Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/66
tarix25.11.2023
ölçüsü461,77 Kb.
#134279
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
omonulla madayev - o\'zbek xalq og\'zaki ijodi

Lirik qo‘shiqlar
Havoni bulut bosdi,
Oyni ko‘rmasam bo‘lmas,
Yuraklarni g‘am bosdi,
Yorni ko‘rmasam bo‘lmas.
Yosh bolalar o‘ynaydir,
Tol yog‘ochdan ot qilib.
Oshiq yigit yig‘laydir,
Suyganini yod qilib.
Suv kelar guldir-guldir,
Suyganim qizil guldir.
Suyganim topilmasa,
O‘lganim o‘shal kundir.
Olma guli gul emas,
Taqsam chakkamda turmas,
O‘zganing yori yor emas,
Birpas yoningda turmas.
Yorim keladi yashnab,
Zar kokilini tashlab,
Xipcha belini ushlab,
Shakar labini tishlab.
177
7—Xalq og‘zaki poetik ijodi


Termalar
Bizning hovli yo‘lingiz,
Chimyon alak to‘ningiz.
Borish-kelish qilmaysiz,
Kimdan qoldi ko‘nglingiz.
Eshik oldi gulhovuz,
Gul tergali kelibsiz.
Gulni bahona qilib,
Yor ko‘rgali kelibsiz.
Qoshingni qarosiga
Xol bo‘lay orasiga,
Aslo rahming kelmaydi,
Birovning bolasiga.
Qaldirg‘och qaro bo‘lur,
Qanoti ola bo‘lur,
Yoshlikda bergan ko‘ngul,
Ayrilmas balo bo‘lur.
Asakaning yo‘lida
Kallak urgan toli bor.
Mening yorim labida
Sedonadek xoli bor.
Yoraman, hay yoraman,
Yorginam bo‘lsin omon.
Bevafo dunyoda do‘stlar,
O‘tgusi yaxshi-yomon.
ASKIYA
Kunlardan bir kuni mashhur ustoz askiyachi Amin
buva, askiyachi Qodirjon aka do‘stlari bilan
Ikromiddinnikiga qovun sayliga mehmonga borishdi.
Suhbat davomida quyidagi askiya tug‘ildi:
Qodirjon aka:
Amin buva, hu anavi oshpazni ko‘rdingizmi, qovoq
oshga kerak deyapti.
Amin buva:
— Qodirjon, avval meva-chevalardan olsangiz-chi, dar-
rov qovoqsiz bo‘lsin demasdan.
Qodirjon aka:
— Bo‘lmasa, yoz mevalaridan siz ham yeb-yeb oling,
qovoq oshsiz ketasiz.
178


Amin buva:
— Ho, Ikromiddin, Ikromiddin uka hoy! Qodirjonni
gaplarini eshityapsizmi? Ataylab shahardan chiqib qovo-
qoshsiz ketmaylik deydilar, oshqovoqdan qovoqosh qilib
qo‘ya qoling.
Qodirjon aka:
— Ikromiddin, bu yoqqa qarang, bizga pishirishingiz
bitta osh, qovoq ham solasiz-a!
Ikromiddin:
Qodirjon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har
xil ovqat qilganmiz: bu — sho‘rva, osh qovoqda.
Amin buva:
— Mulla Ikrom, Qodirjon akadan tashvish qilmang, bu
kishiga osh qovoqdan olinsa bo‘ldi.
Qodirjon aka:
— Amin buva, ajoyib xushfe’l odamsiz-da, indamay
olaverasiz: oshga qovoq solinmaydi, deb.
Amin buva:
— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoqdan osh
yaxshi, deb.
Qodirjon aka:
— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, oshdan qovoq
yaxshi, deb.
Amin buva:
— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoq oshmi,
osh qovoqmi, deb.
Qodirjon aka:
— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, osh qovoqdan
yaxshi bo‘ladi, deb.
Amin buva:
— Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoqdan osh
bo‘ladi, deb.
Qodirjon aka:
— Nafsi buzuqlik qilib, Ikromiddin pishirgan oshni
paqqos yeb tashlasangiz-a, osh qovoqdan ketadi, deb.
Ikromiddin:
— Qo‘yinglar qovun sayiliga kelgansizlar, bunaqa sovuq
gapirmanglar, qayoqdan ham tansiq ovqat qilaman dedim,
bir oz u yoq-bu yoqdan gaplashib o‘tiringlar, boshqa ovqat
qilaman: qovoqsiz!
179



Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin