BOZORDAGI ULUShI NetMarketshare ma'lumotlariga qaraganda, Windows’ning barcha talqinlari dunyodagi shaxsiy kompyuterlardagi OT umumiy bozorining 90,42 foizini egallaydi. Serverlar bozoridagi ulushi – 30 foizga yaqin (NetCraft ingliz kompyuter kompaniyasi ma'lumotlari).
LINUX OPERATSION TIZIMI Bu opеratsion tizim 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi.
Linus Benedikt Torvalds (Linus Benedict Torvalds – 1969 y. tug’ilgan) Finlyandiya poytaxti Xelsinki universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo’lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. «Tasodifiy inqilobchining hikoyasi» xotiranomasida Linus: «Kirish qismini o’qiganimdayoq, Yuniks mohiyatiga tushunib, uni qudratli, mustahkam va go’zal operatsion tizim ekanligiga iqror bo’lganman, hamda o’sha zahotiyoq Yuniks ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan,» – deb yozadi.
1991 yili Linusbo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan Intel 80386 protsessori asosida yangi kompyuter sotib oladi. Kompyuterga Miniks operatsion tizimini o’rnatib, miriqib bir oy o’rganadi, lekin foydalanish jarayonida unda tizimning ishlashiga juda ko’p shikoyatlar paydo bo’ladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab ma’lumot kirituvchi terminal qismidir. Bu qism yordamida Linus uyidan universitet kompyuteriga ulanib, yangiliklar o’qimoqchi bo’lgan. Bu muammoni yechish uchun yosh xaker o’zining terminali, shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U Miniks tizimiga tayanmagan holda, kompyuterning apparat qismlariga muvofiq yangi, mustaqil dastur yaratadi. Modomiki, yana, fayllarni universitetdan uyga tortib olmoqchi bolganligi sababli, yo’l-yo’lakay yangi fayl tizimini yaratadi.
1996 yil Internetda bir necha Linuks foydalanuvchilari yangi operatsion tizimning emblemasini (tamg’asini) tanlashni taklif qilishadi. Maslahatlashish jarayonida Torvalds pingvinlarni yoqtirishini bildirganida bahslashuv to’xtatalib, faqat pingvin hayvonining tasvirlari tanlovda qoldiriladi. Linus xohishi bo’yicha emblemada pingvincha qorni to’q va baxtli ko’rinishda bo’lishi kerak. Texas shtati universitetining ilmiy xodimi Larri Ivingning (Larry Ewing) grafikasi tanlov g’olibi deb topilgan.
Linuks opеratsion tizimning rasman emblеmasi bo‘lib “Tuks” (Tux) nomli pingvincha qabul qilingan.
Linux operatsiyon tizimi asta-sekinlik bilan O’zbek foydalanuvchilarini ham topmoqda. Linux operatsion tizimini birinchi bo’lib o’zbek tiliga tarjima qilishda Samarqand Davlat Universiteti sobiq talabasi Mashrab Quvvatovning hissasi katta. Uning internetdagi sayti: http://www-user.uni-bremen.de/~kmashrab/freax.homelinux.net.
Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.
Linuxning asosiy sayti: http://www.linux.org. Ushbu saytda opеratsion tizim haqida asosiy ma’lumotlar hamda yangiliklar bilan tanishish mumkin.