Nazorat ishi-2
TEST
Sana_______________
1. Gulli o‘simliklarning qismlari vegetativ (1) generativ (2) organlarga bo‘linadi, ularni misollar bilan
juftlangan javobini toping.
a–ildiz, poya va barg. b–meva, poya va barg. c–gul, meva va urug‘. d-gul va ildiz.
A) 1a, 2b B) 1a, 2c C) 1b, 2a D) 1c, 2d
2. Ildizning har bir tukchasi – hujayrasi qanday tuzilishga ega.
1-yupqa qobiqli, 2-sitoplazmasi bor, 3-mag‘izga ega, 4-plastidasi bor;
A) 1,4 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,3
3. Bu o‘g‘it tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi, o‘simliklar uchun
zarur bo‘lgan moddalar hosil qiladi.
A) Mineral o‘g‘itlar B) organik o‘g‘it
C) mikro o‘g‘it D) azotli va fosforli o‘g‘it
4. Daraxt, buta va yarim butalarning o‘izda kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxiga nima
deyiladi?
A) Novda B) Tana C) Poyacha D) Somon
5. Kurtagi yirik bo‘lgan o‘simliklarni aniqlang.
A) Terak, magnoliya B) soxta kashtan C) chinor, nastarin D) barchasi
6. Kurtagi nisbatan mayda bo‘ladigan o‘simliklarni aniqlang.
A) Tut, tol, olma B) qayrag‘och, o‘rik C) chinor, nastarin D) A va B to‘g‘ri
7. Nisbatan sekin o‘sadigan daraxtlarga misollarni toping.
A) tol, terak, B) yong‘oq, gilos,
C) nok, chinir; D) qatrong‘i, pista.
8. Qaysi to‘qima daraxt shox-shabbalariga mustaxkamlik beradi?
A) Asosiy to‘qima B) Hosil qiluvchi to‘qima
C) mexanik to‘qima D) qoplovchi to‘qima
7
9. Qaysi to‘qima orqali fotosintez jarayoni amalga oshadi?
A) Mexanik to‘qima B) o‘tkazuvchi to‘qima
C) ajratuvchi to‘qima D) asosiy to‘qima
10. Ikki yillik o‘tlar uchun xos xususiyatlarni belgilang:
1-bir necha yil yashaydi, 2-ikki yil yashaydi, 3-bir yil yashaydi, 4-birinchi yil vegetativ massa hosil
qiladi, 5-birinchi yil gullab hosil beradi va quriydi, 6-har yili gullab hosil beradi, 7-ikkinchi yil gullab
hosil beradi va quriydi.
A) 1,5,6 B) 2,4,7 C) 1,6 D) 3,5
Test javobi uchun jadval
Savol
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Javob
To‘g‘ri javob: ________ Ball: ________ O‘qituvchining imzosi: ______
Dostları ilə paylaş: |