Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/66
tarix25.11.2023
ölçüsü461,77 Kb.
#134279
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
omonulla madayev - o\'zbek xalq og\'zaki ijodi

Savol va topshiriqlar:
1.
Ertaklar xalqimiz og‘zaki ijodidagi boshqa janrlardan qan-
day xususiyatlari bilan farqlanadi?
2. 
Asosiy qahramonlari hayvonlar bo‘lgan ertaklar haqida
so‘zlang?
3.
Sehrli ertaklar qanday taassurot qoldirdi?
4.
Maishiy ertaklarning o‘ziga xos belgilarini ayting?
5.
O‘zingiz yashaydigan hududdagi qariyalardan ertaklar yozib
oling. Ularni qaysi ertaklar turiga mansub ekanligini belgilang.
6.
O‘zbek xalq ertaklaridan namunalar o‘qing. Ularning tur -
larini belgilang. Qahramonlariga baho bering.
Adabiyotlar:
1. 
Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O
. O‘zbek
xalq og‘zaki poetik ijodi. T., «O‘qituvchi», 1990.
2. 
Afzalov M. I.,
O‘zbek xalq ertaklari haqida. T., «Fan». 1964.
3. 
Yusupov J.
Xorazm ertagi va hayot haqiqati. T., «Fan».
1997.
71


4. Oltin olma. Hayotiy ertaklar. Birinchi kitob. T., G‘afur
G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1966.
5. Oyjamol. Hayotiy ertaklar. Ikkinchi kitob. T., G‘afur
G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1969.
6. Gulpari. Namangan ertaklari. T., G‘afur G‘ulom nomida-
gi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1969.
7. Kulsa — gul, yig‘lasa — dur. Ertaklar. T., G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.
XALQ QO‘SHIQLARI
Inson kayfiyati hayotdagi vaziyatlar ta’sirida o‘zgarib
turadi. Ob-havo, ona tabiatdagi fasl o‘z 
garishlari, oiladagi
munosabatlar, do‘stlarning totuvligi, hatto, notanish
odamning bir og‘iz so‘zi sizning kayfiyatingizni ko‘taradi
yoki tushiradi. Xursand bo‘lgan paytingizda sho‘x qo‘shiq
aytgingiz, raqsga tushgingiz keladi. Noxush damlarda
ko‘proq jim turib xayol surishni ma’qul ko‘rasiz. Bunday
daqiqalarda mungli kuy ham sizga tasalli beradi, og‘iringizni
bir oz yengil qilganday bo‘ladi. Ana shunday holat bizning
qalbimizda lirik kechinmalarning paydo bo‘lishi uchun
zamin tayyorlaydi: qo‘shiq yaratishga sabab bo‘ladi. Haqiqiy
she’r faqat chuqur ehtiroslar, favqulodda ro‘y bergan va
inson ruhiga ta’sir ko‘rsatgan turmush lavhalari orqali
yaratiladi. Bu asarlar ichki kechinmalarga boy bo‘ladi.
Shuning uchun ular she’riy yoki nasriy shaklda yozilishidan
qat’i nazar lirika namunasi deb ataladi. Shunday qilib, atrof-
da ro‘y berayotgan voqea-hodisaga nisbatan ichki his-
tuyg‘ular vositasida munosabat bildirilgan asarlar lirika ata-
masi bilan yuritiladi. Bu so‘z aslida, «lira» — yunonistonda-
gi qadimiy musiqa asbob nomidan olingan bo‘lib, his-
tuyg‘u, ichki hayajon bilan bog‘liqlik ramzi sifatida tushunil-
gan.
Xalq og‘zaki ijodidagi qo‘shiqlar ham lirik asarlardir.
Chunki ularda insonning ichki his-tuyg‘ulari, kechinmalari
aks etadi.
Qo‘shiq Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit
turk» (1074) asarida, «qo‘shug‘» shaklida uchraydi va she’r,
qasida (biron kimsa yoki narsaga atalgan she’r) ma’nosini
anglatadi.
Qadim zamonlarda «shlok», «takshut», «ir» (yir), «kug»
kabi atamalarning ham nazm, she’r, ya’ni ma’lum darajada
qo‘shiq janriga aloqasi bo‘lgan.
72


Qo‘shiq haqida ma’lumot berilgan hamma adabiyotlar-
da uning «qo‘shmoq» fe’lidan hosil bo‘lgani aytiladi.
Qo‘shiq atamasining kelib chiqishi qanchayin sodda tuyul-
masin, og‘zaki ijodimizdagi bu janr juda murakkab ruhiy
kechinmalarni ifodalashga xizmat qiladi. Qo‘shiqning janr
xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin