Vii bob. Gorizontal quduqlarni burg’ilash usullari tayanch iboralar


Gorizontal quduqlarni ko'p to'pli burg'ilash



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/5
tarix02.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#126238
1   2   3   4   5
qobil aka 7 bob

7.5. Gorizontal quduqlarni ko'p to'pli burg'ilash

Bunday burg'ilash usulini mohiyati shundaki, bitta quduqni asosiy stvolidan foydalanib, bir nechta stvolar burg'ilanadi.


Birinchi ko'p stvolli quduq 1935 yilda Boshqirdiston konining Kortashov rifida burg'ilangan. Birinchi gorizontal quduqda gorizontal uchastkaning uzunligi 130 metrga teng bo'lib, 30 metr qalinlikdagi mahsuldor qatlamdan o'tgan (Yablonskiy konida 1957 yilda). Quduq kuchli drenajlashgan qatlamda burg'ilangan, kunlik debiti 40 tonna va tik quduqni debitiga nisbatan ko'p marta yuqoridir.
Shoxsimon va gorizontal burg'1lash uchun maxsus kalta turbobur T12M2K ishlangan bo'lib, birinchi yo'nilgan tovon qo'llanilgan, xatosiz belgilangan qo'shimcha stvollarga tushish texnologiyasi ishlab chiqilgan, gorizontal stvollarga geofizik asboblarni kirgizib boorish tizimi ishlangan, yangi gorizontal stvollarga xatosiz kirib borish uchun bir nechta yangi modifikatsiyalardan foydalanilgan.
Quduq tubi dvigateli sifatida elektroburdan foydalanilganda 120 metr radiusda egrilanish jadalligini olib borish mumkinligi va undan kichik bo' lganda ham gorizontal burg'ilashda stvolning fazoviy parametrlarini doimiy nazorat qilish mumkin.
Quduqlarni ko'p qismi gidravlik tub dvigatellari yordamida burg'ilangan.
Bu sohada asosiy ishlarni yo'nalishi gorizontal quduq stvollarini burg'ilashni hisobiy traektoriyasidan minimal og'ishda olib boradigan texnik vositalarni va texnologiyalarni ishlatishni yaratishga qaratilgandir. VNIIBT (Rossiya) tomonidan «Gorizont-1» texnik vositalarni jamlanmasi yaratilgan bo'lib, tarkibiga hajmiy turdagi kalta uzunlikdagi qudug tubi dvigateli (diametri 172 mm) asosiga og'dirgich qo'shilgan hamda katta burchakdagi qiya stvollarda geofizik asboblarni kerakli joyga yetkazib borish uchun maxsus vositalar o’rnatilgan. OSH-172 universal og'dirgichlar yaratilgan va quduq Stvolini egrilantirish, gorizontal stvolni burg'ilashda hamda og'dirgich detallarni almashtirish ishlari mexaniq sexlarda yoki burg'ilash jarayonida ham amalga oshiriladi. Quduqni egrilanish radiusi 275,9 mm-li burg'ida olib borilib, radius kattaligi 40 m va undan ham katta bo’lishi mumkin.
Gorizontal yo'nalishga chiqish va gorizontal stvolni 150-200 metr uzunlikda qazish va tiklik otmetkasidan 4 metr chegarasigacha og'ish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Quduq stvoli OSH-172 og’dirgich bilan ishlanganda stvolní egrilanish jadalligini haqiqiy va hisobiy natijalarini bir-biriga mosligini ta'minlab berish, kabelli aloqa asboblari yordamida og'dirgichlarni joylashish holatini to'xtovsiz nazorat qilish, gorizontal quduqlarni burg'ilashda mo'ljallab tushiriladigan maxsus sharnirli jamlanmalardan foydalaniladi hamda davriy inklinometrik o'lchashlar amalga oshiriladi. Quduq stvollarini mustahkamlash ishlari 140-146 mmli ishlatish quvurlari yordamida amalga oshiriladi va mahsuldor qatlam ham shu diametrdagi filtr bilan jihozlanadi. PDM-140 (PDM-146) turidagi pakerlar qo'llaniladi va 245 mmli ishlatish tizmasi oralig'ining boshmoqdan yuqori qismi sementlanadi. Gorizontal quduqda geofizik tadqiqotlar ratsional usullarni qo’llab olib boriladi.
Xorijiy davlatlar amaliyotida bu usul - boshqarishni bosh tuguni bo’lib, ma' lumotlarni to'plash va quduqning stvolini korrektirovka qilish va bundan tashqari maxsus quvurlar hamda boshqa asboblar jamlanmasi bir nechta variantlarda ishlangan, qatlam qalinligi bir necha metr bolganda ham quduqni qazishni ta'minlaydi. Burg'ilashda o'lchash ishlari avtomatik rejim jarayonida amalga oshiriladi.

Xulosa

Gorizontal quduqlarni burg'ilash texnologiyasini jadallashtirish, har xil variantlarni tanlash, kichik, o'rta va katta radiusli egrilanishli burg'ilash ishlarini olib borish tartibi, zenit burchakni olish, elektroburli telemetrik tizimning qo'llanishi, turbinali telemetrik tizim orqali olchash ishlarini olib borish, gorizontal quduq konstruksiyasini tanlash va murakkabliklarni yechimini topish, gorizontal quduqlarni to’pli burg'ilash texnologiyasi va qollanilish shartlari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin