Viloyat onkologiyk dispanserida uchrashuv o‘tkazildi
2021 yil 30 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti dekani B.E.Tuxtarov rahbarligida dekan o'rinbosarlari P.N.Fayziboyev, N.A.Muratova, tyutorlar, Yoshlar ittifoqi a'zolari hamda 2 bosqich talabalari Samarqand viloyat Onkologiyk dispanser bolalar bo'limida uchrashuv o‘tkazdilar.
Tashrif davomida turli suhbatlar uyushtirib bemor bolalarga sovg‘alar va shirinliklar taqdim qilindi. Shuningdek, mehmonlarga bo‘limda yaratilgan shart-sharoitlar, xonalarning jihozlanishi, davolash va sog‘lomlashtirish tadbirlari, ovqat rejimi haqida ma’lumotlar berildi
Uchrashuv yakunida bolajonlarga esdalik sovg'alar hamda kitoblar ulashildi. Mehmonlar ushbu joyga yana qaytib bemor bolalar hayotiga quvonch, mehr-oqibat, bayramona kayfiyat olib kelish hissi bilan dispanserni tark etdilar.
SamDTI matbuot xizmati
Dostları ilə paylaş: |