Vazirligi buxoro davlat



Yüklə 78,17 Kb.
səhifə10/11
tarix31.12.2021
ölçüsü78,17 Kb.
#113063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mumtoz matn sharhi, badiiyati (Mashrab. Devon. – Toshken “G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at”, 1980, 43-46-g‘azallar misolida (1)

Mazmuni:

Ishqni yaratish uchun yana so’zlashuvga keldim,// Majnun kabi odamlarni g’avg’o shaydolikka mubtalo qilmoqchiman;

Hamisha uning suhbatini sog’inib, manziliga mast bo’lib,// Yuzini ko’rgani keldim: g’avg’o qilgani;

Ko’ngilni ishq uchun lang ochdim: ishq hosil qilganimdan so’ng,// Har on bulbul kabi fig’on qilishning payida bo’laman;

Bugun men uning shaydosiman, fitnasi va g’avg’osiga sherikman,// Uning yuzini ishq deya dardsizlarni rasvo qilaman;

Mayxonani ochib, menga yo’l berdilar,//Mening ishqim jomidan ichsa-o’zlaridan ketib shaydo bo’ldilar;

Qalbim o’tidan so’z ochsam olamga o’t tutashadi , //Agar so’zim suv bolsa: olam suv ostida qoladi.

Mashrab, sen dengiz bo’lib kelding, daryo mavji bo’lib kelding, // Daryo durlaridan etagingni oliy qimmatbaho durlar bilan to’ldiraman.

Mashrabning ushbu ‘’shaydo kunam’’ g’azli ham tojik tilida yozilgan

bo’lib, an’anaviy 7 baytdan iborat. g’azalda tashbeh, tanosub, talmeh, mubolag’a san’atlaridan foydalanilgan.

Biz yuqorida Mashrabning ba’zi g’azallarini tahlil qildik, Mashrab

g’azallarda ishq , Ollohga bo’lgan ishq kuylanadi. Shoir ishq yetish
yo’lida shohlikdan kechib, tarkidunyo qilgani, qolgan umrini darvesh
bo’lib, qalandarlikda o’tkazganini, bitta po’stinni butun umr kiyganini
aytadi. Faqat xayolida ishqqa yetishish bo’lganligi, bu yo’lda ko’p
mashaqqatlar chekkani, Ko’pchilik unga bu yo’ldan qaytishini aytganini , lekin uning qalbida kundan-kun bu ishqqa yetishish o’ti yuragida alanga olganini g’azallarida bayon qiladi.

XULOSA:
Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha

aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha ma’lum asarlarining o‘zi ham

Mashrabning favqulodda noyob iste’dod egasi ekanligidan dalolat

beradi. Mashrab ijodi she’riyatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va

jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning

chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy

san’atning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi.

Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va ma’naviy kamolotini

ulug‘lashga, ezgulik va go‘zallikni madh etishga bag‘ishlangan she’riy

merosida g‘azal, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba,

masnaviy, ruboiy, ta’rix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni

uchratamiz. Ammo Mashrab avvalo mohir g‘azalnavis hamda ko‘plab

sho‘x va jarangdor mustazodlar, o‘ynoqi va jozibador murabba hamda

xalq g‘amu hasratiga hamdardlik hissi bilan yo‘g‘rilgan muxammaslar

ijodkori sifatida keng dovrug‘ chiqargan. Mashrabning juda ko‘p

g‘azallari xalq qo‘shiklaridek sodda va jarangdor, jo‘shqin va ta’sirchandir.

Uning g’azallarida qandaydir o’ziga tortuvchi kuch, maftun

qiluvchi joziba bo’lib, har bir inson qalbida iliqlik namoyon qiladi.

Mashrab g’azallari o’lmas merosdir. Uning g’azallari hali-haligacha

kuylarga solinib qo’shiq qilib ham kuylanmoqda. Nafaqat o’zbek xalqi,

balkim, chet ellik san’atkorlar ham jahon sahnalarida barilla kuylamoqda.





Yüklə 78,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin