O’yinlar turlarga ko’ra qanday maqsadlarda qo’llanadi?
#Tarbiyaviy, didaktik, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv.
“Muloqot” texnikasi –...
#O’quvchilarning dars jarayonida mustaqil fikrlashiga, o’z fikrlarini erkin bayon etishiga hamda ularda baxslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan
“Intervyu” texnikasi –...
#O’quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to’g’ri javob berish, savolni to’g’ri tuzishni o’rgatishga qaratilgan
“Bumerang” texnikasi –...
#O’quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materiallarni yoddan saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrni erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchi talabalarni baholay olishga qaratilgan
“Blits o’yin” metodi - bu...
#Harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan
Informatika o’qitish metodikasi qanday fan?
#Informatikani o’quv predmeti sifatida hamda turli yoshdagi o’quvchilarga informatikani o’rgatish jarayonining qonuniyatlarini o’rganadigan fan.
Informatika o’qitish metodikasining asosiy ob’ekti bu...
#Informatikani o’qitish
Informatika to’garagining asosiy vazifasi -
#Programmaning ayrim bo`limlarini chuqur o’rganish o’quvchilarning informatikaga tegishli bilimlarini kengaytirish va rivojlantirish
Informatika xonasi – bu...
#Umumo’rta maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o’quv-tarbiyaviy qismi bo’lib, o’quv hisoblash texnikasi komplekti bilan, o’quv ko’rsatish qo’llanmalari, o’quv namoyish, mebellar va informatika kursi bo’yicha nazariy hamda amaliy darslarni o’tkazishga mo’ljallangan xonadir.
Informatika xonasiga kompyuterlarni joylashtirish usullari
#Perimetrial, qatorlar, markaziy.
Informatikadan nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko’nikmalarni egallash uchun o’tkaziladigan o’quv’ jarayonining qismi:
#Laboratoriya ishi
Dostları ilə paylaş: |