da lof-mubolag‘a badiiy tasvir vositasi sifatida o‘rin olgan.
Jumladan, «Alpomish» dostonida yetti yoshli Hakimbek
Olpinbiydan qolgan o‘n to‘rt botmon yoyni ko‘tarib, o‘q
uzadi va Asqar tog‘ining cho‘qqilarini uchirib yuboradi.
O‘n to‘rt botmon yoy eng kichik o‘lchov bilan hisoblagan-
da ham bir tonnaga yaqin og‘irlikni tashkil qiladi. Tog‘ning
cho‘qqilarini uchirib yuboradigan yoyning o‘qini tasavvur
qilish ham oson bo‘lmasa kerak. Xalq dostonlari va ertak-
laridan o‘rin olgan mubolag‘ali lavhalar ko‘p jihatdan
loflarga yaqin turadi. Ammo loflar faqat mubolag‘ali o‘rin-
lardangina iborat bo‘lmaydi. Loflar o‘ziga xos fikr
musobaqasidir. Ularda ikki taraf ishtirok etadi. Birinchi
taraf g‘ayritabiiy mubolag‘a vositasida o‘ziga
tegishli
narsaning lofini qiladi. Hamma gap ikkinchi tarafning javo-
biga bog‘liq bo‘ladi. Chunki ikkinchi taraf birinchi lofchi -
ning fikriy mubolag‘asini inkor qilmaydi. Aksincha, tas-
diqlaydi. Ammo keyingi lofchi mohir askiyaboz va
Nasriddin afandi kabi shunday javob topadiki, avvalgi
lofchi bu javobdan lol qoladi. Shuning uchun ham hech
ikkilanmay askiya, Nasriddin afandi va lof namunalaridagi
odamni hayratga
tushishga majbur qiladigan, kuldiradigan
javoblarni o‘ziga xos fikriy kashfiyotlar deb qabul qilish
mumkin. Xalq og‘zaki ijodidagi jamoalik xususiyati ko‘proq
folklor asarlarining keng ommalashuvida, ularning mukam-
mallashuvida namoyon bo‘ladi. Lekin bari bir bu so‘z
san’ati namunalari qaysidir ijodkor shaxs tomonidan yarati-
ladi. Va vaqtning o‘tishi, birinchi ijodkor nomining ma’lum
emasligi oqibatida mazkur asarga jamoa, ya’ni xalq muallif
bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham boshqa asarlar kabi loflar
ham umuman o‘zbek
xalqining zukkoligi, hozirjavobligi,
mohir ijodkor ekanligini dalillaydi.
Loflar ko‘pincha qiziqchilik va askiya aytish bilan
shug‘ullanadigan odamlar davrasida ijro etiladi. Shuning
uchun bir lofchi ikkinchisi bilan lof aytishni boshlagani
zahoti musobaqaga kirishadi.
Masalan
, qiziqchilik va
askiyada ustoz san’atkor hisoblangan marg‘ilonlik Yusufjon
qiziq mohir askiyaboz Mamajon maxsum bilan lof aytishib
qolishibdi:
Yusufjon qiziq:
— Marg‘illonning yeri xo‘b yer-da, bir bosh uzumi ikki
zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum:
— Tokini Andijondan parxish
qilib olib kelgandirsiz-
61
da, — debdi. Bu misolda Mamajon maxsum fikriy jihatdan
Yusufjon qiziqni yengdi. Chunki parxish qilingan tokning
ildizi Andijonda qoladi. Demak, Mamajon maxsum o‘zi
-
ning viloyatidagi yer serhosilligini Marg‘ilonnikidan ustun
qo‘ygan.
Yana bir misolga e’tibor qiling:
Bir lofchi ikkinchi bir lofchining uyini taqillatdi.
Lofchi chiqib so‘radi:
— Men bilan chandishaman deysan, yoshing nechada?
— Odam Atodan yetti muchal kattaman, — deb javob
berdi chaqirib kelgan lofchi. — Bu javobdan ikkinchi lofchi
ho‘ngrab yig‘lay boshladi.
— Nega muncha to‘lib yig‘layapsiz?
— Sen tug‘ilgan yili mening bir uylik-joylik o‘g‘lim
o‘lgan edi, shu esimga tushib ketdi, — dedi ikkinchisi.
Mazkur lofda eshikni taqillatgan lofchi shunday bir vaqt
belgisini
tilga oldiki, undan oldingi muddatni topish
mumkin emasdek tuyuladi. Chunki Odam Ato umuman
odamzodning birinchi vakili hisoblanadi. Birinchi lofchi
o‘zini Odam Atodan ham yetti muchal oldin tug‘ilganini,
ya’ni undan sakson yoshdan ko‘proq katta ekanini aytdi.
Ikkinchi lofchi esa birinchi lofchi tug‘ilgan yili uyli-joyli
o‘g‘li o‘lganini eslab yig‘lay boshladi. Demak, ikkinchi
lofchi birinchi lofchidan kamida qirq yosh katta ekanini
ta’kidlamoqda.
Loflarda xalq maishiy hayotdagi turli lavhalar, voqea-
hodisalar yuzasidan paydo bo‘lgan o‘z mulohazasini kulgi
asosida bayon qiladi.
Shu bilan xalqning mazkur
holatlarga nisbatan muno
-
sabatini ham bilib olish mumkin bo‘ladi.
Masalan
, ba’zan
ikki tanish nogoh uchrashgan paytda, dunyodagi hamma
yumushlarini esdan chiqarib soatlab gaplashib qoladi.
Loflarning birida bu haqda shunday deyilgan:
«Toshkentdagi bir mashhur lofchi Andijondagi
do‘stinikiga kelib, uni lof bilan mot qilmoqchi bo‘ladi.
Eshigini taqillatsa, haligi do‘sti ustiga po‘stin, boshiga tel-
pak, oyog‘iga etik kiyib chiqib qarshi oladi.
— Ha, saratonda bu nima qilganing? — deb so‘radi
toshkentlik lofchi.
— Sen bilan bo‘ladigan suhbat qizib ketib, shu bilan
qishga kirib qolsak,
sovqotib qolmay deb, bir yo‘la kiyinib
chiqdim, — deb javob beribdi, — andijonlik lofchi.
62
Agar biz o‘rgangan adabiyot namunalarini sinchiklab
kuzatsak, ularda ham adiblar loflardagi usuldan foydala
-
nishganiga guvoh bo‘lamiz. Bunday namunalarda asar
mualliflari munozaraga kirishgan ikki qahramondan biri
-
ning topqirligini, zukkoligini ko‘rsatadi.
Masalan
, Alisher
Navoiy yozgan «Farhod va Shirin»
dostonidagi Xisrav bilan
Farhod o‘rtasidagi munozarada Farhod zolim shohning har
bir savoliga mantiqli javob beradi.
Dedi: «Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast».
Dedi: «Ruh ermas erdi tang‘a payvast».
Xisrav qarshisida turgan Farhodni mensimay, uning
qachondan ishq dardiga mubtalo bo‘lganini so‘raydi. Bu
so‘roqda Xisrav o‘zining Farhoddan ancha oldin Shiringa
ko‘ngil qo‘yganini ta’kidlash ma’nosi ham yo‘q emas.
Ammo Farhodning javobi Xisravni mot qiladi. Chunki
Farhod o‘z gapida ishq dardiga tug‘ilmasdan oldin mubta-
lo bo‘lganini aytgan edi. Alisher Navoiy bu lavhada xalq
og‘zaki ijodidagi loflardan foydalangan bo‘lsa ajab emas.
Shunday qilib, loflarda o‘zbekning kulgiga moyil xalq
ekani yana bir bor namoyon bo‘ladi. Loflar xalqimizning
zukkoligini, fikrlash
chegarasi beqiyos ekanligini, so‘zga
chechan va hozirjavobligini dalillovchi janrlardan biri
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: