Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. XMI/XHMT ishtirokida loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə11/22
tarix03.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123752
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
PQ-3857 16.07.2018

7-bob. XMI/XHMT ishtirokida loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi
54. Loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish loyiha ofisi tomonidan ta’minlanadi.
Monitoring o‘tkazish uchun loyiha ofisi vazirlik, idora, xalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalaridan mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega.
55. Monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash;
davlat boshqaruvi organlari, investitsiya jarayoni boshqa ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar o‘z vaqtida hal etilishi uchun ularning javobgarligini oshirish;
loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida to‘sqinlik qilayotgan faktorlarni aniqlash va o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;
tasdiqlangan muddatlar va hajmlarga qat’iy muvofiq ravishda loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatish;
XMI/XHMT oldida loyihalar bo‘yicha olingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlashga ko‘maklashish.
56. Ishlab chiqilayotgan, amalga oshirilayotgan va bajarilgan loyihalar monitoring obyektlari hisoblanadi.
57. Monitoring loyiha ofisi tomonidan quyidagilarni umumlashtirish va tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
tasdiqlangan va yangilangan xaridlar rejasi, tarmoq rejalari, natijalarning matritsalari va boshqa loyiha hujjatlarining ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
loyihalar tashabbuskori va LAOG tomonidan taqdim etilayotgan tezkor axborotlarni;
markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni.
Oldingi tahrirga qarang.
58. LAOG tomonidan loyihalarni amalga oshirish va erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumotlarni har oyda loyiha ofisiga taqdim qiladi, shu jumladan loyiha tashabbuskori tomonidan tasdiqlangan loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlari to‘g‘risida hamda loyiha ofisi tomonidan so‘ralgan shakllar bo‘yicha fizik hajmlar ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. LAOG tomonidan har yili 1-martga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va XMI/XHMT bilan kelishish va keyinchalik monitoring o‘tkazish uchun xaridlarning yangilangan rejasini taqdim etadi, unda o‘tgan yilda bajarilgan ishlar hajmi hisobga olinadi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
59. Loyihalar tashabbuskorlari hamda LAOG rahbarlari taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishonchliligiga shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning monitoringini o‘tkazish maqsadida, loyiha tashabbuskori Agentlik va XMI/XHMT bilan hamkorlikda loyihaning TIAsiga majburiy kiritilayotgan monitoring natijalarining matritsasini ishlab chiqadi.
TIA ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihalar bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari Agentlik va XMI/XHMT bilan kelishgan holda natijalar matritsasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Agentlik loyihani amalga oshirish davrida har yil yakuni bo‘yicha loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari matritsasi monitoringini yuritadi va natijadorligini baholab boradi.
Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari matritsasini monitoring qilish va baholash natijalariga ko‘ra belgilangan tadbirlarni asossiz ravishda o‘z vaqtida bajarmagan qarz oluvchi tashkilotlarning birinchi rahbarlari ish haqining 30 foizigacha miqdorda ushlab qolinishi yoki ularga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Loyihalarni amalga oshirish jamlanma tahlili asosida, shuningdek, qo‘shimcha tahliliy ma’lumotlar asosida loyiha ofisi va Agentlik:
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
yo‘nalishlarni o‘rganadi, loyihalarni amalga oshirishda byurokratik to‘siqlarni aniqlaydi, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi samaradorligini tahlil qiladi;
investitsion faoliyatning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
investitsion jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan hukumat qarorlarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
loyihani o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash hamda amalga oshirish uchun boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;
XMI/XHMT bilan birgalikda doimiy asosda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy rivojlanishi, shu jumladan ularni amalga oshirishdagi muammolarni muhokama qiladi.
62. Monitoring natijalari loyiha ofisi tomonidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin