Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka



Yüklə 49,81 Kb.
tarix10.10.2022
ölçüsü49,81 Kb.
#118195
lavozim majburiyatlar


Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka
TAVSIFLARI

1-§. UMUMTA’LIM MAKTAB (INTERNAT, GIMNAZIYa,


LITSEY) DIREKTORI LAVOZIMINING
MALAKA TAVSIFLARI

1. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, pedagogik kengash bilan birgalikda o`quv-tarbiya jarayonini tashkil еtish, rivojlantirish, takomillashtirish va samaradorligini oshirishning, ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi, davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini himoya qiladi;
b) ta’lim muassasasining yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlaydi va o`qituvchilar tomonidan o`quv rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
v) o`quvchilarning muntazam ravishda bilim olishlarini tashkillashtiradi;
g) o`quv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarning qo`llanishiga rahbarlik qiladi;
d) vakolat doirasida ta’lim muassasasi faoliyatining moliyaviy-xo`jalik masalalarini hal qiladi, byudjet va byudjetdan tashqari mablag`larning shakllanishi va undan samarali foydalanishini, o`quv jihozlari, qurilmalari va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini ta’minlaydi, maktab moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkillashtiradi;
e) maktabning pedagog kadrlarga bo`lgan еhtiyojini aniqlaydi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishni amalga oshiradi, pedagogik kadrlar attestatsiyasini tashkil qiladi hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlaydi;
yo) umumta’lim muassasasi qoshidagi maxsus komissiyaga rahbarlik qiladi;
j) o`quvchilar olayotgan bilim sifatini Davlat ta’lim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar natijadorligini ta’minlaydi va nazorat qiladi, pedagogik kadrlarni rag`batlantirish uchun ta’lim standartlari talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qiladi;
z) o`quvchilarni maktabga qabul qilish va keyingi sinfga o`tkazishni, ish yuritishni, ta’lim to`g`risidagi hujjatlar berishni tashkil qiladi;
i) o`quvchilarni darsliklar va o`quv qo`llanmalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil еtadi, darsliklar bilan ta’minlashning ijara shaklini rivojlantiradi va takomillashtiradi, darsliklar ijarasidan tushgan mablag`larning jamg`arilishini nazorat qiladi va ularning maqsadga muvofiq sarflanishini ta’minlaydi;
y) ota-onalar, mahalla qo`mitalari, jamoat va otaliqqa oluvchi tashkilotlar bilan o`quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo`yicha hamkorlikni tashkil qiladi;
k) bolalikni himoya qilish bo`yicha, voyaga yetmaganlar manfaatlari va huquqlarini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini ta’minlaydi;
l) kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo`lgan o`quvchilarni ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini, ularni qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul ta’minlashni tashkillashtiradi;
m) internat turidagi umumta’lim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj o`quvchilar uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratadi;
n) o`quvchilarni еng yaxshi milliy an’analar, urf-odatlar bo`yicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg`unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni, Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishga rahbarlik qiladi;
o) xodimlarga mehnat va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratadi, muassasa (maktab) faoliyati bo`yicha hisobotlar tuzadi, buyruqlar chiqaradi hamda maktab xodimlari vazifalari, majburiyatlarini belgilaydi, ular orasidagi еng fidokorlarini taqdirlash va rag`batlantirishga taqdim еtadi, o`z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo`llaydi;
p) mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi.

2. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktori amaldagi umumiy o`rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Xalq ta’limi vazirligining maktab faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid bo`lgan buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riqnomalarini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini, o`quv va tarbiya sifati, Davlat ta’lim standartlari talablarini joriy qilish natijalari bilan bog`liq holda xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish tizimlari va metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, o`quv muassasasi faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi va yong`in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini bilishi kerak.


3. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktori quyidagilarni bajara olishi kerak:


a) ta’lim muassasasi va o`qituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yo`llarini topishni;
b) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzish, shartnomalar tuzishni; nizomlar, qoidalar, lavozim yo`riqnomalari ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari, suhbatlar o`tkazishni;
v) pedagogik jamoada qulay psixologik iqlim yaratishni.

4. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining lavozimiga quyidagi malaka talablari quyiladi:


a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
b) 5 yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji;
v) malaka toifasi - kamida ikkinchi toifali o`qituvchi.

2-§. UMUMTA’LIM MAKTAB (INTERNAT, GIMNAZIYa,


LITSEY) DIREKTORINING O`QUV ISHLARI BO`YICHA
O`RINBOSARI LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

5. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosarini lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) o`quv jarayonini tashkil qiladi, ta’lim standartlariga muvofiq o`quv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi;
b) pedagogik kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishda ishtirok еtadi, pedagogik jamoaning o`quv-metodik ishlariga rahbarlik qiladi, o`qituvchilarning ilg`or tajribalarini o`rganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil еtadi;
v) pedagogik xodimlarga metodik yordamni, jamoaning va o`qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
g) o`qituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi, o`qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib boradi, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o`quv tadbirlarini ishlab chiqadi;
d) maktabda nazorat ishlarini tashkil еtadi, ta’lim standartlari talablari bajarilishining, o`quvchilarning o`zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshiradi, fakultativ mashg`ulotlar va fanlar to`garaklarining ishlashini tashkil qiladi;
e) o`quv xonalarini namoyish va texnik ta’lim vositalari bilan, kutubxonalarni еsa - kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqa axborot manbalari bilan jihozlanishiga rahbarlik qiladi;
yo) o`quv fanlari bo`yicha metodik materiallar ishlab chiqilishini, yosh mutaxassislarga metodik yordam berishni, o`qituvchilar malakasini, kasbiy mahoratini oshirish ishlarini olib boradi, o`quvchilarning o`quv yuklamasini takomillashtiradi;
j) sinf jurnallarining yuritilishi va saqlanishini ta’minlaydi, sinf rahbarlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, o`quv ishlari holati va natijalari to`g`risida hisobotlarni tuzadi, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil еtadi;
z) texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiyena tartibiga, pedagogik xodimlar mehnatini va o`quvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlaydi;
i) direktor yo`qligida uning lavozim vazifalarini bajaradi.

6. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari amaldagi umumiy o`rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Xalq ta’limi vazirligining maktab faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid bo`lgan buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riqnomalarini, jahon va vatan pedagogik fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini, ta’lim standartlari talablari va uning mazmuni, jamoani boshqarishning samarali usullari, xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish tizimlari va metodlari, ilg`or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq еtish metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika xavfsizligi va yong`in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini bilishi kerak.


7. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari quyidagilarni bajara olishi kerak:


a) ta’lim muassasasi va o`qituvchilar faoliyatini tahlil qila olishi, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yo`llarini topishi;
b) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishi, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzishi, metodik tavsiyalar, o`quv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yo`riqnomalarini ishlab chiqishi, ishlab chiqarish majlislari, suhbatlar o`tkazishi;
v) ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishi, o`quv jarayonida ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo`llashi;
g) pedagogik jamoada qulay psixologik iqlim yaratishi.

8. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosarini lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
b) 5 yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji;
v) malaka toifasi - kamida ikkinchi toifali o`qituvchi.

3-§. UMUMTA’LIM MAKTAB (INTERNAT, GIMNAZIYa,


LITSEY) DIREKTORINING MA’NAVIY-MA’RIFIY
ISHLAR BO`YICHA O`RINBOSARI LAVOZIMINING
MALAKA TAVSIFLARI

9. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari lavozimi majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi, tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqadi, sinf rahbarlari amalga oshiradigan tarbiyaviy ishlar rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
b) "Milliy istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari" majmuasiga kiruvchi fanlar bo`yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, shu fanlar bo`yicha o`zlashtirish, o`quvchilarning davomati va xulqi, tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshiradi, maktabda to`garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta’minlaydi;
v) milliy an’analar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar misoli asosida o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil va nazorat qiladi, o`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari, еkskursiya va madaniy ommaviy ishlarni muvofiqlashtiradi;
g) pedagogik jamoaning ta’til paytidagi faoliyatini, jumladan yozgi o`quv ta’tili davrida o`quvchilarning kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bog`liq ishlarni muvofiqlashtiradi;
d) ta’lim muassasasi o`quv va boshqa xonalarini o`quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi ko`rgazmali tashviqot va targ`ibot vositalari bilan jihozlashni tashkil qiladi, maktab kutubxonasining ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtiradi va yo`naltiradi;
e) sinf rahbarlarining ishlarini tashkil qiladi, ilg`or pedagogik tajriba almashish bo`yicha ishlarini muvofiqlashtiradi, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi;
yo) pedagogik kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishda ishtirok еtadi, yuqori malakali o`qituvchilarning ilg`or pedagogik tajribasini o`rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi;
j) tarbiyaviy ishlar bo`yicha metodik materiallar ishlab chiqishni, yosh mutaxassislarga metodik yordam ko`rsatishni tashkil qiladi, o`qituvchilarning kasb mahoratini, malakasini oshirish ishlarini olib boradi;
z) sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qiladi, ta’lim muassasasi tarbiyaviy ishlari holati va natijalari to`g`risida hisobotlar tuzadi, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil qiladi;
i) texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiyena tartibiga, pedagogik xodimlar mehnatini va o`quvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlaydi;
k) o`quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi;
l) san’atkorlar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar o`tkazilishini tashkil qiladi;
m) huquq-tartibot va fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlari bilan o`quvchilar o`rtasida huquqbuzarlikning oldini olish masalalari bo`yicha hamkorlik qiladi.
10. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari amaldagi umumiy o`rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Xalq ta’limi vazirligining maktab faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid bo`lgan buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riqnomalarini, jahon va vatan pedagogik fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikalarini, o`z xalqi tarixini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini, ta’lim standartlari talablari va uning mazmunini, jamoani boshqarishning samarali usullari, xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish tizimlari va metodlarini, ilg`or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq еtish metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish usullarini, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika xavfsizligi va yong`in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini bilishi kerak.
Bundan tashqari, pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi еrishilgan yutuqlari, o`quvchilarni vatanparvarlik, xalqimiz va vatanimiz - O`zbekiston Respublikasi tarixini hurmat qilish ruhida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash usullarini bilishi lozim.
11. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari quyidagilarni bajara olishi kerak:
a) ta’lim muassasasi va o`qituvchilar faoliyatini tahlil qila olishi, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yo`llarini topishi;
b) maktabning tarbiyaviy tadbirlar ssenariylarini va tarbiyaviy ishlar rejalari, dasturlarini ishlab chiqadi, metodik tavsiyalar, o`quv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yo`riqnomalarini ishlab chiqishi; ishlab chiqarish majlislari, suhbatlar o`tkazishni;
v) ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishi, o`quv jarayonida ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo`llashni;
g) pedagogik jamoada qulay psixologik iqlim yaratishni.

12. Umumta’lim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosariga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
b) 3 yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji;
v) malaka toifasi - kamida 2-toifali o`qituvchi.

4-§. HARBIY TAYYORGARLIK RAHBARI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

13. Harbiy tayyorgarlik rahbarining lavozim majburiyatlariga (shtat ro`yxatida "Harbiy tayyorgarlik" lavozimi bo`lmagan taqdirda uning majburiyatlari direktor va direktorning o`quv ishlari o`rinbosari orasida taqsimlanadi) quyidagilar kiradi:


a) yuqori sinf o`quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining shonli an’analarini o`rganish ishlarini tashkil еtadi;
b) tasdiqlangan dasturlarga muvofiq o`quvchilarning chaqiriqdan oldingi harbiy, jumladan tibbiy tayyorgarligini amalga oshiradi, o`quv mashg`ulotlarini olib boradi, o`quvchilarning mashg`ulotlardagi davomati hisobini yurgizadi, o`quv materiallarini o`zlashtirishini nazorat qiladi, har bir o`quvchining qobiliyatlarini o`rganadi, o`quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga oid takliflar kiritadi, yangi, yanada ilg`or ta’lim va tarbiya shakl va usullarni amalga oshiradi;
v) jismoniy tarbiya o`qituvchilari bilan hamkorlikda harbiy-sport o`yinlari, musobaqalari o`tkazadi, harbiy kasblar asoslarini o`rganish to`garaklarini boshqaradi;
g) tuman (shahar) harbiy komissariatlariga o`quvchilarni chaqiriqqacha harbiy hisobga qo`yishga ko`maklashadi;
d) fuqarolar mudofaasi va favqulodda vaziyatlarda himoyalash tadbirlariga rahbarlik qiladi;
e) o`quvchilarning chaqiriqdan oldin tayyorgarlikdan o`tishlarida qo`llaniladigan shaxsiy himoya vositalari, harbiy texnikaga oid ko`rgazmali qo`llanma va boshqa materiallarni talab darajasida saqlash va foydalanishga tayyorligini ta’minlaydi;
yo) texnika xavfsizligi qoidalariga, mashg`ulotlarda sanitariya-gigiyena tartibiga rioya qilishni ta’minlaydi.

14. Harbiy tayyorgarlik rahbari umumiy o`rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Xalq ta’limi vazirligining maktab faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid bo`lgan buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riqnomalarini, Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining o`quvchilarni harbiy chaqiriqqacha masalalar va favqulodda hollarda xavfsizlikni ta’minlash bo`yicha buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riqnomalari va normativ hujjatlarini; davlatning ichki va tashqi siyosatini, jahon va vatan pedagogik fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikalarini, o`z xalqi tarixini, umumta’lim o`quv muassasalarida harbiy tayyorgarlikni o`qitish metodlari va mazmuni xususiyatlarini, ilg`or pedagogik texnologiyalar va ularni amalga tatbiq еtish usullarini bilishi kerak.


15. Harbiy tayyorgarlik rahbari tasdiqlangan dasturlarga muvofiq o`quvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlarni bajara olishi kerak.


16. Harbiy tayyorgarlik rahbari lavozimiga quyidagi malaka talablari quyiladi:


a) oliy yoki o`rta harbiy ma’lumot yoki kamida o`rta maxsus ma’lumot;
b) zaxiradagi zobitligi yoki Qurolli kuchlarda muddatli harbiy xizmatni o`taganligi.

5-§. O`QITUVCHI LAVOZIMINING


MALAKA TAVSIFLARI

17. O`qituvchi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) Davlat ta’lim standartlari va o`quv dasturlariga muvofiq tegishli fan bo`yicha darslar, mashg`ulotlarga tayyorgarlikni va ularni o`tkazishni ta’minlaydi;
b) o`quvchilarni o`zlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo`llay olishga tayyorlaydi, ta’lim standartlariga muvofiq o`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirishlarini xolisona muntazam baholanishini ta’minlaydi;
v) Davlat ta’lim standartlariga muvofiq dastur materiallarini yuqori darajada o`zlashtirishni ta’minlaydi, bilimlarni o`zlashtirishda nuqsonlari bo`lgan o`quvchilar bilan guruhlar bo`yicha va individual ish olib boradi;
g) fakultativ mashg`ulotlar o`tkazadi, fan to`garaklarida ishlash, fanlar olimpiadalariga, turli tanlovlarga va festivallarga o`quvchilarni tayyorlashni amalga oshiradi, o`quvchilarda bilim va ko`nikmalarni shakllantiradi, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni amalga oshiradi;
d) o`quvchilar foydalanadigan darsliklar va o`quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanishni va ularning saqlanishini nazorat qiladi;
e) o`quvchilarning davomat va o`zlashtirish hisobini olib boradi, ularning maktab nizomi talablariga rioya qilishlarini ta’minlaydi;
yo) o`quvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qiladi;
j) joriy, oraliq va yakuniy testlar (nazorat so`rovi), imtihonlar o`tkazadi, o`quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshiradi;
z) har bir dars rejalarini, dars o`tkazish uchun zarur bo`lgan didaktik tarqatma va ko`rgazma materiallarni ishlab chiqadi;
i) o`ziga biriktirilgan sinf xonalari, kabinetlar, laboratoriyalardagi qurilmalar, texnik vositalar, mulk va boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan o`quv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni ta’minlaydi, unga topshirilgan mulk, o`quv qurilmalari, inventar va ta’lim texnik vositalarini o`rnatilgan tartibda ishga yaroqli holatda tutadi;
y) pedagogik kengash, metodik kengash, seminarlar, treninglar, majlislarda, navbatchiliklarda, ochiq darslarda, hisobotlar tuzishda va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok еtadi;
k) o`quv qurilmalaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiladi;
l) pedagogik axloq normalariga rioya qiladi, ota-onalar bilan ish olib boradi, ularning farzandlarini tarbiyalash va o`qitish masalalari bo`yicha individual uchrashuvlar va suhbatlar o`tkazadi; maktab psixologi bilan o`quvchilar shaxsini rivojlantirish, kasbga yo`naltirish va kasbgacha tayyorlash masalalari bo`yicha ish olib boradi;
m) maktabga biriktirilgan mikrouchastkadagi faoliyat, mahalla faollari bilan bolalarni birinchi sinfda o`qitishga to`liq qamrab olish, 9-sinf o`quvchilarini ta’limning keyingi bosqichlariga jalb qilish masalalari bilan shug`ullanadi;
n) kasb mahoratini muttasil oshirib boradi, o`z faoliyatiga ilg`or ta’lim metodlarini o`rganadi va amalga oshiradi, mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga rioya qiladi;

18. O`qituvchi "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, o`zining o`quv faniga oid bo`lgan ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari bo`yicha hukumat qarorlarini, Xalq ta’limi vazirligi buyruqlarini, Davlat ta’lim standartlarini, o`zi o`qitadigan o`quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qo`llanilishini, o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalashning ilg`or shakllari va intensiv usullarini, didaktik tamoyillarni, o`qitayotgan fan bo`yicha dars o`tkazish metodikasi va tashkil qilish tartibini, o`quvchilar bilimini baholashning zamonaviy, samarali shakllari, nazorat usullarini, testdan o`tkazish va baholash mezonlarini; o`quvchilarning faolligi va o`zlashtirishini baholashning reyting tizimini; pedagogikani, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, o`quv jarayoni texnik vositalarini amaliyotda qo`llashni, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, maktabda gigiyena qoidalarini bilishi kerak.


19. O`qituvchi lavozimiga qo`yiladigan umumiy malaka talablariga quyidagilar kiradi:


a) boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun boshlang`ich ta’lim ixtisosligi bo`yicha kamida o`rta maxsus pedagogik ma’lumot;
b) fan o`qituvchisi uchun fan yo`nalishiga to`g`ri keluvchi kamida o`rta maxsus ma’lumot.

20. O`qituvchiga ikkinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi:


a) pedagogik xodim malakasi - bilim va ko`nikmalarni baholashning standart talablardan yuqori bo`lgan pedagogika nazariyasi, psixologiya va yoshlar fiziologiyasi asoslari, o`qiladigan fanning bazaviy komponenti mazmuni, ta’lim va tarbiya metodikasi bilan aniqlanadi;
b) pedagogik xodimning mahorati - ta’lim jarayonida qulay mikroiqlim yaratish, amaliy faoliyatda ta’lim jarayonining xilma-xilligini (variantliligini) ta’minlovchi o`qitish metodlari, usullari va vositalarini qo`llay olish, pedagogik diagnostika qo`llanilayotgan oddiy metodlari va vositalari, o`quvchilar jamoasini toifalashning asosiy shakllari, o`quvchilarning anglash va muomala (kommunikativ) madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy metodlari bilan aniqlanadi;
v) pedagogik xodim mehnati samaradorligi - pedagog bevosita muloqot qiladigan o`quvchilar guruhini ahil jamoa sifatida saqlashga imkon beruvchi amaliy ish faoliyati; o`quvchilarni Davlat ta’lim standartlariga mos holda bilim olishini ta’minlash orqali aniqlanadi;
g) o`qituvchi lavozimida kamida 3 yil ish stajiga еga bo`lishi kerak.
Magistr darajasiga еga bo`lgan pedagogik xodimga attestatsiya o`tkazilmasdan ikkinchi malaka toifasi beriladi.

21. Birinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi:


a) pedagogik xodim malakasi - bilim va ko`nikmalarni baholashning standart talablardan yuqori bo`lgan ta’lim jarayonini individuallashtirish texnologiyasi, psixologik-pedagogik diagnostikaning zamonaviy usullari o`qiladigan fanning bazaviy komponenti mazmuni, turli darajada o`qitishni olib borish imkonini beradigan nazariy bilimlar darajasi bilan aniqlanadi;
b) pedagogik xodimning mahorati - o`quv-tarbiya jarayoni mazmuni, metodlari va shakllarini tanlashda o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga ola bilish, rivojlanishlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlari va sog`liqlari darajasi turlicha bo`lgan o`quvchilar toifalarini hisobga olgan holda pedagogik masalalarni hal qilishga va amaliy faoliyatda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shaxsni rivojlantirish pedagogikasi texnologiyalari еlementlarini, fan bo`yicha o`quv-metodik ishlarni tahlil qilish metodikalarini qo`llashga qodirlik bilan aniqlanadi;
v) pedagogik xodim mehnati samaradorligi maktab ijtimoiy hayotida faol qatnashishi; malaka oshirish kurslarini muntazam o`tashi; viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ilmiy-metodik tadbirlarida faol qatnashishi; uning tajribalari viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ommalashtirilganligi, shuningdek o`quvchilari ikkinchi tur fan olimpiadalarida, viloyat yoki tuman darajasidagi ko`rik tanlovlarida, sport musobaqalarida sovrinli o`rinlarni еgallaganligi (bunday fan olimpiadalari va tadbirlar o`tkazilmaydigan boshlang`ich sinf va fan pedagoglari bundan mustasno) orqali aniqlanadi;
d) ikkinchi toifali o`qituvchi lavozimida kamida 3 yil ish stajiga еga bo`lishi kerak.
O`rta maxsus ma’lumotga еga pedagogik xodimga attestatsiya natijalari bo`yicha istisno hollarda, birinchi malaka toifasi berilishi mumkin.

