Volume: 02 Issue: 03



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix24.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#123613
  1   2   3   4   5
document



 
Volume: 02 Issue: 03 | 2022 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
Analytical Journal of 
Education and Development
O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH 
YO‘NALISHLARI 
 
Rejapov Saydulla Xikmatullayevich 
O‘zMU, iqtisodiyot fakulteti erkin izlanuvchisi 
 
Sotvoldiyev Alisher Dilshod o‘g‘li 
O‘zMU, iqtisodiyot fakulteti 
1-kurs magistranti, 
Annotatsiya: Maqolada mamlakat iqtisodiy o‘sishini taʼminlashda iqtisodiy xavfsizligi o‘rni, 
ahamiyati yoritilgan. Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini taʼminlash uchun ustuvor 
vazifalar yo‘nalishlari yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy o‘sish, yalpi ichki maxsulot, milliy iqtisodiyot. 
Mamlakatimizning xalqaro munosabatlaridagi ochiq va amaliy hamda faol tashqi siyosatni olib 
borayotganligi natijasida ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obro‘si yildan-yilga 
tobora ortib bormoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti aynan iqtisodiy xavfsizlikni 
taʼminlash va barqaror iqtisodiy o‘sishni amalga oshirish borasida quyidagi fikrlarini keltirib 
o‘tmoqchimiz: “Yangi O‘zbekiston strategiyasi, avvalo, barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga 
qaratilganligini taʼkidlab” o‘tgan[1, B.128]. 
Jahonda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash asosida milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish, o‘zaro 
manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, infratuzilmani 
takomillashtirish va yangilash, aholining iqtisodiy faolligini oshirish, barqaror ijtimoiy muhitni 
yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bir qator xorijiy davlatlar xukumatlari milliy iqtisodiyotni 
tartibga solish bo‘yicha faol choralarni ko‘rmoqdalar. Yalpi ichki maxsulot, ishsizlik, oltin-valyuta 
zaxiralari darajasini pasaytirish, axoli daromadlarining tabaqalanishini oshirish va iqtisodiy 
xavfsizlikni boshqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. YaIM bo‘yicha eng iqtisodiy mustaqil davlatlar AQSh 
hisoblanadi – 18124,7 trln.dol., Xitoy – 11211,9 trln.dol., Yaponiya – 4210,4 trln.dol., Germaniya – 
3413,5trln. dol., Fransiya – 2464,8 mlrd.dol., Hindiston – 2288,7 mlrd.dol[2]. Shu nuqtai nazardan 
ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashni nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. 
Iqtisodiy xavfsizlikni va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash, ularni baholash va boshqarish 
masalalari mamlakatimiz olimlari: A.Burxanov[3, B. 164], X.Abulqosimov[4, B. 111], Pardayev 
M.K.[5, B. 47], Ortiqova D.[6, B. 150], D.I.Istamov[7, B. 176], A.E.Ishmuxammedov[8,] va 
boshqalarning ishlarida ham o‘z aksini topgan. Iqtisodchi olim B.I.Isroilov fikricha “Iqtisodiy 
xavfsizlik - milliy iqtisodiyotning mustaqil rivojlanish hamda barqarorligi, maromiyligi, doimiy 
yangilanish imkoniyatini beradigan omillar hamda shart-shartlarni taʼminlanishidir” [10, B. 227].



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin