U (birlashma belgisi). “U” birlashma belgisining muallifi italiyalik Djuzeppe Peanodir. Birlashma belgisi birinchi marotaba matematikada 1888-yilda ishlatgan.
ǀxǀ (modul belgisi). “Modul” terminini ingliz matematigi va faylasufi, Nyutonning shogirdi Rodjer Kots taklif qilgan deb hisoblashadi. Godfrid Leybnits ham bu funksiyani ishlatgan va u “modul” deb nomlab “mod x” kabi belgilagan. Modulninig barcha ma’qullagan belgillanishini 1841 yilda nemis matematigi Karl Veyershtrass kiritgan. Kompleks sonlar uchun bu tushunchlarni XIX asrnning boshlariga fransuz matematiklari Odyusten Koshi va Yan Rober Arganlar fanga kiritgan.
˄˅ (konyuksiya va dizyunksiya).Bu belgilarni Djordj Bul (1854) taklif etgan. Konyuksiya uchun I ampersand belgisi va dizyunksiya uchun ǀ vertial chiziqni ham Djordj Bul fanga kiritgan.
≡ ((mod a) Taqqoslama). 2 ta n va m sonlarning ayirmasi n-m berilgan a songa bo’linishini aniqlatuvchi 2 ta n va m butun sonlar orasidagi o’zaro munosabatga, tenglashtirish moduli deb ataladi.
Sonlar nazariasida turli xil taqqoslamalarni yechish ko’rib o’tiladi. Modul bo’yicha taqqoslashni birinchi marta 1801 yilda nemis matematigi Karl Gauss “Arifmetik tekshirishlar” kitobida ishlatgan. U matematikada taqqoslama uchun simvolni taklif qilgan.
ǁxǁ (norma belgisi).Norma- bu vektor fazoda berilgan va vektor uzunligi haqidagi tushunchlarni umumlashtiruvchi yoki sonning modulini ifodalovchi yoki funksional “norma” belgisini 1908-yilda nemis matematigi Erxard Shmidt fanga kiritgan.
ϵ (tegishlilik belgisi). Agar a-element A to’plamni elementi bo’lsa, u- holda aϵA kabi yozilib “a-element A to’plamga tegishli’’ deb o`qiladi. Agar a-element A to’plamning elementi bo’lmasa, aɇA deb yoziladi va “a -element A to`plamga tegishli emas” deb o’qiladi. Boshida “saqlaydi” va “tegishli” belgilarini farqlay olishmaydi. Tegishlilik belgisini birinchi bo’lib italiyalik matematik Djureppe Peano 1895-yilda ishlatgan. ϵ belgi grekcha eyфй – bor bo’lmoq so’zining birinchi harfidan
kelib chiqqan.