Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə13/22
tarix03.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
PQ-3857 16.07.2018

(69-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
70. Ishchi organ loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) bilan kelishib:
xarid hujjatlarini ishlab chiqadi, rasmiylashtiradi va kelishib oladi, dastlabki malakaviy tanlab olishni tashkil qiladi hamda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq kelib tushayotgan buyurtmalar (takliflarning) ekspert bahosini amalga oshiradi;
xaridlar sanasini e’lon qilishdan yoki ishtirok etish to‘g‘risida taklifnomani yuborishdan yetti kun oldin xarid komissiyasi ko‘rib chiqishi uchun xarid hujjatlarini yuboradi;
xarid komissiyasi a’zolariga xarid tartib-taomillari bilan bog‘liq maxfiy hujjatlar yuborilishini ta’minlaydi;
xarid komissiyasi bayonnomasi (qarori) tasdiqlangani va XMI/XHMT tomonidan ma’qullanganidan keyin xarid tartib-taomillari g‘oliblari bilan muzokaralar o‘tkazadi;
ommaviy axborot vositalarida e’lonlar joylashtiradi va/yoki taklifnomalar yuborilishini amalga oshiradi;
jalb etilayotgan ekspertlar va konsultantlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
agar xarid tender hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, tender oldidan uchrashuvlar tashkil qiladi;
belgilangan tartibda xarid ishtirokchisining maqbul taklifini shakllantiradi hamda xarid shartlarini tushuntirish maqsadida yozishmalar olib boradi;
o‘tkazilgan xarid tartib-taomillarining natijalariga ko‘ra xarid qatnashchilaridan kelib tushayotgan e’tirozlar va shikoyatlarga javob qaytaradi;
da’vogarlarni xarid (tender) hujjatlari bilan tanishtiradi;
xarid tartib-taomillari ishtirokchilaridan arizalar va buyurtmalar (takliflar) qabul qiladi, ularning hisobga olinishi, saqlanishi va maxfiyligini ta’minlaydi;
xarid komissiyasi yig‘ilishlari bayonnomalarini rasmiylashtiradi;
xarid tartib-taomillari amalga oshgan yoki amalga oshmagan deb e’tirof etish yoki yangi tender (retenderni) e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni xarid komissiyasiga tasdiqlash hamda XMI/XHMTga ma’qullash uchun kiritadi;
xarid qatnashchilaridan buyurtmalar (takliflarni) o‘rganish, baholash hamda solishtirish uchun taqdim etilgan buyurtmalar (takliflar) bo‘yicha so‘rovnomalar yuboradi va yozma ravishda qo‘shimcha axborot hamda tushuntirishlar oladi.
71. Xarid tartib-taomillari boshlangan sanasi etib maxsus portallarda hamda ommaviy axborot vositalarida e’lonning rasman chop etilgan yoki XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq xarid qatnashchisiga pochta orqali, telefaks yoki boshqa shaklda rasman xabar (taklifnoma) yuborilgan sana hisoblanadi.
72. Ishchi organ kelib tushgan buyurtmalar/takliflar asosida ishtirokchilarni dastlabki malakaviy tanlab olish uchun materiallarni yig‘adi va tizimlashtiradi.
73. Xarid komissiyasi va\yoki XMI/XHMT xarid jarayonida ishtirok etishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi, ushbu qaror haqida ishchi organ xarid qatnashchilarini yozma ravishda xabardor qiladi.
74. Barcha hujjatlar ularni qabul qilish sanasi va vaqti qabul qiluvchi va topshiruvchining imzolari bilan ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinadi. Ro‘yxatga olish daftari tikilgan, raqamlangan va ishchi organ muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
75. Ro‘yxatga olish daftari quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
tartib raqami;
ro‘yxatga olinayotgan hujjat nomi va uning asosiy ma’lumotlari bilan;
taqdim etilgan hujjatlar soni (muhrlangan paketlar);
hujjatlarni topshirish-qabul qilish sanasi va vaqti;
hujjatni imzo bilan topshiruvchi vakolatli shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan uning lavozimi yoki hujjatni yetkazib beruvchi kuryerlik xizmati nomlanishi va ro‘yxat raqami;
hujjatni imzo bilan qabul qiluvchi vakolatli shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan uning lavozimi yoki hujjat kanselyariyada qabul qilingan ro‘yxat raqami.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirok etishi sharti bilan XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq hamda xarid hujjatlarida belgilangan muddatlarda buyurtmalar (takliflarni) ochishda, xarid komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazish uchun kvorum bo‘lishi talab etilmaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin