dan biri ularda tarbiyaviy yo‘nalishning aniq ifodalanishi
bilan ham belgilanadi.
Masalan
, «Uch og‘a-ini botirlar»
ertagida mo‘ysafid ota o‘z o‘g‘illarini baquvvat qilib o‘stira-
di, ertak yoshlarda har qanday vaziyatda o‘z imkoniyatlari-
ni to‘g‘ri baholash va bu imkoniyatdan samarali foydalanish
tuyg‘usini shakllantiradi. Ota o‘z farzandlarini safarga
otlantirar ekan, yigit kishining hayotida zarur bo‘lgan yana
uchta maslahat beradi: «To‘g‘ri bo‘ling, bexavotir bo‘lasiz.
Maqtanchoq bo‘lmang, uyatga qolmaysiz. Dangasa
bo‘lmang, baxtsiz bo‘lmaysiz».
Agar ota tarbiyasining va
maslahatlarining mohiyatini tahlil qilsak, ularda haqiqiy
hayotga tayyor bo‘lishi lozim insonning asosiy fazilatlari aks
etganiga ishonch hosil qilamiz. Aslini olganda, ertakning
to‘liq matni uning boshlanishida bayon etilgan nasihat va
maslahatlar shartiga bag‘ishlangan. Uch og‘a-ini botirlar
mard, jasur yigit bo‘lishi bilan
birga ziyrak inson ham edi-
lar. Ularning biron xatti-harakatlarida biz kamchilik topa
olmaymiz. Ammo shu bilan birga ular biron harakatni asos-
siz amalga oshirmaydilar ham. Bu ertakda oddiy xalqning
tashvishsiz hayot kechirishga bo‘lgan munosabati ham o‘z
ifodasini topgan. Shuning uchun uch og‘a-ini botirlar pod-
shoh saroyidagi halovatli hayotdan oddiy mehnat bilan tur-
mush kechirishni afzal ko‘radilar.
Maishiy ertaklarga ham umuman ertak janriga mansub
bo‘lgan sehrli tasvir va mubolag‘a begona emas.
Masalan
,
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida aka-ukalarning sher, ajdar
va qirq qaroqchi bilan olushuvida o‘ziga xos g‘ayritabiiy
tasvir mavjuddir. Ammo bu tasvir «Uch og‘a-ini botirlar»
ertagining
mazmunida alohida, muhim hal etuvchi ahamiy-
at kasb etmaydi. Agar sehrli ertaklardan afsun, mo‘’jiza,
jodu, sehr belgilari olib tashlansa, bu asarlarning mazmun
mohiyatiga katta zarar yetkazilgan bo‘ladi. Ularning yarati -
lishidan nazarda tutilgan sehr amalga oshmay qoladi. Bu
amallarni hayotiy, maishiy ertaklarda qo‘llasak, asar maz-
muniga keskin zarar yetmaydi.
Sehrli va hayotiy ertaklar o‘rtasidagi farq ham shun-
dadir.
Shunday qilib, maishiy ertaklarda xalq ertaklarining
boshqa turlaridan farqli ravishda oddiy hayotda ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan voqealar haqida ibratga loyiq hikoyalar
o‘rin oladi.
Maishiy ertaklarning qahramonlari millatimizning oddiy
vakillaridan deyarli farq qilmaydi. Faqat ular o‘zbekning
ramziy farzandlari sifatida ertak ishtirokchilariga aylanadi-
70
lar. Hayotiy ertaklar xalq farzandlariga iymon, vijdon, erk,
idrok, qanoat, aql-zakovat haqida tarbiyaviy tushunchalar
berish bilan ahamiyatlidir.
Xalq ertaklarida bir qator
umumiy xususiyatlar mavjud-
dir. Bu xususiyatlar ko‘proq ertaklarda badiiy tasvir vosita-
larining qo‘llanilishida ko‘zga tashlanadi. Xususan, ertaklar
hamisha «bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda...»
kabi jumla bilan boshlanadi va «murod maqsadlariga yetib-
di» jumlasi bilan yakunlanadi. Ertaklarda tasvirning ta’sirli
chiqishi uchun go‘zal qizlar yuzi o‘n to‘rt kunlik oyga
o‘xshatiladi. Yigitlar esa dunyoda tengi yo‘q va jasur botir-
larga qiyoslanadi. Bu janrga mansub asarlarda hamisha
qilichlar keskir, dasturxonlar ochil,
xumlar qaynama
xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Ertaklarimiz o‘xshatish, sifat-
lash va mubolag‘alarga boy so‘z san’ati namunasidir.
Shunday qilib, o‘zbek xalq ertaklari so‘z san’atining
epik janriga mansub bo‘lib, shakl jihatidan asosan nasriy
ko‘rinishga egadir. Bu janr namunalarida xalq hayotining
turli masalalari ibratli yechimi bilan o‘z ifodasini topadi.
O‘zbek ertaklari hayvonlar haqida, sehrli maishiy, turlarga
bo‘linadi va ularning matn mazmunlari,
ishtirok etadigan
qahramonlari, hikoya qilinayotgan voqealarning bayon
usuli, hayotni tasvirlash yo‘llari bilan farqlanadi. Ertaklar
o‘zbek xalq madaniy merosining muhim namunalari
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: