Bu qo‘shiq misralaridagi bo‘g‘inlar soni 6—8
tadan osh-
maydi. Misralar soni esa 6, 8, 10 va undan ortiq bo‘lishi
mumkin. Bolalar qo‘shiqlari o‘z mazmuniga ko‘ra yilning
to‘rt faslida aytilishi mumkin. Bahor faslidagi tabiatning
uyg‘onishi yosh bolalar ruhiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Qish bo‘yi qorayib ketgan qorlarning erib ketishi, dalala r -
ning ko‘m-ko‘k
maysalar bilan qoplanishi, meva daraxtla -
rining gullashi — hammasi bolalarning ichlariga sig‘may
qo‘shiq aytishlariga sabab bo‘ladi. «Boychechak» qo‘shig‘i
ana shunday paytlarda aytiladi. Uni yakkaxon qo‘shiqchi
boshlab beradi, ko‘pchilik naqarotiga qo‘shilib aytadi:
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondi,
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog‘ing vayrondi.
N a q a r o t :
Qattiq yerdan
qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Filologiya fanlari doktori, professor O. Safarovning
ta’kidlashicha, yoz mavsumida bolalar issiq kunlarning ke -
lishidan quvonib, cho‘milish
kunlariga, mevalarning
pishishiga atab qo‘shiqlar aytishgan:
Shaftoli pishdi,
Tagiga tushdi.
Xomini uzdim,
Dadam urishdi.
Yoki:
Laylak keldi yoz bo‘ldi,
Qanoti qog‘oz bo‘ldi,
Laylak boradi toqqa,
Quloqlarida halqa.
Halqani opqochaylik,
El boshiga sochaylik.
Elning murodi kulsin,
Laylak balandroq uchsin
.
Shuningdek, qish faslida qor
kurash paytida ham bolalar
tabiatdagi bunday o‘zgarishlarga mos qo‘shiqlar kuylashgan.
Qor yog‘di gupillatib,
Qor buva to‘qillatib.
Kirib keldi maktabga,
Soqolini selkillatib.
146
Bolalar qo‘shiqlarida chumchuq, qirg‘iy, qarg‘a, kaklik,
musicha
kabi qushlarga va echki, qo‘zi, quyon, it kabi
hayvonlarga atab yaratilganlari ham ko‘p uchraydi:
Ag‘am-bag‘am tishini ko‘rdim,
Yugurganda tilini ko‘rdim,
U chopardi dukur-dukur,
Quyon ekan harom o‘lgur.
Ma’lum bo‘ladiki, bolalar tomonidan ijro etiladigan
qo‘shiqlar ko‘proq
yil fasllariga, qush va hayvonlarga
bag‘ishlangan bo‘lib, ularda ko‘pincha qo‘shiqda aks etgan
bahor, yoz, qish yoki narsa-predmetlarga nisbatan muno
-
sabatlar badiiy ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: