= (tenglik belgisi). Tenglik belgisini 1557- yilda ingliz matematigi va tabibi Robert Rekord (1510-1558), ingliz tilidagi birinchi arifmetika va algebra bo`yicha o`quv qo`llanmalari muallifi (=) belgisini ishlatdi. Lekin bu belgining avvalgi ko`rinishi salgina uzunroq bo`lgan. Robert Rekord, bu dunyoda ikkita bir xil uzunlikdagi parallel kesmalardan boshqa tekis hech nima yo`q. Ozgina vaqt Rekordga bu belgini yozish goh vaziyatlar, goh qadimgi davrda bu belgi parallel to`g`ri chiziqlarni ifodalagani sababli xalaqit qildi.Lekin oxir oqibat parallellik simvolini vertikal ko`rinishida yozishga kelishib olishdi. Tenglik belgisini faqat 18-asrda Yevropada Leybnits va uning izdoshlari tomonidan boshlab qo`llanila boshlandi va shundan so`ng fanga kiritgan.
≡ (qat`iy teng).“Qat`iy teng” belgisining muallifi-Bernxard Riman (1857) dir. Xuddi shu simvol Gaussning taklifiga asosan sonlar nazariyasida modullar bo`yich taqqoslash va mantiqda ekvivalentlik belgisi sifatida ishlatiladi.
˂ ˃ (taqqoslash belgilari). Ingliz astranomi, matematigi, etnografi va tarjimoni Tomos Garriot (1560-1621) birinchi bo`lib, “˃”,”˂” belgilarini kiritgan. Bu belgilar birinchi marta uning 1631-yilda bosilib chiqqan “Analitik san`at tajribasi” nomli kitobida uchraydi. Uning fikricha, agar ikkita narsa teng bo`lmasa, tenglik belgisidagi kesmalar parallel emas, ular kesishadi: kesishish o`ngdan (˃) yoki chapdan (˂) bo`lishi mumkin. Birinchi holda tengsizlik “Katta”, ikkinchisida esa “Kichik”ni belgilaydi. Undan oldin esa bu belgilarni o`rniga katta, kichik so`zlari ishlatilgan.
≤ ≥ (qat`iy bo`lmagan tengsizlik belgisi).Qat`iy bo`lmagan tengsizlik belgilarini 1734-yilda fransuz matematigi Per Buge (1698-1758) tomonidan ˃=, ˂= shakllarda kiritilgan. Taqqoslash belgisini 1670- yilda Vallis taklif qilgan. Boshida taqqoslash belgisining ostidagi chiziq taqqoslashning ustida bo`lgan.
٪ (foiz belgisi).Foiz simvolini 17-asrning o`rtalarida bir nechta joyda paydo bo`lganligi sabab uning kelib chiqishi bizga ma`lum emas.
∞ (Cheksizlik belgisi). Cheksiz simvolini Vallis o`ylab topgan va bu 1655-yilda keng ommaga taqdim etilgan. Birinchi marotaba ingliz matematigi Djon Vallisning “Konus kesimlari” asarida uchraydi.
ﬤ (saqlovchi belgisi).Matematik mantiqning simvollari 19-asrning oxirlarida yaxshi ishlab chiqilgan edi. ”saqlovchi” va “o`zida saqlaydi” simvollarini 1890-yilda nemis mantiqshunosi Ernst Shryeoder yaratgan. Bu simvollardan tashqari ularning quyidagicha ham ishlatish mumkin. Masalan: BﬤA A B bilan bir xil ma`noni anglatadi.
∩ (kesishma belgisi).“∩” kesishma belgisining muallifi italiyalik Djuzeppe Peanodir. Kesishma belgisi birinchi marotaba matematikada 1888-yilda ishlatgan.