WINDOWS operatsion sistemasining grafik interfeysi.
WINDOWS ishchi stoli tafsilotlari. Ish stolida foydalanishningasosiy usullari.
WINDOWS operatsion sistemasining “Bosh” menyusidan foydalanish.
“Dasturlar”, “Xujjatlar”, “Sozlash menyusi”.
Masalalar panelining “Bosh” menyusi. “Masalalar paneli”ni vazifalari va ularni sozlash.
1. Operatsion sistema tushunchasi Operatsion sistema-kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga EXM bilan muloqot kilish vositasi bo‘lib xizmat kiladi, uning barcha kurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardagi axborotlarni o‘qish yoki axborotlarni disklarga yirish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga extiyoj borligining asosiy sababi- undagi dasturlarsiz bu kabi ishlarni bajarish uchun quyi boskichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to‘gri keladi.
Operatsion sistemaning asosiy vazifasi-foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi xam kerak bo‘lmagan ana shu zerikarli xamda juda murakkab ishlardan xolis etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashqari, operatsion sistema fayllarni ko‘chirish yoki bosmaga chiqarish, kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga uzatish, operativ xotirani dastur ishi so‘ngida bo‘shatib, boshqaruvni yana o‘ziga olish kabi ishlarni xam bajaradi.
Foydalanuvchi interfeyslari tushunchasi.
MS DOSning buyruqlarini EXMga kiritish ko‘p mehnat, vaqt va kuch talab qilishi sababli MS DOS buyruqlaridan oson va samarali DOS qatlamlari yaratilgan bo‘lib, ularga misol tariqasida Norton commander, Microsoft Windows, PS Tools Deluxe,Far va boshqalarni keltirish mumkin.
Grafik interfeyslari tushunchasi.
Kompyuterning texnik va dasturli ta’minotining rivojlanganligi xujjatlarni taxrir kilish sistemasida turli xil rasm, surat va chizmalarni qayta ishlash imkoniyatini yaratdi.Grafik interfeys-turli ko‘rinishdagi grafik obyektlar (papkalar, turli ko‘rinishdagi fayllar) va bu obyektlar bilan ishlash uslublari majmui.Grafik interyfeyslarning afzalliklari shundan iboratki, bunda xar bir obyekt tegishli belgiga ega, uning ko‘rgazmaliligi va muomala uchun soddaligidadir.