parvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y
bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga,
do‘stu yorimizni, or-nomusimizni,
ota-bobolarimizning
muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qi
-
lishga o‘rgatadi»
1
, — degan edi. Bu fikrda dostonning
mohiyati, g‘oyasi, badiiyati, millatimiz tarixida tutgan o‘rni
mujassam etilgan. XX asrning 70-yillarigacha «Alpomish»
dostoni haqida bildirilgan mulohazalarning ko‘pchiligi
Mahmud Zarifov buyuk san’atkor Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan
1928-yilda yozib olgan nusxa asosida Hamid Olimjon
qisqartirib nashrga tayyorlagan kitobga tegishli edi. Faqat
1969-yilda Berdi baxshidan Abdulla Alaviy va 1972-yilda
Saidmurod Panoh o‘g‘lidan
Shamsi Murodov yozib olgan
nusxalar nashr etilgandi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan
so‘ng «Alpomish»ga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi.
Avvalo, Berdi baxshi aytgan doston qayta nashr etil-
di. 1998 yilda Xushboq Mardonaqul o‘g‘li (yozib oluv
-
chi Toshtemir Turdiyev), 1999-yilda Bekmurod Jo‘raboy
o‘g‘li (yozib oluvchi Mansur Afzalov) nusxalari alohida
nashr etildi. 1998-yilda esa Fozil Yo‘ldosh varianti 70
yildan keyin to‘liq holda bosmadan chiqdi. 1999-yilda
esa dostonning ming yillik to‘yi katta tantanalar bilan
nishonlandiki, bu tadbir o‘zbek xalqining ajdodlar yodi-
ni ham asta-sekin o‘rniga qo‘yib
esga ola boshlaganidan
nishona bo‘ldi.
Tantanalar arafasida «Alpomish» — o‘zbek xalq eposi»
nomli maqolalar to‘plami va boshqa ilmiy kitoblar, o‘nlab
gazeta, jurnal maqolalari e’lon qilindi, ko‘rsatuvlar tayyor-
landi.
Dunyodagi qabila, urug‘, elat tarixda alohida xalq sifati-
da shakllanar ekan,
bu jarayon, avvalo, qahramonlik eposi
hisoblangan maxsus yirik, epik asarda badiiy ifodasini topa-
di. Professor Bahodir Sarimsoqov dostonimiz o‘zbekning
birlashuvi, mustaqil xalq sifatida paydo bo‘lishida qanday
o‘ringa ega ekanini ta’riflab, shunday deydi: «Dastlab qabi-
la, so‘ngra elat eposi sifatida vujudga kelgan «Alpomish»
dostoni keyinchalik o‘zbek
xalqining qahramonlik eposi
sifatida tan olindi».
2
Haqiqatan ham, doston matnidan juda
119
1
Prezident Islom Karimovning «Alpomish» dostonining 1000 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqi. «Xalq so‘zi» gazetasi,
1999-yil, 9-noyabr.
2
Dostları ilə paylaş: