guzashtlarni to‘qima tarzda aks ettiruvchi asarlar tushun-
chasini bera boshlagan. Romantik dostonlar deganda, xalq
dostonlarining mazmunan sevgi — sarguzashtlarni
tasvirlovchi turlari tasavvur qilinadi. Ularda voqea tuguni
oshiqning ma’shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi.
Keyinchalik qahramon ishq
sarguzashtlariga boy safarga
otlanadi. Bu yo‘lda turli qiziqarli, hayratomuz hayot
lavhalari ro‘y beradi. Dushmanlar bilan yakkama-yakka
olishuvlar bo‘ladi. Dostondagi voqealar rivoji shu tarzda
taraqqiy etadi va oxir-pirovardida oshiq o‘z orzusiga yeta-
di. «Ravshan», «Kuntug‘mish»
kabilarni ana shunday dos-
tonlar qatoriga qo‘shish mumkin.
Jangnoma-dostonlarni esa voqea rivoji asosan jang lav -
halariga boy asarlar tashkil etgan. Baxshilar bunday doston-
larni nisbatan kam ijro etganlar. Bunday dostonlarda ko‘p -
roq qahramonning botirligini tasvirlashga e’tibor beriladi.
«Yusuf bilan Ahmad», «Alibek va Bolibek», «Qirq
ming» kabi asarlar shular jumlasidandir.
Kitobiy dostonlar asosan tarixiy hayotimizning keyingi
asrlarida paydo bo‘ldi. Yozma adabiyotimiz vakillari
tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli
voqealar bilan tanishgan baxshilar ular asosida o‘zlarining
nusxa (variant)larini yaratganlar.
Natijada kitobiy dostonlar
yozma va og‘zaki ijodning o‘zaro aloqalari natijasi sifatida
vujudga kelgan. Og‘zaki ijoddagi «Sayyod va Hamro»,
«Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Vomiq va Uzro» kabi dos-
tonlar ana shu turdagi asarlar namunasidir.
Tarixda bo‘lib o‘tgan muhim voqealar haqida hikoya
qiluvchi dostonlar tarixiy dostonlar deb ataladi. Bunday
asarlarda tarixiy voqealar tinglovchida shubha uyg‘otmaydi-
gan to‘qimalar yordamida aks ettiriladi. Ammo ularda tarix
qanday bo‘lsa,
shu tarzda, to‘kis ravishda o‘zgarishsiz
bayon etilmaydi. O‘tmishda shuhrat topgan «Oysuluv» ana
shunday doston sanaladi.
Shunday qilib, dostonlar xalq og‘zaki ijodidagi epik
asarlar xazinasidagi o‘ziga xos murakkab janrdir. Unda xalq
tarixiy hayoti, rasm-rusumlari, odatlari, ozodlik uchun olib
borgan mashaqqatli kurashlari o‘zining
badiiy ifodasini top-
gan. Dostonlarni kuylayotgan baxshilarda kuchli xotira,
asarni ijro etayotgan paytda vujudga kelgan vaziyatga to‘g‘ri
baho bera olish, oddiy voqealarni o‘ta qiziq tarzda hikoya
qila bilish mahorati mujassam bo‘lmog‘i lozim. Asrlar
davomida bu janr namunalarining har bir hududda ijro eti -
lishi mahalliy an’analarni, hatto, maktablarni yaratdi.
117
O‘zbek dostonlari son jihatdan shu qadar ko‘p
va badiiy
qimmat jihatdan shunchalar yuqori-ki, ularni xalqimiz
tomonidan dunyo madaniy, ma’naviy xazinasiga qo‘shilgan
munosib hissa sifatida baholasa arziydi.
Dostları ilə paylaş: