Mavzu:
PHP da satrlar, massivlar va fayllar bilan ishlash.
Reja
1. PHP daformalar bilan ishlash.
2.Bootstrap freym vorkni ulash, bazaviy shablonlarni sozlash.
PHP dasturlash tilida
massiv tipi tartiblangan kartalarga o‘xshaydi va qiymatini
kalitga o‘zlashtiradigan tipdir. Bu tip bir necha yo‘nalishlarda optimallashtiriladi,
shuning uchun siz uni xususiy
massiv, ro‘yxat (vektor), xesh- jadvali (kartani
amalga oshirish uchun ishlatiladi), stek, navbat va
boshqalar sifatida
foydalanishingiz mumkin. Modomiki,
PHP dasturlash tilida bir massivni qiymatini
boshqasiga o‘zlashtirish uchun daraxtlardan foydalanasiz.
Massivlarni
array() konstruksiyasi yordamida aniqlanadi yoki elementlariga
qiymat berish bilan aniqlanadi.
array() konstruksiyasi yordamida aniqlash.
array ([key] => value,
[key1] => value1, ... )
PHP dasturlash tilining
array() konstruksiyasi vergul bilan ajratilgan juft
parametrlar
kalit =>
qiymat bilan ajratilgan. => belgi mos ravishda
qiymat va
uning kaliti o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Kalit butun son bo‘lishi mumkin, uning
qiymati esa
PHP dasturlash tilidagi ixtiyoriy tipni qabul qilishi mumkin. Kalit
raqamini biz ko‘pincha indeks deb ataymiz.
PHP dasturlash tilida indekslash
noldan boshlanadi.
Massiv elementining qiymatini olish uchun massiv nomi va
kvadrat qavs ichida
uning kaliti ko‘rsatilishi kerak. Agar massiv kaliti standart butun son bo‘lsa, u
holda uning qiymatini butun son deb qarasa bo‘ladi, aks holda u satr deb qaraladi.
SHuning uchun $a["1"] yozuv $a[1] yozuvga teng kuchli, $a["-1"] yozuv esa $a[-
1] yozuvga teng kuchli.
Misol. PHP dasturlash tilida massivlar.
$books = array ("php" =>
"PHP users guide",
12 => true);
echo $books["php"];
//ekranga chiqaradi: "PHP users guide"
echo $books[12]; //ekranga chiqaradi: 1
?>
Agarda element uchun kalit berilmagan bo‘lsa, u holda kalit sifatida kalitning
maksimal qiymatiga bir qo‘shib hisoblanadi. Agarda
qiymati mavjud kalit
ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda shu kalit qiymatini ekranga chiqaradi. PHP 4.3.0
dasturlash tili
versiyasidan boshlab kalitning maksimal qiymati manfiy son deb qaralsa, u holda
massivning keyingi kaliti nol (0) bo‘ladi.
Misol. PHP dasturlash tilida massivlar.
// $arr hamda $arr1 massivlar ekvivalentdir.
$arr = array(5 => 43, 32, 56, "b" => 12);
$arr1 = array(5 => 43, 6 => 32,
7 => 56, "b" => 12);
?>
Agarda TRUE yoki FALSE kalit sifatida qo‘llanilsa, u holda uning qiymati mos
ravishda
integer tipining bir va noliga i‘zlashtiriladi. Agar
NULL dan foydalanilsa,
u holda kalit o‘rniga bo‘sh satr hosil bo‘ladi. Bu bo‘sh satrni kalit sifatida
foydalansa bo‘ladi, ammo uni qo‘shtirnoqqa olish kerak bo‘ladi. Bu usul bo‘sh
kvadrat qavsni ishlatish kabi emas. Massivlar yoki ob’ektlar kaliti sifatida
foydalanish mumkin ham emas.