RIVOYAT VA HAYOT
Bir qishloq chekkasidagi g‘arib kulbada tul ayol Bibish
ismli go‘zal qizi bilan kun kechirar ekan. Bir kuni Bibish
ertalab ko‘za ko‘tarib
buloq boshiga borganicha, qaytib
kelmabdi. Yolg‘iz farzandini kutaverib toqati tugayozgan
ona
buloq boshiga chiqsa, qizidan dom-darak yo‘q. Ovozi
boricha qichqiradi, tog‘lardan aks-sado keladi, ammo
Bibishdan esa sado eshitilmaydi.
Ona shu paytda daradan
qo‘y haydab kelayotgan cho‘pon yigitdan so‘raydi:
— O‘g‘lim, Bibishim suvga chiqib ketganicha darak-
asari yo‘q, mabodo ko‘rmadingmi-a?
Cho‘pon yigit:
— Begona besh-olti otliq qop ichida chinqirib yig‘la
-
yotgan kimsani o‘ngarib ketayotgandi. O‘sha Bibish bo‘lib
chiqmasin tag‘in, — depti.
Onaizor uvvos tortib yig‘lab, odam o‘g‘rilarini yer tepib
qarg‘abdi. Shunda bu mudhish
xabarni eshitgan Bibishning
sevgan yigiti o‘g‘rilardan o‘ch olish payida uni qidirb ketib-
di. Ammo ma’shuqasini topolmay qaytib kelibdi. Onaizor
yolg‘iz jigarbandini istab kecha-kunduz «Vo Bibish» deb
yig‘lagandan ikki ko‘zi ko‘r bo‘lib,
oxiri omonatini top-
shiribdi. Zohidlar bo‘lsa, qizni bachchaduzaklar emas, balki
u juda suluv bo‘lganidan dev-parilar olib ketishgan degan
ovoza tarqatibdilar.
Shu-shu qishloq «Vobish», buloq esa «Vobish bulog‘i»
deb atalibdi.
L O F L A R
Yusufjon qiziq:
— Marg‘ilonning yeri xo‘p yer-da,
bir bosh uzumi ikki
zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum:
— Tokini Andijondan parxish qilib olib kelgandirsiz-da!
Bor, baraka top
Kecha bozordan qo‘y sotib oluvdim, so‘ysam,
ichidan
oltita «bor, bara-ka top» chiqdi.
165