Vii bob. Gorizontal quduqlarni burg’ilash usullari tayanch iboralar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə4/5
tarix02.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#126238
1   2   3   4   5
qobil aka 7 bob

7.4. Quduqlarning konstruksiyasi

Kichik radiusli egrilanishli profildan ko'p tarmoqli burg'ilash uchun foydalanib, ko pgina kichik radiusli egrilanishli quduqlar ochiq stvol bilan tugallanadi.


Ba'zida yoriqli ko'rinishli teshikli «xvostovik» tushiriladi.
Yutuqlari:

  • egri chiziqli uchastka uzunligining kamayishi;

  • qatlamga kirishda minimal gorizontal og'ish qatlamning tuzilishini aniq aniqlaydi;

  • siklikdan quduqni yaqinlashgan nuqtasiga kirib boradi;

  • bitta quduqni o'zidan bir nechta gorizontal stvollarni burg'ilash imkoniyati bo’ladi;

  • stvol bo'yicha quduq chuqurligini kamaytirish;

  • amaldagi quduqlarda mahsuldor qatlamni ochishning yengilligi.

Kamchiliklari:

  • maxsus burg'ilash jihozlaridan foydalanishning mumkinligi;

  • amalda bo'lmagan burg'ilash usullaridan foydalanish;

  • rotorli usulda burg'ilashda gorizontal uchastkaning uzunligini 90-120 metr uzunligida chegaralanganligi, tub dvigateli yordamida burg’ilanganda 450 metrga burg'ilashning mumkinligi;

  • quduq diametri bo'yicha chegaralangan (107-158 mm);

  • gorizontal uchastkada azimut burchakni boshqarishning qiyinligi;

  • karotajli tadqiqotni o'tkazish imkoniyatining yo'qligi;

  • tugallash sxemasining chegaralanganligi (odatda quduq mustahkamlanmaydi);

  • ko'p vaqt sarfi, quduq osti burg'ilash tizmasini ko'p almashtirish va mexanik burgilash tezligining pastligi;

  • Mustahkamlash tizmasini o'matish chuqurligi quduq konstruksiyasini aniqlaydi. Yo'naltirilgan quduqni loyihaviy profili mustahamlash tizmasining diametri va quduqning chuqurligi hamda mustahkamlash tizmasini o'rnatish chuqurligi bilan mos kelishi kerak. Ba'zi bir holatlarda loyvihalangan quduqning va mustahkamlash tizmasining diametri, mustahkamlash tizmasiga boshmoqni o'matish chuqurligi quduq profiliga qo'yilgan talablarni amalga oshirish uchun o'zgartirilishi mumkin.

  • zenit burchakni olishni boshlanishi mustahkamlash tizmasini boshmog'idan stvol bo'yicha 30 metr pastdan boshlanishi oldindan loyihada ko'rilgan bo’ladi.

  • quduqni zenit burchagi 3° yoki undan katta bo lishi kerak, chunki quduqni egrilantirish uchun burilish tekisligida og'dirgichning og’irlik kuchini ta'sir etishidan foydalanish mumkin bo’lsin.

Zenit burchakní olish uchastkasi shunday loyihalashtirilishi kerakki, burg'ilash quvuri tizmasini boshmog'i shunday tugallanishi kerakki, boshmoqdan pastda zumpf mavjudligi hisobga olinadi. Bu quduqni egrilanishi sodir bo'lganda quduq stvoli diametrini kattaligini kamaytiradi.
Buning natijasida:

  • burg'ilash tizmasini pastki jamlanmasidagi tub dvigatelini konstruksiyasi optimallashtiriladi.

  • burg'ilash tizmasining ostki jamlanmasini almashtirish uchun reyslar soni minimumgacha kamaytiriladi.

  • jihozlarni tushirish-ko'tarish jarayonida murakkabliklar kamayadi. Bu murakkabliklar osilgan mustahkamlash tizmasini boshmog’ida ya'ni quduqni egrilangan uchastkasida sodir bo'ladi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin