Chakkaga qo‘ngan pashsha
Afandi yoshligida ham afandi ekan. Bir kuni u yig‘lab
turgan ekan, dadasi:
— Nega yig‘layapsan? — deb so‘rabdi.
— Akam bitta pashshani urib o‘ldirdi, — debdi
Nasriddin.
— Iya, pashshaga rahming kelyaptimi? — ajablanibdi
dadasi.
— Pashsha mening chakkamga qo‘nib turgan edi-da, —
debdi Afandi.
O‘g‘rilarga xizmat
Afandi uyqusi qochib, xayol surib yotgan edi, bir o‘g‘ri
devordan oshib tushib, sheriklariga asta eshikni ochib berdi.
O‘g‘rilar uydan, hovlidan durustroq bir narsa topolmay
chiqib ketishayotgan edi, Afandi boshini ko‘tarib dedi:
— Jon birodarlar, sizlarga bir xizmat: eshikni ichidan
zanjirlab ketinglar, boshqa o‘g‘rilar ham ovora bo‘lib kirib
yurmasin.
Qo‘shnilar eshitdi
Afandining qozoni suvga tashlangan
1
, u uyida, hozir
qo‘y go‘shtlik qaynatma sho‘rva bo‘lsa edi, deb, xomxayol
qilib o‘tirgan edi. Shu vaqtda qo‘shnisining o‘g‘li kosa
ko‘tarib kirib qoldi.
— Pochcha! — dedi u Afandiga. — Agar sho‘rva qiladi-
gan bo‘lsalaring, ayamga bir kosa berar ekansiz, toblari
yo‘q.
— Bu uyda bir narsani orzu ham qilib bo‘lmaydi, dar-
rov qo‘shnilar eshitadi, — dedi Afandi o‘z-o‘zicha.
Dostları ilə paylaş: