jon boyvachcha» (sichqon), «Osmoni resmon, Mulla
Abdurahmon — beustixon» (bit) kabi matnlarda ham ism-
lar uchraydi. Taxmin qilib aytish mumkinki, shunday
namunalar qayd etilgan hududlarda ismlar topishmoq
aytuv chilar o‘rtasida mashhur bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Xalq topishmoqlarida tazod (qarshilantirish) san’ati
namunalari ham uchraydi:
«Osh ichida tosh,
Tosh ichida osh». (sumalak, toshbaqa).
Bu matnda hatto qofiya san’atining murakkab ko‘rinishi
tarse’ (misralardagi hamma so‘zlarning qofiyalanishi) ham
o‘rin olgan.
Topishmoqlarning matnida asosiy e’tibor, maqsad maz-
munga qaratiladi. Ammo she’riy topishmoqlarda qofiya-
dosh so‘zlarning tanlanishiga alohida e’tibor berilgan:
«Olti tegirmon toshi,
Oltin egarning qoshi,
Uni topgan kishining,
Yuz yigirmada yoshi» (tish).
E’tibor bersak, «tosh», «qosh», «yosh» faqat bir tovush
bilangina farqlanuvchi shakldosh so‘zlardan iboratdir.
Topishmoqlardagi bunday fazilat ularning so‘z san’ati ta
-
lablariga to‘liq javob bera olishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining
kichik janrlaridan biri bo‘lib, mohiyat jihatidan millat vakil-
larining ziyrak, sinchkov, kuzatuvchan bo‘lishlari uchun
xizmat qilar ekan.
Topishmoqlar xalq hayotida ma’lum e’tiborga ega
bo‘lgan narsa-predmetlar nomini topishga bag‘ishlanadi va
ahamiyatli hisoblanadi.
Badiiy jihatdan mukammallik halq topishmoqlarining
fazilatlaridandir.
Bugungi kun topishmoqlarida fan-texnika yangiliklari
ham munosib o‘ringa ega.
Dostları ilə paylaş: