Xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi bo‘limiga qarashli



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə11/12
tarix26.03.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#124388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6-sinf sinf soati ish reja va dars ishlanma 2022-2023-yil

MMIBDO’:_________________________________


Sana_______________
6-mavzu: Bir og`iz shirin so`z. (filologiya fani oyligi doirasida)
Kun shiori: Har so`z ila elga o`lumdinnajot,
Ham so`z ila topib o`lik tan hayot. Alisher Navoiy
ta’limiy: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, so`zning inson hayotidagi o`rnini to`g`ri tushuntirish, so`z sehriga bo`lgan hurmatni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
tarbiyaviy: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
rivojlantiruvchi: O’quvchilarni fikrlash va o’ziga bo’lgan ishonchini orttish, mexnatsevarlik vatanparvarlik kabi xislatlarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: АКТ, Mavzuga oid ko‘rgazmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O’quvchilar davomatini aniqlash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Doskada: “Ba’zi bir so`zda sehr bordir”
O`qituvchi:
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira, yozuvchi va ma’naviyat targ`ibotchisi Tursunoy Sodiqovaning quyidagi sehrli so`zlaridan o`zlaringga xulosa chiqarib olasizlar degan umiddamiz.
Har qanday odamni o`zingizga qaratishda, turmushingizni qayta yaratishda, atrofga ma’ni va go`zallik nurlarini taratishda so`zga teng keladigan boshqa qurol yo`q! Siz o`zingizdan avval so`zingizni asrang: u-gavhar, tejab ayting, joyini topib ayting, randalab, shibbalab ayting, har bir so`zingiz bir uzukka ko`z bo`lsin!
So`zni chaynamang, ming`irlamang, har bir harfni o`z ohangi, rangi bilan tiniq talaffuz qiling! Quvonchli so`zni quvnab ayting! Xafa so`zni hasrat bilan ayting! “Urg`u” degan oltin tayoqcha bor, kerak so`zni topib tegizsangiz, jumla jaranglab ketadi! Bu degani gapingiz albatta tinglovchining yuragiga yetadi!
Siz avval o`zingizni emas, so`zingizni kiyintiring: odamlarning qulog`ini og`ritmasin, kayfiyatlariga botmasin! Maqsadga so`z bilan yetishni orzu qildingizmi, shunday aytingki, so`zingizni havoday shimirsinlar, gul hidlaganday vujudlari yayrab ketsin.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin