Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/66
tarix25.11.2023
ölçüsü461,77 Kb.
#134279
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
omonulla madayev - o\'zbek xalq og\'zaki ijodi

Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. 
O‘zbek xalq
og‘zaki poetik ijodi. T., «O‘qituvchi», 1990, 236-bet.


ijodkor baxshilar yetishib chiqqan. Bu maktabda Go‘ro‘g‘li
turkumiga oid dostonlar, ayniqsa, «Malikai Ayyor» dostoni
keng tarqalgan edi.
Narpay dostonchiligi maktabi ham bir qator baxshilari
va dostonlari bilan o‘zbek eposi rivojiga hissa qo‘shgan.
Narpay dostonchiligida Rajab shoirning tarbiyasida bo‘lgan
Islom shoir, Nurmon Abduvoy o‘g‘li nomlari alohida hur-
mat bilan tilga olinadi. Islom shoir o‘z ijodida Qo‘rg‘on va
Shahrisabz maktablari an’analarini uyg‘unlashtira oldi.
Bu maktab vakillari ko‘proq «Orzigul», «Sohibqiron»,
«Gulixiromon» kabi dostonlarni ijro etishgan.
Shernazar Beknazar o‘g‘li, Umir Safar o‘g‘li, Ahmad
baxshi kabi ijodkorlar esa Sherobod dostonchilik maktabiga
mansub san’atkor edilar. Ular ijodida ham Go‘ro‘g‘li
turkumi dostonlari alohida o‘rin tutadi. Bu maktab vakillari
ayniqsa, «Malla savdogar», «Ollonazar Olchinbek» doston-
larini badiiy jihatdan mukammal ijro etganlar.
Janubiy Tojikistonda yashovchi Haybat Shamol o‘g‘li,
Qunduz soqi kabilarning nomlari o‘zbek baxshilari orasida
hurmat bilan tilga olingan. Bu baxshilar ham Go‘ro‘g‘li
turkumi dostonlarini o‘ziga xos usulda ijro etganlar.
Xorazm dostonchiligi musiqiyligi, dostonni jo‘r ovoz
bo‘lib ijro etilishi, doston ijrosida bir necha musiqa
asboblarida jo‘r bo‘lishi bilan ajralib turadi. Qadimgi sayil -
larda, to‘ylarda 3—4 baxshi chaqirilgan va har bir baxshiga
alohida-alohida davra berilgan. Sayil yakunida mohir
baxshi atrofidagi odamlar ko‘payib, saviyasi past baxshi
atrofida hech kim qolmagan. Bu odat san’atkorning o‘z
ustida muttasil ish olib borishga va ijro san’atini egallashga
majbur qilgan. Undan tashqari, Xorazmda 40 yildan ortiq
xonlik qilgan Muhammad Rahimxon (Feruz) har yili
baxshi va xonandalarning ko‘rigini o‘tkazib, shaxsan o‘zi
ularga doston aytish huquqini bergan. Ijro darajasi zaif
baxshini omma o‘rtasida doston aytish huquqidan mahrum
qilgan. Dostonchilikka bu qadar mas’uliyat bilan yon-
dashish Xorazm dostonchiligi rivojini ta’minlagan. Bu
maktabda Amat baxshi, Bola baxshi (Qurbonnazar
Abdullaev), Boltavoy baxshi, Qodir sozchi, Murod baxshi,
Ro‘zimbek baxshi, Otaxon baxshilar ijod qilishgan va
«Bozirgon», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Qirq ming»,
«Oshiq Mahmud» kabi dostonlarni katta konsert dasturini
eslatadigan tomosha tarzida ijro etishgan.
Xalq dostonlari yurtimizning turli hududlarida turlicha
ijro etilishiga, ijro usullariga, voqealar sharhiga ko‘ra, hatto,
115


bir viloyatning o‘zida ayrim-ayrim maktablarga ega
bo‘lishidan tashqari mazmuniga ko‘ra ham bir necha turlar-
da tasniflanadi. Taniqli olimlardan V. M. Jirmunskiy, H. T.
Zarifov, M. Saidov, T. Mirzaev, B. Sarimsoqovlarning
kuzatishlaricha, xalq dostonlarini turlarga bo‘lishda ko‘proq
ularning mazmuniga, qahramonlarning fe’l-atvoriga e’tibor
qilish ma’qul. Ammo nomlari tilga olingan olimlarning har
biri amalga oshirgan tasnif ma’lum darajada bir-biridan farq
qilishiga qaramay, ularni quyidagicha nomlash mumkin:

Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin