Hayvonlar haqidagi ertaklar
Miflar mavzusida totem tushunchasi haqida ma’lumot
bergan edik. Uzoq qadimgi zamonlarda ajdodlarimiz tuya,
ot, ayiq, bo‘ri, ilon, qaldirg‘och kabi hayvon va qushlarni
o‘zlariga homiy deb, bilganlar. Bu hayvon va qushlar avval
miflarda, keyin afsona, rivoyatlarda qahramon sifatida
ishtirok etganlar. Ertaklar yaratila
boshlaganda esa mazkur
an’ana bu janrga ham meros bo‘lib o‘tgan. Shuning uchun
hayvonlar haqidagi ertaklarning yaratilish davrini ularda
obraz sifatida ishtirok etayotgan hayvon va qushlar nomiga,
voqealar tavsifiga va harakat doirasiga qarab belgilash
mumkin.
Masalan
, «Quyosh yerining pahlavoni» ertagida
ona ayiq Rustamni parvarish qiladi, uning hayotida alohida
o‘rin egallaydi: Rustam va otasi yamoqchi cholga qo‘lidan
kelganicha yaxshiliklar qilib, dushmandan asraydi. O‘zbek
xalq ertaklari haqida maxsus o‘rganish ishlarini olib borgan
Mansur Afzalov «Ilon og‘a» ertagini alohida ajratib ko‘rsa-
tadi. «Ilon-kuyov
niqobini olsa, insonga aylanadi. Qiz
ilonning niqobini kuydirib yuborsa, u kaptar bo‘lib uchib
ketadi. Ilon og‘aning onasi va xolasi yalmog‘iz kampir
bo‘ladi. Ular ilon og‘a bilan qizga ko‘p to‘sqinlik qiladilar.
Lekin Ilon og‘a va qiz o‘z tadbirlari orqali yalmog‘iz kam-
pirni yengib, murod-maqsadlariga yetadilar»
1
.
Bu misollarda ayiq va ilonning yovvoyi hayvon sifatida-
gi belgisi emas, balki, totem tushunchasi ta’siridagi insonga
homiylik qilish xususiyati yetakchilik qiladi. Ma’lum
bo‘ladiki, qadim zamonlarda totem hayvon sifatida e’zoz -
lanuvchi jonivorlar ishtirok etgan ertaklar bu janrga mansub
qadimiy asarlar sifatida baholanishi mumkin ekan.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning yana bir turini ularda-
gi belgilarni izohlashga atalgan asarlar tashkil etadi. Bunday
ertaklarning yaratilishi go‘yo qarg‘aning nima uchun qora
ekanini, kiyikning dumi nega to‘mtoq
ekaninin yoki nima
uchun musichaning ko‘kragi chakichlangandek ko‘rinishini
izohlashga bag‘ishlangan asarlarni eslatadi. Ular qatoriga
«Kiyik bilan kadi», «Xo‘roz bilan tulki» kabi namunalarni
kiritish mumkin.
«Kadi kiyikni qo‘rqitadi. Kiyik kadidan o‘ch olmoqchi
bo‘ladi va uni dumiga bog‘lab cho‘ktiradi. Kadi kiyikni suv
tagiga tortadi, kiyik—qirg‘oqqa. Oxiri kiyikning dumi
66
1
Afzalov M.
O‘zbek xalq ertaklari haqida. T., «Fan» 1964. 25-bet.
uzilib, to‘mtoq bo‘ladi. Kiyik dumi yo‘qligini masxara qil-
gan barcha kiyiklarning dumini bir-biriga bog‘lab, «mergan
kelyapti» — deb qochadi. Dumi bog‘liq kiyiklar turli
tomonga qochadilar va dumlaridan judo bo‘ladilar.
Shunday qilib, kiyiklarning dumlari to‘mtoq bo‘lib qolgan».
Ertak kiyiklar dumining kaltaligiga javob tariqasida paydo
bo‘lgan
1
.
Boshqa xalqlar og‘zaki ijodidagi ertaklarda ham turli
hayvon va boshqa jonzodlarning tashqi ko‘rinishi,
ularning
xususiyatlari haqida ana shunday ertaklar yaratilgani
ma’lum. Jumladan, yoqut, tuva, qirg‘iz ertaklarida bunday
holat alohida ko‘zga tashlanadi. Taxmin qilishimiz
mumkinki, dono xalqimiz bu ertaklarni yosh bolalar
tomonidan takror va takror aytiladigan «nima uchun?»
savollariga javob tarzda ermak qilib yaratgan.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita
bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga
kelgan. Ularda bo‘rining vahshiyligi, tulkining ayyorligi,
otning insonga do‘st ekani alohida bo‘rttirib ko‘rsatiladi.
Ertaklardagi bunday xususiyat ko‘proq ma’rifiy
ahamiyatga
ega bo‘ladi. Biz bilamizki, yosh bolalar yovvoyi hayvonlarni
faqat rasmlarda, hayvonot bog‘larida ko‘rganlar. Fikr yuriti-
layotgan asarlar bu hayvonlar haqida bola tasavvurini ke n -
gaytiradi, aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.
«Ikki boyqush». «Ilonning ishi zahar solmoq», «Qarg‘a bilan
qo‘zi» kabi asarlar shular jumlasidandir. Hayvonlar haqidagi
ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunda
ertaklarda ishtirok etadigan qahramonlar hayvon, qush
bo‘lsa ham, asar mazmuni bevosita insonlar o‘rtasidagi
munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do‘stlik
-
ning inson hayotidagi ahamiyati,
yaxshilikka hayotda
hamisha ham yaxshilik qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida
har qanday mushkul vaziyatning yechimini topish mumkin-
ligi aks ettiriladi. «Susambil», «Tulki bilan bo‘ri», «Hiylagar
bedana» ertaklari shular jumlasidandir.
Masalan
, birinchi
marta tulki go‘sht tishlab ketayotgan bo‘riga qarata:
«bo‘rivoy qaerdan kelyapsan» deganda, bo‘ri: «Popdan» deb
og‘zidagi go‘shtni tushirib yuboradi. Aynan shu voqea
ikkinchi marta takrorlanganda bo‘ri: «G‘ijduvondan» — deb
go‘shtni og‘zida saqlab qoladi. Kulgili vaziyat bilan yo‘g‘ril-
67
1
Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O.
O‘zbek xalq
og‘zaki poetik ijodi. T., «O‘qituvchi», 1990. 192-bet.
gan bunday ertaklarning zaminida insonlarning bir-biriga
bo‘lgan munosabatlari o‘z ifodasini topgan. Shunday qilib,
hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan
to‘qimalar asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning
so‘zlashuvlari ularni hayotiylashtiradi. Bu ertaklar ko‘proq
ma’rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod qilingan. Ular
qadim
zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni
hayvonlar olami bilan tanishtiruvchi ma’rifiy, tarbiyaviy
asarlardir.
Dostları ilə paylaş: