VII bob. GORIZONTAL QUDUQLARNI BURG’ILASH USULLARI Tayanch iboralar: gorizontal burg'ilash, turbobur, profil, radiuslar, telemetrik tizim, turbinali burg'ilash, turbinali quduq konstruksiyasi, ko’p to’pli.
7.1. Gorizontal quduqlarni burg'ilashda asosiy parametrlarni asoslash. Neft va gazni qiya yoki gorizontal quduqlar yordamida qazib olish ishlari 1940 yillarda boshlangan. 1979 yilga kelib bunday quduqlar juda ko'p burg'1langan. Bu vaqtgacha sanoatda tik quduqlar va gidro yorish usulida neft mahsulotlarini olish amalga oshirilgan.
Gorizontal quduqlar yoki o'qiga nisbatan burilishi kuchaytirilgan quduqlar yuqori darajada neft olish imkoniyatini beradi, ya'ni quduq stvoli mahsuldor qatlam yuzasi bilan tutashish yuzasining maksimal qiymatini ta'minlaydi. Bunday quduqlarni qazishda sarf harajatlar oshib ketadi va ularni tugallashdagi texnologiyalar juda murakkabdir. Burg'ilash texnologiyasini tez jadallashuvi quduqni burg'ilashda texnologik tadqiqotlarni o'tkazish imkoniyatining paydo bo'lishi, yuqoridagi murakkabliklarni ijobiy hal qilishga, gorizontal quduqlarni burg'ilashni ko'paytirishga olib keldi.
Hozirgi vaqtda gorizontal quduqlarni burg'ilash mohiyatida ko’pgina ishlatuvchilar gorizontal burg'ilash uchun mos keladigan (o'qdan og'dirib burg'ilash) variantlarni tanlash va undan keyin burg'ilash, tugallash va quduqni sinash, jadallashtirish usularidan foydalanish va neftni kollektorlardan qiya yoki gorizontal quduqlar yordamida qazib olish ba'zida quduqdan ekspotensial foydalana olishni o'stiradi degan fikrlarni aytishgan.
Shuning uchun butun dunyoda gorizontal quduqlarni burg’ilash texnologiyasining sanoat miqyosida sezilarli darajada o'sganligi, burg'ilashda bu usulning qo'llanilish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Hozirgi kunga qadar Respublikamizada gorizontal quduqlarni soni 30 tadan oshib ketgan. Gorizontal quduqlarning unumdor vertikal quduqlardan 3-5 martga ortiq bo'lishiga qaramay, ayrim mutaxassislar ichida har xil fikrlar va yondoshuvlar ham mavjud.
Quduqlarning tik o'qidan og'ishini 4 ga bolish mumkin: juda kichik, kichik, o'rtacha va katta radiusli egilishli quduqlarga.
Gorizontal quduqlarni juda kichik egrilanish radiusi tarmoqlangan quduqlarda 30-60 m bo'lib, burg'ilash jarayonida quduq stvolini kamida 60 m tik qismida 2-3 metrgacha kengaytirish talab qilinadi. Undan keyin 30-60 m balandlikda quduq 4 sm.li diametrda gidravlik yorish yordamida burg'ilanadi.
Quduqlarni kichik radiusli og'dirishda 6-12 m, quduq stvolining uzunligi 60-200 m.ni tashkil etadi. Tik quduqlarni burg'ilashda birinchi boshlang'ich deraza tirqishi tik mustahkamlash tizmasida 4,5-6 m.ni tashkil etadi va quduqning tik bolmagan stvoli derazaning tirqishi orqali o'tadi. Kichik radius orqali gorizontal uchastkaga chiqishda quduq og'dirgichlar va egilgan burg ilash konduktoridan foydalanib, silliq egri bo'yin orqali shakllantiriladi.
Quduqlarni o'rtacha egilishida burish radiusi 90-150 m, quduqning gorizontal uchastkasi esa 450 m ni tashkil etadi.
Bunday quduqlar odatda gidravlik turbinali quduq tubi dvigateli yordamida burg'ilanadi va gorizontallikka burishda egiluvchan burg'ilash tizmasidan foydalaniladi. Quduqning qiyaligi har 30 metrga 20° dan burib borilib, undan keyin gorizontal uchastkasi burg'ilanadi.
Gorizontal quduqning katta radiusli burilishi 180-600 m.ni tashkil etib, odatdagi burg'ilash asboblari yordamida amalga oshiriladi. Quduqni gorizontal uchastkasi burg'ilashda burg'i bilan egri uzatma va gidravlik turbinali tub dvigateli birgalikda qo’llaniladi, gorizontal qismining uzunligi 1200 m.dan ortiq bo'lishi mumkin.
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, uzunligi 300 metr bo’lgan gorizontal quduq mahsuldor qatlamning markazida joylashgan bo'lganda xuddi shu qatlamda joylashgan vertikal quduqqa nisbatan bir kunda 10 marta kop neft beradi. Gorizontal quduqlarni burg'ilash va tugallash ishlariga sarflangan qo'shimcha sarf xarajatlar tezda amaldagi ko'rsatgichlar bilan qoplanadi.
Uncha qalin bo'lmagan qatlamlar, tabiiy yoriqli va kam o’tkazuvchan qatlamlar, gaz do'ppili yoki qatlam tubi suvli, bir qancha qatlamchali va ko'pincha qurigan qatlamlar gorizontal quduqlar bilan yoki o'qidan og'diriladigan quduqlar yordamida ochiladi. Bunda boshqariladigan gidravlik yorish usullaridan foydalaniladi.
Gorizontal quduqlarda yoki o'qidan og'dirishga bog'liq bo'lgan quduqlarni burg'ilash eritmalari bilan qatlam katta uchastkasini kontaktda bo’lishi qatlamni kuchli shikastlanishga olib keladi.