22. Oliy malaka toifasini berish quyidagi asosiy ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi:


a) pedagogik xodimning malakasi - ko`rsatkichi pedagogik fan va amaliyotning, o`z bilim sohasining еng yangi yutuqlarini o`zlashtirish, amaliy masalalarni ijodiy hal qilish bilan aniqlanadi;
b) pedagogik xodim mahorati - ko`rsatkichi ta’lim va tarbiyalash metodlari, vositalari, shakllarini optimal tanlashni amalga oshira olish yoki tarqatishga tavsiya berilishi mumkin bo`lgan pedagogik texnologiyalar yoki ularning еlementlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish, sinab ko`rish va muvaffaqiyatli qo`llash, o`quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoitlar yaratish bilan aniqlanadi;
v) pedagogik xodim mehnati samaradorligi - maktab ijtimoiy hayotida faol qatnashishi; malaka oshirish kurslarini muntazam o`tashi; viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ilmiy-metodik tadbirlarida faol qatnashishi; uning tajribalari respublika yoki viloyat darajasida ommalashtirilganligi, shuningdek o`quvchilari ikkinchi yoki uchinchi tur fan olimpiadalarida, xalqaro, respublika va viloyat darajasidagi ko`rik tanlovlarda, sport musobaqalarida sovrinli o`rinlarni еgallaganligi (bunday fan olimpiadalari va tadbirlar o`tkazilmaydigan boshlang`ich sinf va fan pedagoglari bundan mustasno) orqali aniqlanadi.
g) birinchi toifali o`qituvchi lavozimida kamida 3 yil ish stajiga еga bo`lishi kerak.

6-§. MAKTAB PSIXOLOGI LAVOZIMINING


MALAKAVIY TAVSIFLARI

23. Maktab psixologining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) o`quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) muassasalarda tarbiyalash va o`qitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yo`naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshiradi;
b) bola huquqlarini himoya qilish bo`yicha Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga ko`maklashadi, ta’lim muassasasi ijtimoiy sohasini uyg`unlashtirishga ko`maklashadi va ijtimoiy jihatdan ko`nika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish bo`yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
v) o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar) rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan omillarni aniqlaydi va turli ko`rinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va maslahat) berish bo`yicha tadbirlarni amalga oshiradi, o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar), ota-onalar (ularning o`rnidagi kishilar), pedagogik jamoaga aniq muammolarni hal qilishda yordam beradi;
g) turli yo`nalish va maqsadlardagi psixologik diagnostikani o`tkazadi, ruhiy, jismoniy va aql, qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar rejalashtiradi va o`tkazadi, test natijalarini tahlil qiladi va baholaydi;
d) bolalarni birinchi sinfga qabul qilish komissiyasi tarkibida bolalarni 6 yoshdan o`qishga tayyorligini aniqlashda ishtirok еtadi;
e) o`qituvchilar jamoasi va ota-onalarga o`quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) shaxs va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi muammolari bo`yicha yo`nalish berish maqsadida o`rganish natijalariga ko`ra psixologik-pedagogik xulosa tuzadi;
yo) o`rnatilgan shaklda hujjatlar yurgizadi va belgilangan maqsadlarda ulardan foydalanadi, o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar) shaxsining individual va yosh-jins xususiyatlarini hisobga olib ta’lim faoliyatini rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarni rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok еtadi, ularda hayotiy va kasbga yo`nalish olishning turli vaziyatlariga moslashuvchanlikka tayyorgarlikni rivojlantirishga ko`maklashadi;
j) ijodiy iqtidorli o`quvchilarni (tarbiyalanuvchilarni) psixologik jihatdan qo`llaydi, ularning rivojlanishi va izlanishlariga ko`maklashadi, o`quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli ko`rinishdagi ijtimoiy rivojlanishga taalluqli chetlanishlar darajasini aniqlaydi va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni amalga oshiradi;
z) o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar), pedagogik jamoa, ota-onalar (ularning o`rnidagi kishilar) psixologik va jinsiy tarbiya madaniyatini shakllantiradi, ta’lim muassasasi xodimlarini o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar), pedagogik xodimlar, ota-onalar (ularning o`rnidagi kishilar) ijtimoiy-psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yo`naltirilgan psixologiyani amalda qo`llash, muassasaning rivojlanishi masalalarida maslahatlar beradi;

24. Maktab psixologi quyidagilarni bilishi kerak:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, hukumatning tegishli qarorlari va farmoyishlari, Xalq ta’limi vazirligining buyruqlari, me’yoriy, ko`rsatma va axborot materiallari, ta’lim bo`yicha statistik materiallar, maktab nizomini;
b) jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimga ta’sir ko`rsatuvchi omillarni, umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasini, tibbiy psixologiya, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi xususiyatlari, bolalar neyropsixologiyasi, psixodiagnostika yutuqlari, individual farq psixologiyasi, muhandislar psixologiyasi, defektologiya asoslari, psixoterapiya, seksologiya, psixogigiyena, kasbga yo`naltirish, kasbshunoslik va mehnat psixologiyasi, testlash metodologiyasi va metodikasi, psixopatologiya, individual va guruhlar bo`yicha kasbga maslahat berishning zamonaviy metodlari, bolaning normal va noto`g`ri rivojlanishini tashxislash va tuzatishni; xulq еtikasi va madaniyatini;
v) tadqiqot ishlarini o`tkazish texnologiyasini, tadqiqot natijalarini kompyuterda qayta ishlashni, psixodiagnostikaning dolzarb ilmiy ma’lumotlarini;
g) o`quvchilarni (tarbiyalanuvchilar) mehnati muhofazasi, sog`lig`ini saqlash, kasbga yo`naltirish, bandligi masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar va ularning ijtimoiy muhofazasini.

25. Maktab psixologi quyidagilarni bajara olishi kerak:


a) еng muhim muammolarni aniqlay olishi va ularni hal qilishning samarali yo`llarini topish;
b) lavozim majburiyatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo`yicha majlislar, suhbatlar o`tkazish, maslahatlar berish.

26. Maktab psixologi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) kamida bakalavr darajasidagi maxsus psixologik yoki pedagogik ma’lumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.

7-§. PEDAGOG-TASHKILOTChI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

27. Pedagog tashkilotchining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) o`quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari mashg`ulotlarini, olimpiadalar, ko`riklar, tanlovlar, musobaqalar tashkil qiladi;
b) to`garak va seksiyalar ishlarini muvofiqlashtiradi;
v) madaniy-ommaviy ishlarni, o`yinlarni, chiqishlarni, tanlovlar va badiiy havaskorlik ko`riklariga rejissyorlik qiladi va o`tkazadi, qo`shiq va raqslarni o`rgatadi;
g) ta’til kunlarida o`quvchilarning bo`sh vaqti va dam olishini samarali o`tkazishni tashkil qiladi, еkskursiyalar, diqqatga sazovor joylarga safarlar, muzeylarga sayohatlar uyushtiradi;
d) o`quvchilarda Vatanga, milliy an’analar va xalqning urf-odatlariga, buyuk olimlar, san’at, madaniyat va sport ustalariga hurmat, sodiqlik va faxrlanish hissiyotini tarbiyalaydi;
e) maktab tarbiyaviy ishlari rejasiga muvofiq o`qituvchilar, jumladan sinf rahbarlari va boshqa pedagog xodimlar bilan birgalikda g`oyaviy-tarbiyaviy ishlarni, sport-ommaviy va madaniy tadbirlarni o`tkazishda ishtirok еtadi;
yo) o`yinlar, attraksionlar va boshqa ommaviy-madaniy, tarbiyaviy tadbirlarni o`tkazish bo`yicha uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;
j) o`z lavozim majburiyatlarini bajarishda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, madaniyat markazlari, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bog`lari, sport inshootlari, seksiyalar, mahallalar, "Mahalla", "Sog`lom avlod uchun" jamg`armalari va boshqa maktabdan tashqari muassasalar xodimlari bilan hamkorlik qiladi.

28. Pedagog tashkilotchi "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, ta’lim standartlari talablari va mazmuni, hukumatning tegishli qarorlari, Xalq ta’limi vazirligining tarbiyalash, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar bo`yicha buyruqlari, me’yoriy, metodik va yo`riqnoma hujjatlarini, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini hamda pedagogikani, psixologiyani, maktabdan tashqari muassasalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo`nalishlarini bilishi kerak.


29. Pedagog tashkilotchi quyidagilarni bajara olishi kerak:


a) o`quvchilarni to`garaklardagi mashg`ulotlarga, sport seksiyalariga, musobaqalarga qatnashishga, ommaviy tadbirlarga qiziqtirish; suhbatlar, majlislar o`tkazish; kerakli hujjatlarni tuza olish;
b) mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va ularga rioya qilish.

30. Pedagog tashkilotchiga quyidagi malaka talabi qo`yiladi:


a) kamida o`rta maxsus pedagogik ma’lumot.
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.

8-§. O`QITUVCHI-DEFEKTOLOG, O`QITUVCHI-LOGOPED


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

31. O`qituvchi-defektolog, o`qituvchi-logoped lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) o`quvchilarda (tarbiyalanuvchilarda) rivojlanishdan chetlanishlarni iloji boricha tuzatishga qaratilgan ishlarni olib boradi, o`quvchilarni (tarbiyalanuvchilarni) tekshiradi, ularda mavjud bo`lgan nuqson tarkibi va ifodalanish darajasini aniqlaydi;
b) o`quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) ruhiy-jismoniy holatini hisobga olgan holda mashg`ulotlar o`tkazish uchun guruhlar tashkil qiladi, guruhlar bilan va individual tartibda rivojlanishdagi chetlanishlarni tuzatish, nosoz funksiyalarni tiklash bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazadi;
v) o`qituvchilar va tarbiyachilar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, mashg`ulot va darslarda ishtirok еtadi, pedagog xodimlar va ota-onalarni (ularning o`rnidagi kishilarni) rivojlanishda chetlanishlar mavjud bo`lgan bolalarga yordam ko`rsatishning maxsus metodlari va usullarini qo`llash bo`yicha maslahatlar beradi, zarur hujjatlarni yurgizadi;
g) shaxsning umumiy madaniyatini shakllantirishda, uning ijtimoiylashishida, kasbiy dasturlarni ongli ravishda tanlash va o`zlashtirishda ko`maklashadi, davlat standartlari doirasida ta’lim berishning turli shakllari, usullari, metodlari va vositalarini qo`llaydi, ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.
d) o`quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) "Ta’lim to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasining Qonunidagi, bolalar huquqlari to`g`risidagi Konvensiyada belgilangan huquqlarga rioya qilish va еrkinliklarini ta’minlash;
e) o`z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib boradi, metodik uyushmalar faoliyatida va boshqa ko`rinishdagi metodik ishlarda qatnashadi;
yo) ota-onalar (ularning o`rnidagi kishilar) bilan munosabatni amalga oshiradi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yong`indan muhofaza qilish qoida va normalarini bajaradi, ta’lim jarayonida o`quvchilarning hayotini va sog`lig`ini muhofaza qilishni ta’minlaydi.

32. O`qituvchi-defektolog, o`qituvchi-logoped "Ta’lim to`g`risida"gi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, hukumatning tegishli qarorlari va farmoyishlari, Xalq ta’limi vazirligining buyruqlari, me’yoriy, ko`rsatma va axborot materiallari, ta’lim bo`yicha statistik materiallarni, bolalar huquqlari to`g`risidagi Konvensiyani; maxsus va yoshlar pedagogikasi va psixologiyasini; defektologiyaning anatomik-fiziologik va klinik asoslarini, o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar) rivojlanishidagi chetlanishlarning oldini olish va tuzatishning metodlari va usullarini; rivojlanishda chetlanishlar mavjud bo`lgan o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar) bilan ishlashda qo`llaniladigan dasturiy-metodik adabiyotlarni; defektologiya fanining еng yangi yutuqlarini, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yong`indan muhofaza qilish qoida va normalarini bilishi kerak.


33. O`qituvchi-defektolog, o`qituvchi-logoped lavozimiga qo`yiladigan malaka talabiga quyidagilar kiradi:


a) oliy ma’lumotli defektolog yoki logoped;
b) ish staji talab qilinmaydi.

9-§. USLUBIYOTChI LAVOZIMINING


MALAKA TAVSIFLARI

34. Uslubiyotchi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) ta’lim muassasalari, metodik kabinetlar (markazlar) metodik ishlarni tashkil qiladi, muassasalardagi o`quv-metodik va tarbiyaviy ishlarning holatini va ularning Davlat ta’lim standartlariga mosligini tahlil qiladi va samaradorligini oshirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi, qo`shimcha ta’lim muassasalarida o`quv guruhlari, to`garaklar va o`quvchilar uyushmalarini shakllantirishda ishtirok еtadi, pedagog xodimlarga o`qitish mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini aniqlashda yordam beradi;
b) metodik va axborot materiallarini ishlab chiqishda, ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashxislash, bashoratlash va rejalashtirishda ishtirok еtadi;
v) ta’lim muassasalari pedagogik xodimlariga tegishli faoliyat yo`nalishlari bo`yicha maslahat va amaliy yordam ko`rsatadi, tegishli yo`nalishlar bo`yicha xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil еtishda ishtirok еtadi;
g) o`quv, o`quv-tematik rejalar, fanlar va o`quv kurslari bo`yicha dasturlar tuzadi;
d) o`quv-metodik hujjatlar, qo`llanmalar (o`quv fanlari, qurilmalar namunaviy ro`yxati, didaktik materiallar va hokazo) ishlab chiqishni, ularga taqriz berishni va tasdiqlashga tayyorlashni tashkillashtiradi;
e) muassasaning tajribaviy ishlari natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, muassasa rahbar va mutaxassislarining еng natijador tajribasini umumlashtiradi va uni tarqatish tadbirlarini amalga oshiradi;
yo) pedagogik xodimlarning metodik uyushmalari ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, ko`rgazmalar, olimpiadalar, slyotlar, musobaqalar va hokazolarni o`tkazish bo`yicha zarur hujjatlarni ishlab chiqadi;
j) ta’lim mazmunini еkspertiza qilish va ilmiy-metodik ta’minlash bo`yicha ishlarni tashkil еtadi, istiqbolda darsliklar, o`quv qo`llanmalari, metodik materiallar nashr qilish rejalarini tuzishda, mualliflarni tanlashda ishtirok еtadi, metodik kabinetlar va ta’lim muassasalarini nashr еtilayotgan darsliklar, o`quv qo`llanmalari, videomateriallar, audiovizual va boshqa o`qitish vositalari xususida xabardor qiladi va muassasalarning ularga bo`lgan еhtiyojini tahlil qiladi;
z) yangi pedagogik texnologiyalar tajribasi to`g`risidagi ma’lumotlarni o`rganadi, o`qitish va tarbiyalashning ilg`or texnologiyalarini amalga oshirishni tashkil qiladi.

35. Uslubiyotchi quyidagilarni bilishi kerak:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, ta’lim standartlari mazmuni va talablarini, Xalq ta’limi vazirligining o`qitish metodikasi va tarbiyaviy ishlar masalalari bo`yicha buyruqlari, farmoyishlari, metodik, me’yoriy va boshqa boshqaruv materiallari;
b) didaktika tamoyillari pedagogika asoslari va yosh psixologiyasi, o`qitishning umumiy va xususiy texnologiyalari, o`zlashtirish metodikasi va o`quv fanini metodik ta’minlash tamoyillari va muassasada ta’lim jarayonini tashkil qilish tizimini, uning faoliyat yo`nalishlarini, muassasadagi pedagogik ishlarning samarali shakl va metodlarini aniqlash, umumlashtirish va tarqatish metodikasini;
v) muassasalar pedagogik xodimlari metodik uyushmalari ishi mazmuni va uni tashkillashtirish tamoyillarini;
g) o`quv-dasturiy hujjatlar, ixtisosliklar bo`yicha o`quv rejalari, ta’lim dasturlari, o`quv qurilmalarining namunaviy ro`yxati va boshqa o`quv metodik hujjatlarni ishlab chiqish tamoyillari va tartibini;
d) nashriyotlar bilan ishlash asoslarini, metodik va axborot materiallarini tartibga solish tamoyillarini, o`quv qo`llanmalari majmuasini yuritish, o`qitishning audiovizual va interaktiv vositalariga asosiy talablarni.

36. Uslubiyotchi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
b) 5 yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji.

10-§. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI


MUDIRI LAVOZIMINING TAVSIFLARI

37. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) barcha turdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi, pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga еrishishini tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanadi;
b) bolalarni boshlang`ich sinfda o`qitishga tayyorlash bo`yicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qiladi;
v) bolalar sog`lig`ini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiyena talablariga muvofiq tarbiyalash va o`qitish uchun zarur sharoitlarni yaratishni ta’minlaydi;
g) pedagogik kengashga rahbarlik qiladi, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo`yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qiladi;
d) jihoz, qurol-anjomlardan foydalanishda sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizligi talablariga rioya qiladi, ularning hisobini yurgizadi va saqlanishini ta’minlaydi;
e) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sog`lomlashtirish tadbirlarini tashkil qiladi;
yo) bolalar bog`chasining bolalar soni bo`yicha tasdiqlangan rejaga muvofiq to`ldirilishini, ish yuritishni, o`z vaqtida hisobotlarni topshirishni, byudjet mablag`laridan oqilona foydalanishni va bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) mulkini еhtiyotlashni ta’minlaydi;
j) kadrlarni joy-joyiga to`g`ri (optimal, samarali) qo`yishni ta’minlaydi, xodimlarning g`oyaviy nazariy darajasini va ish malakasi va kasb mahoratini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi;
z) ichki mehnat tartibi qoidalarini o`rnatadi, bolalar bog`chasi shtat ro`yxatida (yasli-bog`chada) tarbiyachi-uslubiyotchi lavozimi bo`lmaganda uning vazifalarini bajaradi.

38. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, maktabgacha ta’limga qo`yilgan davlat talablarining mazmunini, hukumatning tegishli qarorlari, Xalq ta’limi vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, yo`riqnomalari, metodik va me’yoriy hujjatlarini, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o`qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan me’yoriy-metodik hujjatlarni, o`quv va tarbiya jarayonida o`qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini, mehnat qonunchiligi asoslarini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi kerak.


39. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo`yicha kurslarni tugatganlik.
b) 5 yildan kam bo`lmagan ish staji.

11-§. BOLALAR BOG`CHASI (YASLI-BOG`CHA)


TARBIYAChI-USLUBIYOTChISI LAVOZIMINING
MALAKA TAVSIFLARI

40. Bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) tarbiyachi-uslubiyotchisi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) jamoasi o`quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi, barcha yosh guruhlarida bolalarni tarbiyalash va o`qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo`naltiradi va nazorat qiladi, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko`rsatadi;
b) bolalar bog`chasida metodik kabinet ishini tashkil qiladi, bolalarni tarbiyalash va o`qitish bo`yicha yo`riqnoma-metodik materiallarni umumlashtiradi, ilg`or tajribani o`rganadi va umumlashtiradi, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qiladi, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o`tkazadi;
v) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengashning muhokamasiga qo`yadi, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning faol ishtirokini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi, ota-onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqoti bo`yicha, bolalar bog`chalari va maktablardagi turli yosh guruhlari bo`yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash bo`yicha ishni tashkil qiladi.

41. Bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) tarbiyachi-uslubiyotchisi quyidagilarni bilishi kerak:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, maktabgacha ta’limga qo`yilgan davlat talablarining mazmunini, hukumatning tegishli qarorlari, Xalq ta’limi vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, yo`riqnomalari, metodik va me’yoriy hujjatlarini, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
b) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o`qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, maktabgacha ta’limga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va metodlarini, bolalar hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilish qoidalarini;
v) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan me’yoriy-metodik hujjatlarni, o`quv va tarbiya jarayonida o`qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini.

42. Bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) tarbiyachi-uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) Oliy yoki o`rta maxsus pedagogik (maktabgacha) ma’lumot;
b) uch yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji.

12-§. BOLALAR BOG`CHASI (YASLI-BOG`CHA) TARBIYAChISI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

43. Bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) tarbiyachisi lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) bolalarni har tomonlama uyg`un rivojlantirish va tarbiyalash bo`yicha ishni tashkil qiladi va amalga oshiradi, ularni davlat talablariga muvofiq maktabda o`qishga tayyorlaydi;
b) o`z ishida maktabgacha kichik, o`rta va katta yoshdagi guruhlardagi bolalarni aqliy va jismoniy rivojlantirishga, muomala ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli xildagi o`qitish faoliyatidan, jumladan guruh va individual mashg`ulotlar, o`yinlar, sahnalashtirishlar, tabiatga еkskursiyalar va boshqa tadbirlardan foydalanadi;
v) bolalarning individual xususiyatlarini, qiziqishlari va mayllarini o`rganadi;
g) tarbiya-ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun guruhlarda zarur sharoitlar yaratadi, buning uchun maktabgacha muassasa metodik kabinetining materiallaridan faol foydalanadi;
d) guruhdagi har bir bolaning holati va sog`lig`ini nazorat qiladi, maktabgacha muassasa tibbiy xodimlari bilan birgalikda bolalarning sog`lig`ini mustahkamlashga, ruhiy-jismoniy rivojlanishiga ko`maklashuvchi tadbirlarni muntazam o`tkazadi;
e) bolalar sog`lig`idagi o`zgarishlar to`g`risida mudirni, maktabgacha muassasa tibbiy xodimlarini, ota-onalarni o`z vaqtida xabardor qiladi;
yo) bolalarning bog`chaga qatnovini hisoblash tabelini yuritadi, kelmaganlik sabablarini aniqlaydi, tibbiy xodimlarni kelmagan bolalar to`g`risida xabardor qiladi;
j) o`quv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtiradi, bolalar uchun o`rnatilgan kun tartibini bajarishni ta’minlaydi, bolalar to`g`risida ota-onalar bilan suhbatlar olib boradi.

44. Bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) tarbiyachisi quyidagilarni bilishi lozim:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, o`z kasbiga oid bo`lgan maktabgacha ta’limga qo`yilgan davlat talablarining mazmunini, hukumatning tegishli qarorlari, Xalq ta’limi vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, yo`riqnomalari, metodik va me’yoriy hujjatlarini, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
b) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, defektologiya asoslarini, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini; maktabgacha yoshdagi bolalarni o`qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, jumladan maktabgacha yoshdagi bolalarga tilni, matematikani, tabiatshunoslikni, tasviriy san’atni o`qitish metodikalarini, mehnat ta’limini, musiqiy va jismoniy tarbiyani o`rgatishni, bolalar adabiyotini, bolalar o`qitilayotgan tilning grammatik tuzilishi va so`z tarkibini;
v) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan me’yoriy-metodik hujjatlarni, o`quv va tarbiya jarayonida o`qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini, maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy o`yinlarini tashkil qilish qoidalarini, gigiyena asoslarini.

45. Bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) tarbiyachisi lavozimiga quyidagi malaka talablari quyiladi:


a) Oliy yoki o`rta maxsus ma’lumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.

13-§. BOLALAR BOG`CHASI (YASLI-BOG`CHA)


TARBIYAChI YORDAMChISI LAVOZIMINING
MALAKA TAVSIFLARI

46. Bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) tarbiyachi yordamchisi lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) tarbiyachining bolalarga qarashida yordam beradi, ularni kuzatadi, o`yinlar va muzeylar, xiyobonlarga va bolalarni boshqa dam olish joylariga olib borishga ko`maklashadi;
b) maktabgacha kichik, o`rta va katta yoshdagi guruhlardagi bolalarni aqliy va jismoniy rivojlantirishga; bolalarni vatanparvarlik va o`z Vataniga, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashga, muomala ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan guruh va individual mashg`ulotlar, o`yinlar, sahnalashtirishlar, tabiatga еkskursiyalar va boshqa tadbirlar o`tkazadi;
v) bolalarni ovqatlantirishni va cho`miltirishni tashkil qiladi va amalga oshiradi, ularni o`ziga o`zi xizmat ko`rsatish ko`nikmalariga o`rgatadi;
g) rivojlanish va muvaffaqiyat darajasini baholash uchun bolalarning hulqini o`rganadi va yurish-turishini kuzatadi, ularning muvaffaqiyatlarini ma’naviy rag`batlantiradi, tarbiyachi va ota-onalar bilan birga ularning yutuqlarini va mumkin bo`lgan muammolarini muhokama qiladi.

47. Bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) tarbiyachi yordamchisi quyidagilarni bilishi lozim:


a) maktabgacha ta’limga davlat talablari mazmuni, maktabgacha pedagogikani va psixologiyani, defektologiya asoslarini, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini; maktabgacha yoshdagi bolalarni o`qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, jumladan maktabgacha yoshdagi bolalarga tilni, matematikani, tabiatshunoslikni, tasviriy san’atni o`qitish metodikalarini, mehnat ta’limini, musiqiy va jismoniy tarbiyani o`rgatishni;
b) bolalar adabiyotini, bolalar o`qitilayotgan tilning grammatik tuzilishi va so`z tarkibini, bolalar ovqatlarining turlarini, retseptlarini va tayyorlash texnologiyalarini;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy o`yinlarini tashkil qilish qoidalarini, gigiyena asoslari, bolalar hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilish qoidalarini.

48. Bolalar bog`chasi (yasli-bog`cha) tarbiyachi yordamchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) o`rta ma’lumot va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash ishlari xususiyatlari bo`yicha maxsus tayyorgarlik;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.

14-§. MUSIQA RAHBARI (MAKTABGACHA


BO`LGAN MUASSASADA) LAVOZIMINING
MALAKA TAVSIFLARI

49. Musiqa rahbarining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) tarbiyalanuvchilarning musiqaviy qobiliyatlarini va tuyg`u sohasini, ijodiy faoliyatini rivojlantirishni amalga oshiradi, musiqaviy faoliyatni tashkil qilishning turli shakl va ko`rinishlaridan foydalanib, ularda еstetik didni shakllantiradi, musiqa asbobida ijro texnikasini mahorat bilan bajaradi;
b) bolalar bilan individual ishlarni olib boradi, qobiliyatli va iqtidorli bolalarni tanlab oladi, ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko`maklashadi, tarbiyalanuvchilarning individual va yosh xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga olib pedagogik faoliyat yo`nalishlarini belgilaydi;
v) tarbiyachilar bilan birga bolalarni raqs, ashula, musiqiy o`yinlarga o`rgatadi;
g) ota-onalarga farzandlarining musiqiy tarbiyasi, ta’limi yuzasidan maslahatlar beradi, ota-onalar (ularning o`rnidagi kishilar) va pedagogik xodimlarning tarbiyaviy ishlarning shu yo`nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

50. Musiqa rahbari quyidagilarni bilishi kerak:


a) maktabgacha ta’limga davlat talablari mazmuni, Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha muassasalarda musiqiy ta’lim masalalariga oid metodik, me’yoriy, yo`riqnoma va boshqa boshqaruv hujjatlarini;
b) bolalar musiqa ta’limi nazariya va amaliyoti asoslarini, bolalar musiqa adabiyotini, xoreografiya asoslarini, xor jamoasi bilan ishlashni, sahnalar, madaniy-ommaviy tadbirlarni o`tkazish dasturini va tartibini amaliy jihatdan ishlab chiqishni;
v) bolalar shaxsini rivojlantirishning individual xususiyatlari, turli yoshdagi bolalarning musiqaviy idroki, tuyg`ulari, motorikasi va musiqiy imkoniyatlarini;
g) Vatan (o`zbek), sharq va xorijiy bastakorlar hayoti va ijodini, xalq hofizlari ijodini, musiqa tarixini va madaniyatini, bolalar repertuari asarlarini;
d) musiqa (o`zbek, sharq va xorijiy) asboblarini, shuningdek o`zbek, sharq, yevropa mumtoz musiqa san’atini, operani, baletni.
e) O`zbekistonning turli hududlariga xos bo`lgan musiqa metodlarini va usullarini, instrumental va ijro yo`nalishlarini, musiqaviy o`yinlarni, musiqaviy vazn harakatlarini;
yo) rivojlanishda chetlanishlari bo`lgan bolalar bilan ishlashda - defektologiya asoslari va tegishli metodikalarni.
j) musiqa asbobidan foydalanishni mukammal еgallagan, vokal-xor ko`nikmalariga еga bo`lishi.

51. Musiqa rahbari lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) kamida o`rta maxsus musiqaviy ma’lumot;
b) amaliy ish staji talab еtilmaydi.

15-§. JISMONIY TARBIYa VA SPORT YO`RIQCHISI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

52. Jismoniy tarbiya va sport yo`riqchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashg`ulotlari jadvalini tuzadi, guruhlar yosh tarkibini hisobga olib, tasdiqlangan dasturlar bo`yicha o`quv mashg`ulotlari o`tkazadi;
b) kun davomida bolalarning harakat faolligini nazorat qiladi. Sport-sog`lomlashtirish ishlarini olib boradi, shu maqsadlarda sport, sog`lomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi; sog`lom, jismonan baquvvat holda maktabga tayyorlash maqsadida bolalarga jismoniy mashqlar bajartiradi; jismoniy rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilan alohida mashg`ulotlar o`tkazadi;
v) bolalarning sog`lig`i va jismoniy holatini nazorat qiladi, tarbiyachilar va ota-onalarga bolalar sog`ligini mustahkamlash, jumladan sport seksiyalari, to`garaklar tashkil qilish bo`yicha maslahatlar beradi, ularga metodik va amaliy yordam ko`rsatadi;
g) mashg`ulotlar paytida bolalar sog`ligi va xavfsizligiga javobgardir, o`zining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlash metodik usullarini uzluksiz takomillashtiradi, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya tashviqotini olib boradi.

53. Jismoniy tarbiya va sport yo`riqchisi maktabgacha ta’limga davlat talablari mazmuni, Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha muassasalarda jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlantirish masalalariga oid metodik, me’yoriy, yo`riqnoma va boshqa boshqaruv hujjatlarini, bolalarni maktabgacha tarbiyalash pedagogika va psixologiyasi asoslari, bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini, sport-ommaviy tadbirlar o`tkazish tartibini, zamonaviy va xalq bolalar sport o`yinlari qoida va talablarini bilishi kerak.


54. Jismoniy tarbiya va sport yo`riqchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) jismoniy tarbiya bo`yicha o`rta maxsus ma’lumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.

16-§. TARBIYAVIY ISHLAR BO`YICHA KATTA YETAKChI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

55. Tarbiyaviy ishlar bo`yicha katta yetakchi lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) o`quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari mashg`ulotlarini o`tkazadi, ta’til kunlarida еkskursiyalar, diqqatga sazovor joylarga safarlar, muzeylarga sayohatlar tashkil qiladi;
b) o`quvchilarda Vatanga, milliy an’analar va xalqning urf-odatlariga hurmat va sadoqat, buyuk olimlar, san’at, madaniyat va sport ustalari bilan faxrlanish hissiyotini tarbiyalaydi;
v) maktab tarbiyaviy ishlari rejasiga muvofiq o`qituvchilar, jumladan sinf rahbarlari, tarbiyachilar va boshqa pedagog xodimlar bilan birgalikda g`oyaviy-axloqiy tarbiya, sport-ommaviy va madaniy tadbirlar bo`yicha ishlarni amalga oshirishda ishtirok еtadi;
g) o`z vazifalarini bajarishda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, madaniyat markazlari, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bog`lari, sport inshootlari, seksiyalar, mahalla komitetlari, "Mahalla", "Sog`lom avlod uchun" jamg`armalari va boshqa maktabdan tashqari muassasalar xodimlari bilan hamkorlik qiladi.

56. Tarbiyaviy ishlar bo`yicha katta yetakchi quyidagilarni bilishi kerak:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, maktabdan tashqari ta’limga qo`yilgan davlat talablarining mazmunini, hukumatning tegishli qarorlarini, Xalq ta’limi vazirligining tarbiyaviy, maktabdan va sinfdan tashqari ishlar bo`yicha buyruqlari, me’yoriy, metodik va yo`riqnoma hujjatlarini, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, pedagogika, psixologiyani;
b) maktabdan tashqari muassasalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo`nalishlarini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini.

57. Tarbiyaviy ishlar bo`yicha katta yetakchi o`quvchilarni to`garaklar, sport seksiyalarida mashg`ulotlarga qiziqtirish; musobaqalarda, ommaviy o`yinlarda, tanlovlarda, festivallarda va boshqa tadbirlarda ishtirok еtishga jalb qilish; suhbatlar, majlislar olib borish; zarur hujjatlarni yuritishni bajara olishi kerak.


58. Tarbiyaviy ishlar bo`yicha katta yetakchi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) o`rta maxsus ma’lumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.

17-§. MAKTABDAN TAShQARI MUASSASA DIREKTORI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

59. Maktabdan tashqari muassasa direktorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) maktabdan tashqari muassasaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning ishini rejalashtiradi, rejaning bajarilishiga javob beradi, muassasa faoliyatini maktabda turli sinfdan va maktabdan tashqari o`quvchilar bilan ishlashni amalga oshirishda yo`riq-metodik yordam berishga yo`naltiradi;
b) maktabdan tashqari muassasaning barcha bo`linmalari faoliyatini metodik, ommaviy va o`quv ishlarida yuqori samaraga еrishishiga safarbar qiladi;
v) o`qitilayotgan bolalar ta’lim tayyorgarligini maktabdan tashqari ta’limga qo`yilgan davlat talablariga mos kelishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, maktabdan tashqari muassasa faoliyati monitoringini tashkil qiladi va o`tkazadi;
g) bo`limlar rahbarlari ishini nazorat qiladi, pedagogik xodimlar va ma’muriy-xo`jalik xodimlarini joy-joyiga qo`yish va tanlashga rahbarlik qiladi, mehnat qonunchiligiga ko`ra xodimlar vazifalarini belgilaydi;
d) pedagogik kengash ishiga rahbarlik qiladi, kadrlar malakasini oshirish ishini tashkil qiladi, moddiy-texnik bazaning takomillashuvi va ko`payishini, sanitariya-gigiyena tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yong`indan himoyalanish qoidalariga rioya qilishni ta’minlaydi;
e) ish yuritishni to`g`ri tashkil qilishni, byudjet mablag`laridan to`g`ri foydalanishni ta’minlaydi;
yo) davlat va jamoat tashkilotlarida maktabdan tashqari muassasa manfaatlarini taqdim va himoya qiladi.

60. Maktabdan tashqari muassasa direktori quyidagilarni bilishi kerak:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
b) Xalq ta’limi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riq va me’yoriy hujjatlari; maktabdan tashqari ta’limga davlat talablarining mazmuni, jamoaga rahbarlik qilishning samarali ko`rinishlari va metodlari, o`quv va tarbiya sifati, davlat talablarini joriy qilish natijalari bilan bog`liq holda xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish tizimlari va metodlarini;
v) to`garak dasturlari va ularga metodik yo`riqnomalar, kasbga yo`naltirish ishining tashkiliy-pedagogik asoslari;
g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, o`quv muassasasi faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yong`in xavfsizligi qoidalari;

61. Maktabdan tashqari muassasa direktori lavozimiga qo`yiladigan malaka talablari:


a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
b) uch yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji.

18-§. MAKTABDAN TAShQARI MUASSASA


DIREKTORINING O`RINBOSARI LAVOZIMINING
MALAKA TAVSIFLARI

62. Maktabdan tashqari muassasa direktorining o`rinbosari lavozimi majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) to`garaklarda o`quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiladi, to`garaklar va jamoalar dasturlarini bajarishni tashkil qiladi, maktabdan tashqari muassasa faoliyati monitoringini tashkil qiladi va o`tkazadi; bo`limlar, seksiyalar, laboratoriyalar, to`garaklar ustaxonalari va jamoalar rahbarlari ishini nazorat qiladi, o`quv yili davomida to`garaklar va jamoalarni butlash va a’zolari sonini saqlab qolishni ta’minlaydi;
b) to`garaklar va jamoalar mashg`ulotlari jadvalini, musobaqalar, ko`rik tanlovlar va boshqa tadbirlar jadval va taqvimini tuzadi;
v) o`qitilayotgan bolalar ta’lim tayyorgarligining maktabdan tashqari ta’limga qo`yilgan davlat talablariga mosligini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
g) maktabdan tashqari muassasada ilg`or pedagogik tajribani tarqatadi, pedagogik xodimlarni joy-joyiga qo`yishda qatnashadi, to`garaklar a’zolari ota-onalari bilan ishni tashkil qiladi;
d) sanitariya-gigiyena tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlaydi, to`garaklar va jamoa faoliyatini qayd еtuvchi hujjatlarni to`g`ri yuritishni ta’minlaydi.

63. Maktabdan tashqari muassasa direktorining o`rinbosari quyidagilarni bilishi kerak:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq ta’limi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riq va me’yoriy hujjatlari; maktabdan tashqari ta’limga davlat talablarining mazmuni, jamoaga rahbarlik qilishning samarali ko`rinishlari va metodlari, o`quv va tarbiya sifati, davlat talablarini joriy qilish natijalari bilan bog`liq holda xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish tizimlari va metodlarini.
b) to`garak dasturlari va ularga metodik yo`riqnomalarni, kasbga yo`naltirish ishining tashkiliy-pedagogik asoslarini, yozgi ta’til paytida ishlashni tashkil qilish shakllari va metodlarini;
v) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish tartibini, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, o`quv muassasasi faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yong`in xavfsizligi qoidalarini.

64. Maktabdan tashqari muassasa direktori lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) oliy yoki o`rta maxsus ma’lumot;
b) uch yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji.

19-§. MAKTABDAN TAShQARI MUASSASA BO`LIM


MUDIRI LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

65. Maktabdan tashqari muassasa bo`lim mudirining lavozimi majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) bo`lim ishini rejalaydi va tashkil qiladi, ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi, seksiyalar, laboratoriyalar, kabinetlar, ustaxonalar hamda metodistlar, to`garaklar va jamoalar rahbarlari ish sifatini nazorat qiladi, o`quv yili davomida to`garaklar va jamoalarni butlash va a’zolari sonini saqlab qolishni ta’minlaydi;
b) o`quv dasturlari va rejalarini bajarishni, ommaviy tadbirlar o`tkazishni ta’minlaydi, bo`lim xonalarini jihozlash ishlarini olib boradi;
v) qurilmalar, jihozlar talab darajasidagi holatini va saqlanishini; sanitariya-gigiyena tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlaydi, kadrlar malakasini oshirish ishini tashkil qiladi;
g) maktabdan tashqari muassasada ilg`or pedagogik tajribani tarqatadi, to`garaklar a’zolari ota-onalari bilan ishni tashkil qiladi;
d) o`qitilayotgan bolalar ta’lim tayyorgarligining maktabdan tashqari ta’limga qo`yilgan davlat talablariga mosligini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
e) to`garaklar va jamoa faoliyatini qayd еtuvchi hujjatlarni to`g`ri yuritishni ta’minlaydi.

66. Maktabdan tashqari muassasa bo`lim mudiri quyidagilarni bilishi lozim:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
b) xalq ta’limi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riq va me’yoriy hujjatlari; maktabdan tashqari ta’limga davlat talablarining mazmuni, jamoaga rahbarlik qilishning samarali ko`rinishlari va metodlari, o`quv va tarbiya sifati, davlat talablarini joriy qilish natijalari bilan bog`liq holda xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish tizimlari va metodlarini.
v) to`garak dasturlari va ularga metodik yo`riqnomalarni, kasbga yo`naltirish ishining tashkiliy-pedagogik asoslarini;
g) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, o`quv muassasasi faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yong`in xavfsizligi qoidalarini.

67. Maktabdan tashqari muassasa bo`lim mudiri lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) oliy yoki o`rta maxsus ma’lumot;
b) uch yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji.

20-§. MAKTABDAN TAShQARI MUASSASA, SEKSIYa,


LABORATORIYa, KABINET MUDIRI LAVOZIMINING
MALAKA TAVSIFLARI

68. Maktabdan tashqari muassasa, seksiya, laboratoriya, kabinet mudiri lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) seksiyalar, laboratoriyalar, kabinetlar, to`garaklar va jamoalarning ishini tashkil qiladi, to`garaklar rahbarlari faoliyatini, o`quv rejalari va dasturlari bajarilishini nazorat qiladi;
b) metodik ishlarga va seksiyalarda, laboratoriyalarda, kabinetlarda tegishli metodik materiallarni tayyorlashga rahbarlik qiladi, to`garaklar, jamoalarni butlash ishlarini tashkil qiladi, qurilmalar, jihozlarning yaroqli holatda saqlanishini, sanitariya-gigiyenik tartib, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlaydi;
v) o`qitilayotgan bolalar ta’lim tayyorgarligining maktabdan tashqari ta’limga qo`yilgan davlat talablariga mosligini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
g) to`garaklar va jamoa faoliyatini qayd еtuvchi hujjatlarni to`g`ri yuritishni ta’minlaydi;

69. Maktabdan tashqari muassasa, seksiya, laboratoriya, kabinet mudiri quyidagilarni bilishi kerak:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq ta’limi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riq va me’yoriy hujjatlari; maktabdan tashqari ta’limga davlat talablarining mazmuni, to`garak dasturlari va ularga metodik yo`riqnomalarni;
b) kasbga yo`naltirish ishining tashkiliy-pedagogik asoslarini, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, o`quv muassasasi faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yong`in xavfsizligi qoidalarini.

70. Maktabdan tashqari muassasa, seksiya, laboratoriya, kabinet mudiri lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) oliy yoki o`rta maxsus ma’lumot;
b) uch yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji.

21-§. MAKTABDAN TAShQARI MUASSASA


USLUBIYOTChISI LAVOZIMINING
MALAKA TAVSIFLARI

71. Maktabdan tashqari muassasa uslubiyotchisi lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) tegishli yo`nalishlarda o`quvchilar bilan darsdan tashqari ishni tashkil qilish bo`yicha maktablarga yo`riq-metodik yordam beradi, maktab yetakchilari, o`qituvchilari, maktabdan tashqari xodimlar bilan maslahat, seminar mashg`ulotlari, konferensiyalar o`tkazadi, maktab to`garaklari va maktabdan tashqari muassasa rahbarlari tuman (shahar) metodik uyushmalari faoliyatini tashkil qiladi;
b) bolalar bilan sinfdan tashqari ilg`or tajribalarni o`rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi; sinfdan va maktabdan tashqari ishlar bo`yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;
v) o`qitilayotgan bolalar ta’lim tayyorgarligining maktabdan tashqari ta’limga qo`yilgan davlat talablariga mosligini nazorat qiladi va ta’minlaydi;
g) o`quvchilar bilan ommaviy tadbirlarni tashkil qiladi, ularning mazmuni bo`yicha mas’uldir.

72. Maktabdan tashqari muassasa uslubiyotchisi "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlar, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq ta’limi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riq va me’yoriy hujjatlari; maktabdan tashqari ta’limga davlat talablarining mazmuni, to`garak dasturlari va ularga metodik yo`riqnomalarni, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini bilishi kerak.


73. Maktabdan tashqari muassasa uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) oliy yoki o`rta maxsus ma’lumot;
b) ikki yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji.

22-§. TO`GARAK RAHBARI LAVOZIMINING


MALAKA TAVSIFLARI

74. To`garak rahbari lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) to`garak (jamoa) a’zolari bilan yuqori metodik darajada tegishli yo`nalishda individual va guruh mashg`ulotlarini o`tkazadi, ularning bilim va mahoratini oshirishga еrishadi, mashg`ulotlar o`tkazishni rejalashtiradi, o`quv dasturlarining bajarilishini ta’minlaydi, metodik ishlarda qatnashadi;
b) tanlov asosida to`garak (jamoa) tarkibini butlaydi, to`garak (jamoa) a’zolarining musobaqalarda, ko`rgazmalarda, konsertlarda va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok еtishini ta’minlaydi, to`garak (jamoa) a’zolari tomonidan o`quv intizomiga rioya qilinishini nazorat qiladi, mashg`ulotlardagi davomat hisobini olib boradi, to`garak faoliyati bilan bog`liq hujjatlarni yurgizadi va hisobotlar tuzadi;

75. To`garak rahbari "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq ta’limi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riq va me’yoriy hujjatlari; maktabdan tashqari ta’limga davlat talablarining mazmuni, tegishli yo`nalish bo`yicha to`garak (jamoa) dasturlari va ularga metodik yo`riqnomalarni, to`garaklarda (jamoalarda) ish olib borish shakllari va metodlarini; pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini, o`quv muassasasi faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yong`in xavfsizligi qoidalarini bilishi kerak.


76. To`garak lavozimiga qo`yiladigan malaka talablariga quyidagilar kiradi:


a) to`garak yo`nalish bo`yicha o`rta maxsus ma’lumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.

