Vijiner jadvali usuli



Yüklə 80,34 Kb.
səhifə2/2
tarix21.10.2022
ölçüsü80,34 Kb.
#118484
1   2
1-topshiriq (6)

Rasshifrovka


qilingan matn PAXT A_G‘A RAMI
Dastlabki matn PAXTA_G‘ARAMI
Polialfavitli almashtirish usullarining kriptoturg‘unligi oddiy almashtirish usullariga qaraganda aytarlicha yuqori, chunki ularda dastlabki ketma-ketlikning bir xil simvollari turli simvollar bilan almashtirilishi mumkin. Ammo shifrning statistik usullarga bardoshliligi kalit uzunligiga bog‘liq.

Gamilton marshrutlariga asoslangan usul
Gamilton marshrutlariga asoslangan usulda ham o‘rin almashtirishlardan foydalaniladi. Ushbu usul quyidagi qadamlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
1-qadam. Dastlabki axborot bloklarga ajratiladi. Agar shifrlanuvchi axborot uzunligi blok uzunligiga karrali bo‘lmasa, oxirgi blokdagi bo‘sh o‘rinlarga maxsus xizmatchi simvollar-to‘ldiruvchilar joylashtiriladi(masalan, *).
2-qadam. Blok simvollari yordamida jadval to‘ldiriladi va bu jadvalda simvolning tartib raqami uchun ma’lum joy ajratiladi. (3.1 - rasm)
3-qadam. Jadvaldagi simvollarni o‘qish marshrutlarning biri bo‘yicha amalga oshiriladi. Marshrutlar sonining oshishi shifr kriptoturg‘unligini oshiradi. Marshrutlar ketma-ket tanlanadi yoki ularning navbatlanishi kalit yordamida beriladi.
4-qadam. Simvollarning shifrlangan ketma-ketligi belgilangan L uzunlikdagi bloklarga ajratiladi. L kattalik 1-qadamda dastlabki axborot bo‘linadigan bloklar uzunligidan farqlanishi mumkin. Rasshifrovka qilish teskari tartibda amalga oshiriladi. Kalitga mos holda marshrut tanlanadi va bu marshrutga binoan jadval to‘ldiriladi.
3.1-rasm. 8-elementli jadval va
Gamilton marshrutlari variantlari.
Jadvaldan simvollar element nomerlari kelishi tartibida o‘qiladi.
Misol. Dastlabki matn T0 «O‘rin almashtirish usuli»ni shifrlash talab etilsin. Kalit va shifrlangan bloklar uzunligi mos holda quyidagilarga teng: K=<2,1,1>, L=4. Shifrlash uchun 3.1-rasmda keltirilgan jadval va ikkita marshrutdan foydalaniladi. Berilgan shartlar uchun matritsalari to‘ldirilgan marshrutlar 3.2-rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega.

3.2 - rasm. Gamilton marshruti yordamida shifrlash misoli.


1-qadam. Dastlabki matn uchta blokka ajratiladi. B1=, B2=, B3=;
2-qadam. 2,1,1 marshrutli uchta matritsa to‘ldiriladi;
3-qadam. Marshrutlarga binoan simvollarni joy-joyiga qo‘yish orqali shifrmatnni hosil qilish.
T1=
4-qadam. Shifrmatnni bloklarga ajratish.
T1=
Yüklə 80,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin