ladi. Binobarin, beg'arazlik foyda haqidagi maxsus tasavvurni–jamiyat, insoniyat, taraqqiyot foydasi haqidagi tasavvurni o'zida mujassamlashtiradi. Ayni mahalda beg'arazlik o'zining ziddi bo'lgan ochko'zlik, to'ymaslik, qizg'anchiqlik, xudbinlik, manfaatparastlik kabi his-tuyg'ularni qat'iy rad etadi
Nafosatli lazzatlanish aslida jamiyat manfaatlari uchun foydali bo'lib, u inson ijodiy kuchlarining erkin namoyon bo'lishi jarayoni bilan bog'liqdir. Nafosatli lazzatlanish inson faoliyatining moddiy ishlab chiqarish, muhandislik qurilmalari yaratish (konstruktorlik), ilmiy kashfiyotlar, murabbiylik, badiiy ijodkorlik kabi barcha sohalarda erkin ijod qilishini rag'batlantirib turadi.
Ayniqsa nafosatli his-tuyg'ularning nafosatli didni tarbiyalashdagi roli muhim.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin