«Biznes» so’zi inglizcha «business» so’zidan olingan bo’lib, «ish», «mashg’ulot» degan manoni bildiradi.
Biznes - jamiyatdagi muommolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati.
Biznes - bu doimiy ravishda o'z ustida ishlash, rivojlanish.
Biznes - bu FOYDA = DAROMADLAR - XARAJATLAR. Shu birgina formula orqali biznes va biznes yuritishni tushuntirish mumkin. Qolganlari esa, ikkinchi darajalati narsalar yoki biznesning detallaridir.
Zamonaviy iqtisodiyot barcha biznesni 4 asosiy toifaga ajratadi
1 Bozorga turli xil tovarlar va xizmatlarni yetkazib beradigan kompaniya
2 Tijorat faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan biznes
3 Moliya sohasiga yo’naltirilgan biznes
4 Konsalting kompaniyalar
Xalqaro biznes deganda tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, kapital va bilimlarning milliy chegaralar orqali hamda global yoki transmilliy miqyosda savdosi tushuniladi. Bu ikki yoki undan ortiq mamlakatlar o'rtasidagi tovarlar va xizmatlarning almashinuv operatsiyalarini o'z ichiga oladi.
Dunyoning yirik biznes kompaniyalari
Yirik biznes kompaniyalar moliyasi
IPhone sotishdan tushadigan daromad 49,78% ga oʻsib, $26,41 mlrd dan — $39,57 mlrd ga oʻsdi. Mac daromadlari $7 mlrd dan — $8,24 mlrd ga oʻsdi. Pad sotuvi esa kompaniya daromadlarini yana $7,37 mlrd ga oshirdi.
Sof foyda — $21,74 mlrd.
Microsoft
Yakunlangan chorakda Microsoft kompaniyasining daromadi $46,15 mlrd ga oʻsdi. Kompaniyaning chorakdagi sof daromadi $16,45 mlrd ga koʻtarildi, bunda har bir aksiya $2,17 ni tashkil etgan.
Sof foyda — $16,45 mlrd.
Facebook
Facebook mazkur davrdagi daromadi oʻtgan yilga nisbatan 56% ga oʻsib, $29,07 mlrd ni tashkil etdi, shundan $28,58 mlrd (98%) reklama ortidan kelgan daromaddir.
Sof daromad oʻtgan yilga nisbatan 101% ga oʻsib, $10,39 mlrd ni tashkil etdi. Daromadning koʻtarilishiga reklama narxlarining 47% ga qimmatlashishi sabab boʻldi.
Sof foyda — $10,39 mlrd.
Samsung
Smartfonlar va xotira chiplari ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Samsung Electronics-ning sof foydasi $8,67 mlrd ni tashkil qildi, bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 73% ga koʻpdir. Daromad 20% ga oʻsib, $55 mlrd ga yetdi.
Sof foyda — $8,67 mlrd.