Ishlab chiqarishda detal va buyumlarning ishchi chizmalariga tayaniladi, ya’ni ishchi chizma asosiy konstruktorlik hujjati hisoblanadi. Ammo detal va buyumlarning shakli-shamoyilini toʻliq tasavvur qilish uychun kishidan, oʻquvchidan, talabadan aqliy zoʻriqish talab qilinadi. Buning natijasida vaqt sarfi koʻpayadi. Agar detalning ishchi chizmasi yonida uning yaqqol tasviri, ya’ni aksonometrik proyeksiyasi boʻlsa uni tezda tasavvur qilish va tayyorlash oson, qulay boʻladi.
Oʻquvchi va talabalar, muhandislar, konstruktorlar aksonometrik proyeksiya bajarishni bilishi davlat ta’lim standartlarida belgilab qoʻyilgan. Endi shu aksonometrik proyeksiyalar mavzusini qanday oʻqitish, ta’limda sifatli koʻrsatgichga erishish yoʻllari tadqiq qilinishi va takomillashtirilishiga ehtiyoj mavjud. Bu mening kurs ishim mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning maqsadi: Chizmachilik fanidagi “Aksonometrik proyeksiyalar” mavzusini oʻqitishda interaktiv metodlardan foydalanishning didaktik ta’minotini takomillashtirish.
Mavzuning vazifalari: - chizmachilik fanining turmush va texnikadagi amaliy ahamiyatini tahlil qilish;
- aksonometrik proyeksiyalar mavzusiga oid materiallarni jamlash va tahlil qilish;
- aksonometrik proyeksiyalar mavzusini pedagogikada ta’limda interaktiv metodlar va ularning turlariga oid materiallarni tahlil qilish;
- aksonometrik proyeksiyalar mavzusini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanishga oid nam’unalar ishlab chiqish.
Kurs ishining tuzilishi:Ushbu kurs ishi: kirish, ikkita asosiy boblar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. CHIZMACHILIK FANI MAZMUNI VA UNDA “AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR” MAVZUSINING OʻRNI 1.1. Chizmachilik fanining turmush va texnikada tutgan oʻrni, unda “Aksonometrik proyeksiyalar” mavzusining mazmuni Chizma geometriya va chizmachilik fani boshqa fanlar singari insonning mehnat faoliyati natijasida paydo bo’lgan. IX-XI asrlarda Markaziy Osiyo hududida yashab ijod qilgan allomalarimiz Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning geometriya va astronomiya asarlarida proyeksiyalash haqida ayrim ma'lumotlar keltirilgan. Ma'lumki, 1918 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi birinchi tashkil qilingan Oliy o‘quv yurti Turkiston Xalq Universiteti (Hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) hisoblanadi. Keyinchalik 1920 yilda bu universitet Turkiston Davlat universiteti deb nomlanib, o‘quv jarayonida bir necha yangi mutaxassislik yo‘nalishlari shu jumladan texnika va gidrotexnik inshootlar, qurilish yo'nalishlari tashkil qilindi.
Natijada texnika fakulteti talabalariga fundamental tabiiy fanlar va umum injenerlik fanlari ham o‘qitila boshlandi. Universitetning texnika va qurilish inshootlari yo‘nalishlarida o‘sha vaqtdan boshlab mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida hozirgi vaqtda o‘qitiladigan «Chizma geometriya» va «Chizmachilik» fanlari o‘qitila boshlangan deb hisoblash mumkin.
Rossiyada birinchi bo’lib 1721-yilda Yekaterinburgdagi maktabda chizmachilik fani o’qitila boshlangan. Bu maktablarda chizmachilik fani asosiy fanlardan biri hisoblanib, o’quvchilar mashina detallari, sex planlarini chizish bilan shug’ullanganlar. Chizmalarga o’lchamlar qo’yilmagan. O’lchamlar chiziqli yoki ko’ndalang masshtablar bo’yicha aniqlangan. 1828-yilda chizmachilik va rasm bitta umumiy kurs qilib birlashtirilgan va shu yili chizmachilik fan sifatida maktabda o’qitilish yili deb hisoblanadi. 1932-yildan boshlab chizmachilik alohida fan sifatida ajratildi. Dastur bo’yicha 4ta asosiy bo’lim:
Geometrik chizmachilik;
Proyeksion chizmachilik;
Aksonometrik chizmachilik;
Natural chizmachilik o‗qitila boshlandi.1 Respublikamizdagi grafikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan hurmatli olimlarimizdan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining dotsenti Yusufjon Qirg’izboyev (1912-1995) o’zining uzoq yillik samarali mehnatini grafika bo’yicha kadrlar yеtishtirishga va chizma geometriya, chizmachilik darsliklarini yozishga sarf qildi. Ilk bor o’zbek tilida yozilgan Chizma geometriya‖ (1950) darsligining muallifi Yu.Qirg’izboyev keyinchalik Chizma geometriyadan masalalar to‗plami‖ (1970), Mashinasozlik chizmachiligi kursi‖ (1981), Texnik chizmachilik‖ (1978) kabi darsliklarni nashr ettirdi. Bu darsliklar keyinchalik qayta-qayta nashrdan chiqdi va hozirda ham ulardan foydalanilmoqda. Chizma geometriyadan darsliklar yozgan olimlarimizdan yana biri Toshkent temir yo‗l transporti injenerlar instituti professori, texnika fanlari nomzodi Raxim Qoriyevich Xorunovdir. U Chizma geometriya kursi kitobini nashr ettirdi. Toshkentda injenerlik grafikasi bo’yicha har oyda o’tkaziladigan shahar ilmiy metodik seminar tashkil qilib, unga o’zi umrining oxirigacha rahbarlik qildi. Perspektiva bo’yicha birinchi bo’lib dotsent Ikrom Rahmonov 1973 va 1993 (ikkinchi to‗ldirilgan nashri) yillarda Perspektiva‖ nomli o’quv qo’llanmani, 1984-yili «Chizma geometriya kursi» darsligini yaratdi.
Texnika fanlari nomzodi, professor Sh.K.Murodov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yozilgan Chizma geometriya kursi‖ (1988) darsligi nafaqat O’zbekiston balki O’rta Osiyoda ham ushbu fan bo’yicha yozilgan eng salmoqli o’quv adabiyoti sifatida tan olinadi.
Yana O’zbekistonlik olimlardan J.Yodgorov, E.Sobitov, L.Xakimov, P.Adilov, T.Rixsiboyev, R.Ismatullayev, T.Azimov, Sh.Abdurahmonov, D.Qo’chqorova, E.Ro’ziyev, A.Abdurahmonov, R.Sindarov, A.Ashirboyev, A.Valiyev, N.Yodgorov, M.Xalimov, S.Saydaliyev va boshqalar bu sohadagi ilmiy faoliyatlari bilan fan rivojiga o’z hissalarini qo’shgan va hozirda ham qo’shib kelmoqdalar. Bundan tashqari ko’plab milliy va mahalliy olimlarimizni ham keltirishimiz mumkin.2 Dastlab chizma geometriya va chizmachilik fanlari birgalikda o‘qitilib, o‘quv jarayoni chizmalarni chizish va ularni o‘qiy olishga qaratilgan. 1928 yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibidagi injener-meliorativ fakulteti asosida O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya, politexnika instituti tashkil qilindi. Shuningdek 1930-1934 yillarda Universitet tarkibidan bir necha Oliy texnika o‘quv yurtlari ajralib chiqib, bu institutlarda «Chizma geometriya va chizmachilik» kafedralari tashkil qilindi va umummuhandislik fanlari qatorida grafika fanlari ham to‘liq o‘qitila boshlandi. Dastlabki yillarda fanni o‘qitish uchun uning o‘qitish metodikasiga, talabalar bajaradigan chizmalar to‘plamlarini tuzish va yosh o'qituvchilaming pedagogik mahoratini oshirish kabi ishlarga katta e'tibor berilgan. 1926-1946 yillarda Toshkent Oliy texnika o‘quv yurtlarida sobiq Sovet davrining mashhur geometr olimlaridan S.M.Kolotov, M.Ya.Gromov va V.O.Gordon, E.I.Godiklar chizma geometriya va chizmachilikdan dars berish bilan bir qatorda o‘zlarini ba'zi-bir fundamental ilmiy ishlarini Toshkentda olib borganlar.
Ular pedagog o‘qituvchilarni bilim malakalarini oshirishga, kafedralarning ilmiy metodik faoliyatini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan professorlar hisoblanadi. 1926-1944 yillarda professor S.M.Kolotov (1985-1965) O'zbekistonda yashab turli inshootlami loyihalashda, qurilish va sanoatni qayta tiklash ishlarida faol qatnashib, 0‘rta Osiyo Industrial Instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)da chizma geometriya va arxitektura loyihalash fanlaridan mashg‘ulotlar olib borgan.
1933 yilda u «Chizma geometriya kursi» darsligini yozib «Yordamchi proektsiyalash» usulini nazariy tomondan asoslab, usulni pozitsion va metrik masalalarni echishdagi qulay tadbig'ini ko‘rsatgan. Shu yillarda soyalar yasash, perspektiv tasvirlar yasashga ham bir necha ilmiy ishlar yaratgan. 1939 yilda unga O‘rta Osiyo industrial qurilish instituti ilmiy kengash qaroriga asosan sobiq SSSR Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan professorlik unvoni tasdiqlangan. 1935-1941 va 1945-1946 yillarda professor M.Ya.Gromov (1884-1963) Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti «Chizma geometriya va chizmachilik» kafedrasida mudirlik qilgan. Shu davrlarda u kafedrada ilmiy va metodik ishlarni rivojlantirib, yoyiluvchi chiziqli sirtlar nazariyasi va konform almashtirish usullarini yaratdi va chizma geometriyani egri chiziqlar, sirtlarning hosil bo’lishi va ularning yoyilmalarini yasashga doir yangi nazariy asoslar kiritdi. M.Ya.Gromov 1937 yilda rus tilida «Proyeksion chizmachilik» bo'yicha masalalar to‘p!ami kabi o‘quv qo’llanmalar yaratdi. M.Ya.Gromov 1941-1945 yillarda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaIigini mexanizatsiyalash injenerlar instituti (hozirgi Irrigatsiya va Melioratsiya instituti) «Chizma geometriya va mashinasozlik chizmachiligi» kafedrasida ham mudir bo'lib ishlab, u shu yillarda O‘rta Osiyo politexnika institutiga (hozirgi Toshkent Davlat texnika universiteti) chizma geometriyadan ma’ruzalar o‘qigan.
Bu davrda u o'zining «Chizma geometriya» darsligining 1 va 2 qismlariga tegishli nazariy va amaliy ma'lumotlami yaratgan. R.Xorunov tomonidan 1961 yilda o‘zbek tilida «Chizma geometriya kursi»dan mexanik mutaxassislar uchun darsligi chop etildi. Bu darslikning yaratilishi bilan www.ziyouz.com kutubxonasi chizma geometriya fani terminlari tizimining O‘zbek tilidagi varianti yaratildi. 1964 yilda darslikning ikkinchi nashri chop etildi. Bunda muallif chizma geometriya fani namunaviy dasturida belgilangan barcha boblarini kiritib, kitobni Oliy texnika o'quv yurtlarining qurilish va arxitektura mutaxassislari uchun mo'ljallab tayyorladi. Fan terminlari, darslik va adabiy tili metodik tomondan yanada takomillashtirildi. Uning bu kitobini keyingi nashrlari 1974 va 1997 yillarida qayta chop etildi. Dotsent Yusuf Qirg‘izboyev (1912-1995) Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida 1951-1978 yillarda kafedra mudiri bo‘lib faol ishlab, ustoz muallifligida 1958- yiii o‘zbek tilida birinchi marta mexanika ixtisoslari uchun «Chizma geometriya» o'quv qo‘llanma chop etildi.
Darslikdagi ayrim chizmalarning berilishi bilan o‘zining uslubiy tomonlariga ko‘ra boshqa adabiyotlardan farq qiladi. Yu.Qirgʻizboyevning kitobida tasvirlash usullarida o‘zbek tilida birinchi marta ishlatiladigan atamalar tizimi yaratildi. 1950 yilda u Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedrasini tashkil qilib, bir necha yillar ishladi. Shu kafedrani pedagog kadrlar bilan ta'minlashda arzigulik shogird o‘qituvchilar (I.Raxmonov, A.Tadjiboev, P.Odilov, R.Ismatullayev, M.Isayeva, I.Ismoilov, M.Mirdavidov va h.k.) tayyorlagan. O‘zbek tilida chizma geometriya fanidan birinchi o'quv adabiyotlari yaratgani uchun Yu.Qirg‘izboyevga sobiq Ittifoq Oliy attestatsiya Komissiyasi tomonidan 1961 yilda dotsentlik unvoni berilgan. Uning «Chizma geometriya» o‘quv qo'llanmasi 1972 yilda mexanika ixtisosliklari uchun darslik sifatida chop etildi. 1976 yilda Yu.Qirgʻizboyev «Chizma geometriyadan masalalar to'plamlari» o‘quv qo‘llanmani chop ettirdi. Uning rahbarligida «Texnik chizmachilik kursi» (ham mualliflar Z.Inog‘amova, T.Rixsiboev) 1987 yilda nashr qilindi. O‘zbek tilidagi chizmachilik fani atamalari majmuasi kengaytirilib, ularning metodik sifati yaxshilanib borildi. 1974 yilda Yu.Qirg‘izboev, E.Sobitov, L.Xakimov, I.Raxmonovlar muallifligida o‘zbek tilida birinchi marta oliy texnika o‘quv yurtlari uchun «Mashinasozlik chizmachilik kursi» darsligi yaratildi. Darslikda nazariy va amaliy www.ziyouz.com kutubxonasi ma'lumotlar bilan bir qatorda chizmachilikda uchraydigan fan terminlarining majniuasi yaratildi.
1963 yildan boshlab Respublikamiz pedagoglaridan Sh.K.Murodov birinchi boiib Kievdagi prof. S.M.Kolotov ilmiy maktabiga aspiranturaga o'qishga kirishi tufayli Ukraina olimlari bilan ilmiy bog‘lanishlar paydo bo‘ldi.
Kiev ilmiy maktabining hozirgi rahbari Ukrainada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor V.E.Mixaylenkoning 1968 yilda birinchi marta Buxoro (BDPI) va Samarqand (SamDAQI) oliy o‘quv yurtlariga kelib ma'ruzalar o'qishi va undan keyingi yillarda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Qo‘qon, Chimkent va Jambul shaharlariga bir necha bor kelishi va ilmiy seminarlar o‘tkazib izlanuvchi- tadqiqotchi va aspirantlar tanlanishi 0‘zbekiston va qo'shni respublikalarda «Chizma geometriya» fanining rivojlanishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Natijada respublikamizda mavjud 26 nafar fan nomzodlaridan 24 nafari shu ilmiy maktabda dissertatsiya himoya qilganlar va ulardan 4 nafari Sh.K.Murodov, R.Q.Ismatullayev, J.Ya.Yodgorov, D.F.Qo‘chqorova (texnika fanlari doktori) lar professor bo’ldilar.1 Fazodagi O nuqtada kesishuvchi o’zaro perpendikulyar uchta chiziq aksonometrik o’qlar deb qabul qilinib, bu koordinatalar sistemasini aksonometrik P tekislikka s yo’nalish bo’yicha proyeksiyalash orqali aksonometriyada koordinata o’qlarining proyeksiyalari hosil qilinadi (82-shakl). Har bir o’q uchun umumiy bo’lgan e kesma masshtab birligi sifatida qabul qilinib, natural masshtab birligi deb ataladi. Bu kesmaning P tekislikdagi proyeksiyalari aksonometrik msshtab birliklari deyiladi. Ularning natural masshtab birligiga nisbatlari aksonometrik o’qlari bo’yicha o’zgarish kooeffisiyentlari deyiladi. Aksonometrik o’qlar bo’yicha o’zgarish kooeffisiyentlari uchala o’q bo’yicha bir xil ex=ey=ez bo’lsa, izometrik proyeksiya yoki qisqacha izometriya deyiladi. Agar o’zgarish kooeffisiyentlari ikkita o’q bo’yicha bir xil bo’lib, uchinchisi ulardan farq qilsa, ya’ni exez =ey yoki ex=eyez bo’lsa, dimetrik proyeksiya yoki qisqacha dimetriya deyiladi. Uchala o’q bo’yicha o’zgarish kooeffisiyentlari turlicha, ya’ni exeyez bo’lsa, trimetrik proyeksiya yoki qisqacha trimetriya deyiladi.
S yo’nalish P ga perpendikulyar bo’lsa, to’g’ri burchakli, og’ma bo’lsa, qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiya deyiladi.
Mashina detallarini yasashda shu detallarning ish chizmalaridan foydalaniladi. Lekin ish chizmasining asosiy kamchiligi shundaki, unda detaining ko'rinishlari alohida-alohida tasvirlanadi. Bu esa chizmaning o‘qilishini biroz bo'lsa ham qiyinlashtiradi. Shuning uchun, amalda.detalning ish chizmasi bilan birga uning yaqqol tasviri ham beriladi. Yaqqol tasviri, ya'ni aksonometrik proyeksiyasi yordamida ish chizmalari tez va osongina o'qiladi.2 Ortoganal proyeksiyalar usulidagi tasvirlarda o’lchamlarning qulayligi mavjud bo’lsa ularni yana bir holat bilan to’ldiruvchi aksonometrik proyeksiyalash usuli mavjuddir.3 1.1-shakl
Aksonometrik proyeksiyalarni qisqacha «Aksornmetriya» ham deb yuritiladi. Aksonometriyani qachon qayerda paydo bo’lgan noma’lumdir. Ammo bu usulni tahminlarga asosan qadimgi Gretsiyadagi tasvirlarda uchratish mumkin. Buni 1.1- shakldagi holatdan kamonchining kamon otish holatidagi turishidan ko’rish mumkin.
Shakldan ko’rinishicha kamonchining qaddi-qomatini yaqqolligini tasvirlanishi, uning kamonini barcha elementlarini yaqqol tasvirlab turishidir. Bu tasvir o’sha paytda Egipetliklarga tanish bo’lmagan ammo hozirgi zamonda qiyshiq burchakli frontal aksonometriyaga o’xshaydi.
Geometriya, qurilish ishlari, mexanika va boshqa soxalardan tasvirlash uchun amaliy ishlarni bajarishda ancha murakkabroq (1.2-shakl) bo’lgan perspektiv yasashlar usuli o’rniga hozirgi zamonda aksonometrik proyeksiyalari usuli paydo bo’ldi. Biror bir ilmiy nazariy asoslar bo’lmaganligi uchun «Bu usul dastlab ixtiyoriy ravishda tasvirlashning biror bir shartli usuli deb qaraldi» degan fikrlarni ulug' rus olimi tarixnavis, N.A.Rinin yozib qoldirgan.
1.2-shakl
Buyuk rus olimi V.I. Kurdyumov aksonometrik proyeksiyalar nazariyasini yaratgan va uni “Parallel perspektiva” deb atagan.1
Aksonometriya to’lqinli perspektiva ham deb yuritilgan. Chunki aksonometriya ham perspektiva singari tekislikka (aksonometriya tekisligiga) tasvirlanib, bu tasvir uch o’lchamli fazoni ifodalagan hamda tasvirlar aniq bo’lmagan qoidalar asosida ko’rinishini qulayligini yoki yaqqolligiga qarab bajarilgan. Bunda parallel chiziqlar parallel vaziyatlarda chizilgan. Aksonometriyadagi tasvirlar o’z o’lchamlarini saqlab qoladigan qilib chizilgan. Bunday tasvirlar birinchi navbatda kartograflar va harbiylar uchun zarur bo’lgan.
Ptolamey (I a) davrlaridan boshlab XVIII asrgacha shaharlar plani qush parvozidan tasvirlangan. Bunda binolar tasvirlari vertikal holatda joylashtirilgan.
Bunday tasvirlash usullarini kitob miniaturalarida ham ko’rish mumkin. XVI asrdan boshlab hozirgi zamon aksonometriyasiga o’xshatib bajarilgan texnik shakllar va chizmalar paydo bo’la boshlandi. Ulug' olim Kepperning 1619 yilda yozilgan «Dunyo garmoniyasi» asarida chizgan aksonometriya tasvirlari 1.2-shaklda keltirilgan.
1.2-shaklda kubning izometrik proyeksiyasi muntazam oltiburchak ko’rinishda bajarilgan. 1.2-b shaklda kub va uning ichidagi oktaedrning tasviri Kovaler proyeksiyalarda chizilgan. Ammo olim bu tasvirlarni yasash nazariyasini yozib qoldirmagan.
1738 yilda Fransuz me'mori Freze toshni qirqish asarida kubni uning diogonaliga perpendikulyar bo’lgan tekislikdagi to’g'ri burchakli proyeksiyasi muntazam olti burchak bo’lishini isbotlagan. Bu asarda u o’sha zamonda ma'lum bo’lgan barcha tasvir usullari apparatlarini keltiradi. Ya'ni figuralarning ikki tekislikdagi ortogonal proyeksiyalari, me'morchilik fragmentlarining perspektivalarini yasash, tekis egri chiziqlar, kesishuvchi sirtlar, svodlar, bloklarning yaqqol tasvirlarini yasash uchun ularning aksonometrik proyeksiyalarini bayon etgan.
Aksonometriya so’zi grekcha bo’lib, axon-o’q va metrion-o’lchayman. Ya'ni o’qlar bo’yicha o’lchayman degan ma'noni bildiradi.
Endi aksonometrik o’qlar to’g'risidagi ma'lumotlarni keltiramiz.
Har bir fazoviy jismda uning eni, bo’yi va balandligini o’lchash uchun ularga parallel qilib uchta o’zaro perpendikulyar bo’lgan o’qlarni belgilash mumkin. Bu uchta o’zaro perpendikulyar jismning aksonometriya tekisligidagi tasvirlarga nisbatan qanday joylashgani bo’lishi mumkinligini bilish zarur.
To’g'ri burchakli ox, oy, oz o’qli koordinatalar sistemasini (Dekart sistemasi) tasvirlar yasash uchun birinchi bo’lib Rene Dekart perspektivaga qo’llagan.
Dekartning zamondoshi Jerar Dezarg aksonometrik tasvirlar yasashda ox va oz o’qlarni kartina tekisligida joylashtirib, oy o’qini unga perpendikulyar qilib olgan.
Aksonometrik proyeksiyalashda proyeksiyalovchi nurlar o’zaro parallel bo’lganliklari uchun uni perspektiv yasashlardagi ko’rish nuqtasini cheksiz uzoqlashtirilgan xususiy hol deb qarash mumkin. Bunday xulosani birinchi marta nemis olimi N.G.Lamberti bergan. Matematiklarning yangi fani, analitik geometriya faniga qiziqib yurgan paytlarida Lamberti o’z fikrlarini o’zgartirmasdan geometriya fani fidoyisi bo’lganini saqlagan holda u ilmiy ishlarini tasvirlar yasashning yangi usullarini yaratishga bag'ishladi. U o’zining “Ixtiyoriy perspektiva” asarida tekis chizmada aksonametrik tasvirlarni rekonstruktsiya qilgan. Aksonometrik tasvirlar nazariyasini boyitishda o’z hissalarini qo’shgan quyidagi olimlarni ham kiritish mumkin.
Feyrich-Kemberidj filosoflar jamiyatida ma'ruza o’qiganda birinchi marta izometrik proyeksiyalar nazariyasi to’g'risida ma'lumot berib, bu terminni birinchi bo’lib ishlatgan. Shundan so’ng u o’z kafedrasini qoldirib izometriyani mukammal, har tomonlama chuqur ishlab chiqib, Angliyaning turli sanoat markazlariga borib, texniklarni o’zining yaratgan usuli bilan tanishtirib texnik chizmalarni tuzishda qatnashgan.
Aksonometrik proyeksiyalar nazariyasi bo’yicha ulug' matematik Karl Gauss ham chetda qolmagan. U 1830-1850 yillarda o’qigan ma'ruzalarida aksonometriyaning asosiy teoremasining isbotsiz ko’rinishda bayon qilgan.
1853 yilda nemis olimi Karl Polke tomonidan aksonometriyaning asosiy teoremasining hususiy xolini isbotladi.
1862 yilda Shveytsariyalik olim Karl Shvarts tomonidan aksonometriyaning asosiy teoremasi umumiy ko’rinish xolida isbotlandi.
Teorema mazmuni quyidagicha: Bir nuqtadan chiqqan tekislikdagi har qanday uchta kesma fazodagi bir nuqtadan chiquvchi va o’zaro perpendikulyar bo’lgan teng kesmalarning parallel proyeksiyalari deb qarash mumkin. XIX asr o’rtalaridan boshlab aksonometrik proyeksiyalar chizma geometriyaning mustaqil va asosiy bo’limlaridan biri bo’lib o’zining ilmiy yo’nalishiga ega bo’lgan.
Aksonometrik proyeksiyalar nazariyasidan monografiyalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, ilmiy ishlar to’plamlari yaratildi hamda ilmiy konferentsiyalarda alohida maxsus sektsiyalar ajratildi va bir qator ilmiy ishlar himoya qilindi.
Aksonometrik proyeksiyalarning amaliyotda qo’llanilishi juda ko’p sohalarni qamrab oladi. Bu proyeksiyalash usuli bilan ortogonal proyeksiyalash nazariyasini tushuntirish yoki ilyustratsiya qilishga keng qo’llaniladi.
Qurilish va sanoatning turli sohalari, geologiya, kristalogiya, tog' ishlari, gidrotexnika, kabi sohalarga tegishli masalalarni yechishdagi yaqqol tasvirlarni yasashda hamda geometrik figuralarning yaqqol tasvirlarini yasashda keng qo’llanildi1