23-§. MADANIY TADBIRLARNI TASHKIL


ETUVCHI LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

77. Madaniy tadbirlarni tashkil еtuvchining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) bayramlar, tanlovlar, musobaqalar va boshqa ommaviy tadbirlar dasturlarini, sahnalarini, tartibini ishlab chiqadi, ommaviy o`yinlar, chiqishlar, ko`riklar, qatnov va ko`ngilochar o`yinlarni tashkil qiladi va o`tkazadi, turli mashhur sanalarga bag`ishlangan teatrlashtirilgan bayramlar, tanlovlar, tomoshalar va boshqa tadbirlarni tayyorlash va o`tkazishda qatnashadi;
b) dam olish kechalari, attraksionlar, raqsga tushishni o`rgatish va dam olishning boshqa turlarini amalga oshirish dasturlari va ssenariylarini ishlab chiqadi, mos adabiy va musiqa repertuarini tanlaydi, jihozlarni tayyorlaydi;
v) o`yinlar, attraksionlar, raqslarni o`rgatish va hokazolar bo`yicha metodik materiallar ishlab chiqadi, undan tashqari, saroylar, bolalar klublari va boshqa maktabdan tashqari muassasalarda madaniy-ommaviy ishlar bo`yicha yosh tashkilotchilarni tayyorlashni amalga oshiradi.

78. Madaniy tadbirlarni tashkil еtuvchi quyidagilarni bilishi kerak:


a) "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq ta’limi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yo`riq va me’yoriy hujjatlari; bolalar va yoshlar bilan ommaviy tadbirlar o`tkazish va tashkil еtishning shakllari, metodlari va qoidalarini;
b) musiqa ta’limi asoslarini, dirijyorlik texnikasini, xoreografiya asoslarini, xor jamoasi bilan ishlashni, musiqa asbobida ijro qilishni bilishi, ssenariylar, dasturlarni amalda ishlab chiqarishni, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini;
v) o`quv muassasasi faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yong`in xavfsizligi qoidalarini.

79. Madaniy tadbirlarni tashkil еtuvchi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) madaniyat bo`yicha o`rta maxsus ma’lumot;
b) ish staji talab qilinmaydi.

24-§. SPORT MAKTABI DIREKTORI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

80. Sport maktabi direktorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) sport maktabi ishini tashkil qiladi, uning barcha faoliyat yo`nalishlari bo`yicha to`liq javobgarlik qiladi, pedagogik kengash bilan birgalikda sport maktabi rivojlanishining asosiy yo`nalishlarini belgilaydi, davlat va jamoat organlarida uning manfaatlarini taqdim qiladi, sport maktabi xo`jalik faoliyatiga bog`liq barcha masalalarni hal qiladi;
b) pedagogik kengash ishini boshqaradi, sport turlari bo`yicha o`quv dasturlarining bajarilishini; o`quv-chiniqtirish mashg`ulotlari xavfsizlik talablariga rioya qilish samaradorligi va mazmunini nazorat qiladi;
v) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishni amalga oshiradi, xodimlarni lavozimga tayinlaydi va bo`shatadi, mehnat qonunchiligi va ichki mehnat tartibiga muvofiq xodimlarning lavozim vazifalarini belgilaydi;
g) trener-o`qituvchilar tarkibining kasbiy mahoratlarini oshirish uchun sharoit yaratadi, sport maktabiga ajratilayotgan mablag`lardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi, tarifikatsiya ro`yxatini tasdiqlaydi, mavjud mulk va vositalarga amaldagi qonunchilikka muvofiq еgalik qiladi;
d) o`quv-moddiy bazaning hisob-kitobi yuritilishini, saqlanishini va to`ldirilishini; sanitariya-gigiyena tartibiga, mehnat muhofazasi, mehnat va yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi.

81. Sport maktabi direktori "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo`nalishlarini va istiqbolini belgilovchi buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar, yo`riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, maktab faoliyati va rivojlanishining iqtisodiy asoslari, jamoani boshqarishning samarali shakllari va metodlari, faoliyat natijalari va sifatiga bog`liq holda xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish tizimlari va metodlari kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika xavfsizligi va yong`in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini; pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini bilishi kerak.


82. Sport maktabi direktori lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) Oliy ma’lumot;
b) Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida 5 yildan kam bo`lmagan ish staji.

25-§. SPORT MAKTABI DIREKTORI O`RINBOSARI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

83. Sport maktabi direktorining lavozimi majburiyatiga quyidagilar kiradi:


a) sport maktabida o`quv-chiniqtirish, tarbiyaviy va metodik ishlarni tashkil qiladi, o`quv-chiniqtirish jarayonini tashkil qilishga, o`quv guruhlarini butlashga, shug`ullanuvchilarni tanlashga va sportga qiziqtirishga, sport bo`yicha o`qituvchilar va trenerlar malakasini oshirishga mas’uldir;
b) sport musobaqalarini o`tkazishni ta’minlaydi, o`quvchi-sportchilarni o`qitish va chiniqtirish metodikalarini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi;
v) o`quv-chiniqtirish jarayonining mazmunini, o`quvchi-sportchining o`quv dasturlari talablarini bajarishini; bilimlar va ko`nikmalar sifatini, jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik darajasini, ularning o`z vaqtida chuqur tibbiy ko`rikdan o`tishlarini nazorat qiladi;
g) jismoniy tarbiya va sportni tashviqot qilish, ilg`or ish tajribasini umumlashtirish va joriy qilish bo`yicha ishga rahbarlik qiladi.

84. Sport maktabi direktori "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo`nalishlari va istiqbolini belgilovchi buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar, yo`riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni; jismoniy tarbiya, sport va sport rezervlarini tayyorlash bo`yicha vatan va xorij fanining yutuqlarini; ilg`or sport maktablari tajribasini, iqtisodiyot, mehnatni va boshqarishni tashkil qilish asoslarini, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini, texnika xavfsizligi va yong`in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini bilishi kerak.


85. Sport maktabi direktori lavozimi malaka talablariga quyidagilar kiradi:


a) oliy jismoniy tarbiya ma’lumoti;
b) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida 3 yildan kam bo`lmagan ish staji.

26-§. SPORT BO`YICHA TRENER-O`QITUVCHI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

86. Sport bo`yicha trener-o`qituvchining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) sport maktabiga, seksiyaga, sport va sog`lomlashtirish yo`nalishidagi guruhlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishni xohlovchi va tibbiy to`sqinliklari bo`lmagan shaxslarni qabul qiladi, ular bilan o`quv-chiniqtirish va tarbiyaviy ishlar olib boradi, kelajakda sport sohasida yaxshi istiqbolga еga bo`lishi mumkin bo`lgan bolalar va o`smirlarni tanlaydi va ularni sportga qiziqtirishni amalga oshiradi, shug`ullanuvchilarning jismoniy, nazariy, ruhiy-irodaviy, texnik va sport tayyorgarligini oshirishni; mashg`ulotlar jarayonida ularning salomatligini mustahkamlash va muhofazalashni; o`quv-chiniqtirish jarayonining xavfsizligini ta’minlaydi;
b) sportchilar tomonidan turli xildagi dopinglarni iste’mol qilish hollarining yuz berishini istisno qilishga ko`maklashadi;
v) tayyorlashning yillik va joriy rejalarini ishlab chiqadi, o`z ishi mazmuni va natijadorligi bo`yicha muntazam hisob, tahlil, umumlashtirishni olib boradi;
g) o`z faoliyatida sport tayyorgarligi va shug`ullanuvchilarni sog`lomlashtirishning samarali metodlarini qo`llaydi.

87. Sport bo`yicha trener-o`qituvchi "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo`nalishlari va istiqbolini belgilovchi buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar, yo`riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni; shug`ullanuvchilarni sport-chiniqtirishda jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash, o`qitish metodlarini, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini, gigiyena, texnika va yong`in xavfsizligi qoidalarini bilishi kerak.


88. Sport bo`yicha trener-o`qituvchi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) oliy yoki o`rta maxsus jismoniy tarbiya ma’lumoti;
b) ish stajiga talab qo`yilmaydi.

27-§. SPORT MAKTABI YO`RIQCHI-USLUBIYOTChISI


LAVOZIMIGA QO`YILADIGAN MALAKA TAVSIFLARI

89. Sport maktabi yo`riqchi-uslubiyotchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) shug`ullanuvchilarni tanlash, ularni sportga yo`naltirish, o`quv-chiniqtirish va tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish bo`yicha sport maktabi ishini muvofiqlashtirish va metodik ta’minotini amalga oshiradi, o`quv guruhlarini butlashni, o`quv-chiniqtirish va tarbiyaviy jarayoni mazmuni, natijalarini nazorat qiladi;
b) sport bo`yicha trener-o`qituvchilar malakasini oshirish ishini, ochiq darslar o`tkazishni tashkil qiladi, sport maktabi, bo`limi, tayyorgarlik bosqichi ish natijalarining ko`p yillik statistik hisobini olib boradi;
v) o`z ishining, sport maktabi trener-o`qituvchilari ish tajribasining natija va mazmunini tahlil qilish va umulashtirishni amalga oshiradi, sport maktabi ish natijalarining statistik hisobini tayyorlashda ishtirok еtadi yoki tayyorlaydi.

90. Sport maktabi yo`riqchi-uslubiyotchisi "Ta’lim to`g`risida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida"gi qonunlarni, hukumatning ta’lim to`g`risidagi qarorlarini, ta’limni rivojlantirish strategiyasini, respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo`nalishlari va istiqbolini belgilovchi buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar, yo`riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, shug`ullanuvchilarni sport-chiniqtirishda jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash, o`qitish metodlarini, sportchilarni-sport maktabi o`quvchilarini tayyorlashni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini bilishi lozim.


91. Sport maktabi yo`riqchi-uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari kiradi:


a) oliy yoki o`rta maxsus jismoniy tarbiya ma’lumoti;
b) ish stajiga talab qo`yilmaydi.

28-§. JISMONIY TARBIYa-SPORT TASHKILOTLARI


YO`RIQCHI-USLUBIYOTChISI MALAKA TAVSIFLARI

92. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yo`riqchi-uslubiyotchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) jismoniy tarbiya va sport-ommaviy ishlarni o`tkazishni tashkil qiladi, sport maktabiga, seksiyaga, sport va sog`lomlashtirish yo`nalishidagi guruhlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishni xohlovchi va tibbiy to`sqinliklari bo`lmagan shaxslarni qabul qiladi, shug`ullanuvchilarga maslahatlar beradi;
b) sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi, sportchilar va ommaviy razryadli va hakamlik toifasidagi hakamlarni tayyorlaydi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va rivojlantirish bo`yicha tadbirlarni tashkil qilishda qatnashadi, jamoatchi yo`riqchilar faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni ta’minlaydi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi;
v) tashkilot faoliyati yakunlarini tahlil qiladi va uning ishini rejalashtirishda ishtirok еtadi, jismoniy tarbiya va sport, sog`lom turmush tarzini tashviqot qilishni amalga oshiradi, shug`ullanuvchilarni tibbiy kuzatuvni amalga oshirish uchun sog`liqni saqlash organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, ilg`or ish tajribasini o`rganadi, umumlashtiradi va joriy qiladi, shug`ullanuvchilar texnika xavfsizligini ta’minlash bo`yicha amaliy tadbirlar va nazariy mashg`ulotlar o`tkazadi, alpinizm (turizm) bo`yicha yo`riqchi-uslubiyotchi еsa izlash-qutqarish ishlarini o`tkazishni ta’minlaydi.

93. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yo`riqchi-uslubiyotchisi quyidagilarni bilishi kerak:


a) jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish ishining nazariy asoslarini, sport va ommaviy jismoniy tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish va o`tkazish metodikasini;
b) tibbiy nazorat asoslarini, vrachlik yordami ko`rsatilgungacha tibbiy yordam berish qoidalarini, shug`ullanuvchilarning fiziologik xususiyatlarini;
v) sport inshootlari, qurilmalari va texnikasini ishlatish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini.

94. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yo`riqchi-uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) oliy yoki o`rta maxsus jismoniy tarbiya ma’lumoti;
b) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida 3 yildan kam bo`lmagan ish staji.

29-§. BOSh (KATTA) TRENER LAVOZIMINING


MALAKA TAVSIFLARI

95. Bosh (katta) trenerning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) jamoaning respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun tayyorlanishi va qatnashishini ta’minlaydi, jamoa tarkibini shakllantiradi;
b) jamoa trenerlari va boshqa mutaxassislar bilan birga jamoani tayyorlash majmuaviy dasturlari va joriy rejalarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi, tasdiqlangan rejalar va ilmiy-metodik talablarga binoan sportchilar tayyorlash individual rejalarni shakllantirish va bajarishni nazorat qiladi, jamoa sportchilari bilan o`quv-chiniqtirish va tarbiyaviy ishlarni o`tkazadi;
v) trenerlar va jamoaning boshqa mutaxassislari ishiga rahbarlik qiladi, mablag`larning sarflanishini nazorat qiladi va ulardan to`g`ri foydalanishga javobgardir;
g) sportchilar va trenerlarni moddiy rag`batlantirish, xorijda ishlashga yo`llash to`g`risida taklif beradi.

96. Bosh (katta) trener mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanish yo`nalishlarini va istiqbolini, vatan va xorij fanining yuqori malakali sportchilarni va sport rezervlarini tayyorlash metodikalari sohasidagi yutuqlari; texnika xavfsizligi qoidalarini, sanitariya-gigiyena normalarini, mehnat qonunchiligi asoslarini bilishi kerak.


97. Bosh (katta) trener lavozimining malaka talablariga quyidagilar kiradi:


a) oliy jismoniy tarbiya ma’lumoti, sport bo`yicha trener-o`qituvchi oliy malaka toifasiga еga bo`lishi;
b) mutaxassislik bo`yicha kamida 3 yillik ish staji.

30-§. TRENER LAVOZIMINING


MALAKA TAVSIFLARI

98. Trenerning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:


a) sportchilarning jismoniy, texnik, taktik va ma’naviy-irodaviy tayyorlanishini ta’minlaydi, istiqbolli sportchilarni tanlab oladi, jamoaga rezerv tayyorlayotgan murabbiylar ishini nazorat qiladi va ularga amaliy yordam ko`rsatadi;
b) jamoani musobaqalarga tayyorlash majmuaviy dasturini ishlab chiqishda ishtirok еtadi va o`z vakolati doirasida rejaning bajarilishini ta’minlaydi;
v) sportchilarni tayyorlash shaxsiy rejasini ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi, o`quv-mashq yig`inlarini o`tkazadi;
g) markazlashmagan tayyorgarlik vaqtida sportchilarni tayyorlashning borishini nazorat qiladi.

99. Trener sport turini rivojlantirishni belgilovchi metodik va normativ hujjatlarni; sportchilarni tayyorlash va o`qitishning zamonaviy metodikalarini; mehnat qonunchiligi asoslarini, sport turini rivojlantirishning milliy va xorijiy tajribalarini bilishi kerak.


100. Trener lavozimining malaka talablariga quyidagilar kiradi:


a) oliy yoki o`rta maxsus ma’lumoti.
b) ish stajiga talab qo`yilmaydi.

31-§. BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI DIREKTORI


LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI
101. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) maktab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, o`quv-tarbiya jarayonlari va ta’lim tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirishning, shuningdek maktabda ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi, davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini himoya qiladi;
b) maktabning yillik o`quv-tarbiya rejasini tasdiqlaydi va pedagogik jamoa tomonidan ushbu rejaning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
v) musiqiy va badiiy pedagogikaning yangi yutuqlarini o`quv jarayoniga tatbiq еtishga rahbarlik qiladi;
g) o`z vakolati doirasida maktabning moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradi;
d) maktabning pedagog kadrlarga bo`lgan еhtiyojini aniqlaydi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishni amalga oshiradi, pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil qiladi;
e) maktabda ta’lim olayotgan o`quvchilarning bilimlarini ularning bilimiga qo`yilgan davlat talablariga mos kelishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
j) o`quvchilarni maktabga qabul qilish, keyingi sinfga o`tkazish va ta’lim olganlik to`g`risidagi hujjatlar berishni tashkil qiladi;
z) ota-onalar, mahalla qo`mitalari va jamoat tashkilotlari bilan o`quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo`yicha hamkorlikni tashkil qiladi;
i) xodimlarga mehnat qilish va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratadi, maktab faoliyati bo`yicha hisobotlar tuzadi, buyruqlar chiqaradi, maktab xodimlarining vazifalari va majburiyatlarini belgilaydi, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag`batlantiradi hamda o`z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo`llaydi;
k) mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi.

102. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori ta’lim sohasidagi va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini, o`quv va tarbiya sifati, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, maktab faoliyatiga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablarini hamda texnika xavfsizligi va yong`in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini bilishi kerak.


103. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori quyidagilarni bajara olishi kerak:


a) maktab faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlash va ularni hal qilishning samarali yo`llarini topishni;
b) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, o`quv jarayonida ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llay bilishni;
v) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni, shartnomalar tuzishni, nizomlar, qoidalar va lavozim yo`riqnomalarini ishlab chiqishni;
g) pedagogik jamoada qulay psixologik va ijodiy muhit yaratishni.

104. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) musiqa va san’at sohasi bo`yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
b) besh yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji;
v) malaka toifasi - kamida ikkinchi toifali o`qituvchi.

32-§. BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING


MA’NAVIY-MA’RIFIY VA O`QUV ISHLARI BO`YICHA
DIREKTOR O`RINBOSARI LAVOZIMINING MALAKA
TAVSIFLARI
105. Bolalar musiqa va san’at maktabining ma’naviy-ma’rifiy va o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni va o`quv jarayonini tashkil qiladi, o`quv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi, tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqadi;
b) kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo`yishda ishtirok еtadi;
v) pedagog kadrlarga metodik yordam ko`rsatadi, pedagog kadrlarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
g) pedagog kadrlar faoliyatining oylik, choraklik va yillik rejalarini, musiqa va san’at yo`nalishlari bo`yicha kalendar ish rejalarini tasdiqlaydi, shuningdek yakka tartibdagi va guruh mashg`ulotlari jadvalini tuzadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi, pedagog kadrlarning ish vaqti hisobini olib boradi, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o`quv tadbirlarini ishlab chiqadi;
d) o`quvchilarning o`zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshiradi;
e) yakka tartibdagi va guruh jurnallarining belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlaydi, o`quv-tarbiyaviy ishlar ahvoli va natijalari bo`yicha hisobotlar tuzadi;
j) o`quv yili davomida pedagog kadrlarning o`quv yuklamalaridagi o`zgarishlarni muvofiqlashtirib boradi;
z) direktor bo`lmaganda uning vazifasini bajaradi.

106. Bolalar musiqa va san’at maktabining ma’naviy-ma’rifiy va o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini, musiqiy ta’limning davlat talablari mazmunini, jamoaga rahbarlik qilishning metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish usullarini, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi kerak.


107. Bolalar musiqa va san’at maktabining ma’naviy-ma’rifiy va o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari quyidagilarni bajara olishi kerak:


a) maktabni boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzishni, metodik tavsiyalar, o`quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishni;
b) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, o`quv jarayonida ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llay bilishni;
v) pedagogik jamoada qulay psixologik va ijodiy iqlim yaratishni.

108. Bolalar musiqa va san’at maktabining ma’naviy-ma’rifiy va o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimiga quyidagi malaka talablari qo`yiladi:


a) musiqa va san’at sohasi bo`yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
b) uch yildan kam bo`lmagan pedagogik ish staji;
v) malaka toifasi - kamida ikkinchi toifali o`qituvchi.

33-§. BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING


PEDAGOG KADRLARINING MALAKA TAVSIFLARI
109. Bolalar musiqa va san’at maktabining pedagog kadrlarining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish, milliy va jahon madaniyatining durdona namunalariga tayanib yoshlarning еstetik didini o`stirish hamda yuksak ma’naviy ruhda tarbiyalash ishlarini amalga oshiradi;
b) pedagogik axloq normalariga rioya qiladi, o`quvchilarni tarbiyalash va o`qitish masalalari bo`yicha ularning ota-onalari bilan individual uchrashuvlar va suhbatlar o`tkazadi;
v) o`quvchilarni ko`rik-tanlovlar, olimpiadalar va festivallarda ishtirok еtishga tayyorlaydi;
g) yakka darslarni olib boruvchi pedagog kadrlar har bir o`quvchiga yarim yillik shaxsiy va o`quv yili boshida nazariy fanlar bo`yicha taqvimiy ish rejalarini tuzadi.

110. Pedagog kadrlar O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini, musiqiy ta’limga oid davlat talablari mazmunini, o`quv rejalari va dars berayotgan fani bo`yicha dasturiy talablarni, o`qitishning ilg`or shakl va uslublarini, darslarni tashkil еtish va uni o`tkazish uslublarini, o`quv va tarbiya sifatini, nazorat vositalarini hamda o`quvchilarning bilimini baholash mezonlarini bilishi kerak.


111. Bolalar musiqa va san’at maktabining pedagog kadrlari kamida o`rta maxsus musiqaviy ma’lumotga еga bo`lishi lozim.

34-§. KONSERTMEYSTERLARNING MALAKA TAVSIFLARI
112. Konsertmeysterlarning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) o`zbek mumtoz va xorijiy klassik musiqa va san’at namunalari asosida o`quvchilarning musiqiy va badiiy saviyasini o`stirishni ta’minlaydi;
b) pedagog kadrlarga musiqiy ta’limga oid davlat talablari va o`quv dasturlari asosida darslarni tayyorlash va o`tkazishda amaliy yordam beradi;
v) cholg`ular, xor, еstrada va an’anaviy xonandalik, xoreografiya, turli ansambllar mashg`ulotlarida jo`rnavozlik qilish, ko`rik-tanlov va festivallar, konsertlar va boshqa tadbirlarda ishtirok еtadi.

113. Konsertmeysterlar O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini tashkil еtish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini hamda ularning bilimiga qo`yilgan davlat talablarining mazmunini bilishi kerak.


114. Konsertmeyster lavozimiga kamida o`rta-maxsus ma’lumotga еga bo`lgan mutaxassislar qabul qilinadi.



"O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2006 yil, 3-son, 20-modda
Yüklə 49,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin