³√x (kubik yoki uchinchi darajali ildiz)


BA`ZI BIR MUNOSABATLAR HAQIDAGI SIMVOLLAR



Yüklə 45,09 Kb.
səhifə4/14
tarix01.05.2023
ölçüsü45,09 Kb.
#126190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
simvollar tarixi

2.2. BA`ZI BIR MUNOSABATLAR HAQIDAGI SIMVOLLAR.
( [ { } ] ) (qavslar).
Aylana qavslar Tartalda (1556) (ildiz osti ifoda uchun) va keyinchalik Jirarda paydo bo`lgan. Bombelli esa qavsning boshlanishi sifatida “L” harfini, qavsning oxirini esa buning teskarisi “┐”ko`rinishida belgilagan. Bu yozuv kvadrat qavslar yaratilishiga olib keldi. Lekin ko`pgina matematiklar o`sha vaqtda qavslarning o`rniga ifodani baland siyohda yozishni ma`qul ko`rishgan. Qavslarning umumiy ishlatilishi Leybnits va Eyler tomonidan kiritilgan.
Qavslarni ifodalovchi belgilar 15-asrda paydo bo`ldi. Shyuke 1484-yilgi ishida qavslarga olinadigan ifoda gorizantal chiziq bilan takidlanadi. Qavslar o`rniga yuqoridan chiziq bilan belgilash Dekart, Nyuton, Lopital ishlarida ko`p uchraydi. Aylana qavslar yana Jirar 1629-yildagi ishlarida uchraydi. Viet 1593-yilgi asarida figurali qavslar paydo bo`ldi. 18-asrning birinchi yarmiga kelib qavslar keng qo`llanila boshlandi. Shreder (1873) qavslarning arifmetikadagi o`rniga oid asar ham yozdi.
(ko`paytma belgisi).
Dastlab “ﬦ” belgi ishlatilib, to`g`ri to`rtburchakning yuzi uning ikki o`lchov ko`paytmasi sifatida topilishi belgisi sifatida olingan. Keyinroq ko`paytmani “M” (Multiplication so`zi bosh harfidan) shaklda belgilangan, bunday belgilashni Shtifel (1545), Stevin(1585) ishlatganlar.
Ko`paytma belgisini 1812-yilda Gauss fanga kiritgan.
x│(sonning moduli). Kompleks soning moduli va ifodaning absolyut kattaligini 1841-yilda Veyershtras aniqlagan 1903-yilda Lorens bu simvolni vektor uzunligini o`lchash uchun ishlatgan.
(teng emas). “Teng emas” belgisini birinchi marta Eyler ishlatgan.
(taqribiy tenglik). “Taqribiy tenglik ” belgisini 1882-yilda Adam Vilgelm Gyunter nemis matematigi va fizigi fanga kiritgan.
[x] (butun qismi).
Sonning butun qism funksiyaning simvolining hozirgi ko`rinishini 1808- yilda Gauss fanga kiritgan. Ba`zi bir matematiklar bu simvolni o`rniga 1798-yilda Lejandr taklif qilgan E(x) ifodasini ishlatishni ma`qul ko`rishgan.

Yüklə 45,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin