Windows operatsion sistemasi


WINDOWS operatsion sistemasining grafik interfeysi



Yüklə 47,97 Kb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü47,97 Kb.
#139814
1   2   3   4   5
Windows nima va u haqida ma\'lumot

2. WINDOWS operatsion sistemasining grafik interfeysi.
Obyektning belgilanishi-obyekt nomi va nishoni. WINDOWS ekrani elementlari; ishchi stoli, masalalar paneli,“Ishga tushirish” paneli.

  • Ishchi stoli-bu ekranning asosiy qismi, unda fayl va papkalar kabi muxim obyektlar joylashgan.

  • “Mening kompyuterim”, “Tarmoqlar aro boglanish”, “Savatcha”, “Internet”, “Portfel” ish stolidagi asosiy obyektlar bilan tanishib chiqamiz. Masalan: “Mening kompyuterim”-tashqi xotira qurilmasi bilan ishlash (disk va diskyurituvchilar bilan) xamda kompyuter parametrlarini sozlash imkonini beradi.

  • “Tarmoqlar aro bog‘lanish”-bu lokal xisoblash tarmog‘iga ulangan kompyuterlar bilan ishlash, shu bilan birga o‘zaro axborot uzatishga ko‘maklashadi.

  • “Savatcha”- o‘chirilgan obyektlarni saqlash uchun maxsus papka.

  • “Internet” (Internet Explorer)-Internet global axborot tarmoqlari ishi uchun dasturlar.

  • “Ishga tushirish” tugmasi kompyuterdagi mavjud dasturlarni ishga tushirishga xizmat qiladi.

3. WINDOWS ishchi stoli tafsilotlari. Ish stolida foydalanishning asosiy usullari.
Kontekst menyu-belgilangan obyekt ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan xarakatlar ro‘yxati.Xar qanday obyektning kontekst menyusini chaqirish uchun klaviatura maxsus tugmachasi yoki “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini bosish kifoya.Ishchi stolini kontekst menyusini chaqirish “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini stol tekisligida xarakatlantirmok bilan amalga oshiriladi.

Ishchi stoli kontekst menyusi buyruqlari tafsiloti:

  • -tartiblash (ishchi stolida nom, tur, o‘lchov, sana, avtomatik tartiblashni o‘rnatish bilan saralash);

  • -belgini o‘rnatish (tasodifan surilib qolgan belgilarni o‘zaro teng oraliqqa qo‘yish);

  • -hosil qilish (ishchi stolida fayl va papkalar hosil qilish);

  • -xususiyat (ishchi stoli parametrlarini sozlash).

Obyektning kontekst menyusini chaqirish- “sichqoncha”ning o‘ng tugmasini belgi bo‘yicha qimirlatish bilan amalga oshadi.Obyektning kontekst menyusini asosiy buyruqlarini tafsiloti:

  • -ochish (obyektni ochish);

  • -nusxalash (obyektni nusxalash yoki ko‘chirish uchun kompyuter xotirasining maxsus bo‘lagi);

  • -qirqish (obyektni navbatdagi qo‘chirish uchun buferda saµlash);

  • -qayta nomlash (obyekt nomini o‘zgartirish);

  • -chetlatish (“Savatcha”ga obyektni tushirish);

  • -xususiyat (obyekt xususiyati parametrlarini ko‘rish va o‘zgartirish).


Yüklə 47,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin