da o‘nlab maqol va matallar qayd etilgan. Shuningdek, bir
qator ertaklar borki, ularda turmushga chiqadigan qizning
shart qo‘yishi bahonasi bilan topishmoq namunalari o‘rin
oladi. Ba’zan esa qolip
lash san’ati qo‘llangan ertaklarda
turli naql va afso
nalar uchraydi. Hatto, ayrim ertak
matnlarida lirik qo‘shiq namunalari keltirilganiga guvoh
bo‘lamiz. Bu o‘rinda «Yoriltosh» ertagini esga olish
maqsadga muvofiqdir.
Xalq og‘zaki ijodi bevosita bu san’at namunalarini
yaratgan xalqning ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy hayoti bilan
uzviy aloqadadir. Halqimiz tarixidagi muhim voqealar
ayrim janrlarning rivojlanishiga, ayrimlarining yo‘qolib bo -
rishiga sabab bo‘lgan. Bu o‘rinda og‘zakilik xususiyati juda
ko‘p janrlarga oid asarlarning el xotirasidan o‘chib ketishi-
ga olib kelgan. Taxmin qilib aytish mumkinki, Chingizxon
istilosi davrida xalqni ozodlikka da’vat etuvchi qo‘shiqlar,
Amir Temur zamonida binokorlik, bunyodkorlik bilan
bog‘liq rivoyatlar yaratilgan bo‘lishi mumkin. Yuzlab yillik
tarixiy jarayon o‘zbek xalqi tomonidan yaratilgan so‘z
san’ati namunalarini alohida-alohida janrlarga ajratdi va
bizning zamonimizga kelib har bir namuna o‘zi ning shakli
va mazmuniga xos ravishda og‘zaki ijod xazinasidan o‘rin
egalladi. Binobarin, o‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganish
jarayonida mazkur asarlar
ning g‘oyasi, tarbiyaviy ahami
-
yati, estetik jihatlari bilan bir qatorda janr xususiyatlariga
ham e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: